Qisqa fursat ichida ozishni, semizlik vaqtida sig‘may qolgan ko‘ylaklarini yana qayta kiyishni hamma istaydi, albatta. Ushbu maqolamizda qaddi-qomatni tez tiklab olishga yordam beruvchi usullar haqida ma’lumot beramiz...
1-usul: Ovqatlanishdan yarim soat oldin va ovqat vaqtida suv ichmaslik
Suvni ovqatlanishdan 40 daqiqa o‘tgachgina ichish tavsiya etiladi. Suyuqlikni bunday ichish hazm qilish tizimining kislotalik muhitini buzmaydi va ularni ovqatdagi oqsil, yog‘, uglevodlarni o‘zining fermentlari bilan parchalashga majbur qiladi.
2-usul: Tvorog yemang va uxlashdan oldin kefir ichmang
Kechqurun sut mahsulotlarini ichmaslikka harakat qiling. Undagi laktoza parchalanish jarayonini qo‘zg‘aydi va bu qonga insulin gormonining ko‘p ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi. Bu ham o‘z navbatida qorin sohasida yog‘ yig‘ilishini kuchaytiradi.
3-usul: Tamaddilar o‘rniga oddiy choy iching
Choy moddalar almashinuvini tezlashtirgani bois tana vaznini kamaytiradi. Xolesterin almashinuvini ham quvvatlaydi. Qondagi “yomon” xolesterin miqdorini pasaytirib, qon-tomirlar holatini yaxshilaydi. Bu o‘rinda aynan ko‘k choy yuqorida aytilgan talablarga to‘liq javob beradi.
4-usul: Kechqurun shirinlik yemang
Kechqurun shirinlik iste’mol qilmagan ma’qul. Negaki, bu ham insulin gormoni ishlab chiqarilishini quvvatlaydi. Bu esa tana vaznini kamaytirishga to‘sqinlik qiladi. Haftada 2 marta kechki ovqatdan voz kechib turish ham foydali.
5-usul: Yoqtirmaydigan mahsulotlaringizni ham yeyishga to‘g‘ri keladi
Ozaman deb faqat oqsil, yog‘ va uglevodlar bilan yaxshi kelishuvchi foydali va o‘zingizga xush kelgan mahsulotlarnigina iste’mol qilish kerak emas. Qomatni o‘zgartirish uchun ba’zida o‘zingizga xush kelmaydigan mahsulotlarga ham “ha”, deyishingizga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!