$
12904.51 UZS
-33.42
161.99 UZS
0.89
14575.64 UZS
-89.5
32° Kechasi 21°

Inflyatsiyani jilovladik deyishga hali erta. Biz faqatgina inflyatsiya bilan kurashish mumkinligini ko‘rayapmiz, xolos – Moliya vaziri

09:54 / 02.02.2020

Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘zining Twitter’dagi sahifasida inflyatsiya darajasining yanvar oyi hisoblariga ko‘ra pasayganini ma’lum qildi.

Vazirga ko‘ra, yanvar oyida inflyatsiya – 0,6 foizni tashkil etdi. O‘tgan yil xuddi shu davrda – 1,5 foiz, 2018-yilning yanvarida – 2,7 foiz, 2017-yilning mos davrida esa 1,5 foiz bo‘lgan. 

“Inflyatsiyani jilovladik deyishga hali erta. Biz faqatgina inflyatsiya bilan kurashish mumkinligini ko‘rayapmiz, xolos”, deydi u.

Vazir shuningdek, inflyatsiya darajasini o‘tgan yilga nisbatan pasaytirish imkoniyatini ham ijobiy baholaydi: 

– Lekin inflyatsiyaga ta’sir etuvchi bir nechta nomonetar omillar hali ham neytralizatsiya qilinmagan. Ishlashimiz kerak, asosiysi - inflyatsiyani o‘tgan yilgiga nisbatan pasaytirish ehtimoli anchagina yuqori.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyatsiya darajasini 2021-yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023-yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) o‘rnatish yo‘li bilan pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlash rejimiga o‘tkaza boshlashi haqida ma’lum qilgan edi.

Shuningdek, joriy yilning 25-yanvar kuni Xalqaro press-klubning Prezident Murojaatnomasiga bag‘ishlangan sessiyasida Jamshid Qo‘chqorov joriy yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi past bo‘lmasligi mumkinligini ta’kidlagandi.
 
“2020-yil inflyatsiya past bo‘lishiga va’da bera olmaymiz. Buning iloji ham yo‘q. Ayniqsa, paxta va g‘allaga davlat “zakaz”i bekor qilinsa, paxta va g‘alla egasi yarmarkalarda o‘z narxini qo‘yadi. Bu esa narx-navo o‘sishiga olib keladi”, degan edi u.


Bu ham qiziq

Soliq idoralari mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Soliq idoralari mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jinoyat ishi doirasida qolgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan noqonuniy o‘zlashtirilgan byudjet mablag‘lari bo‘yich…
16:02 / 24.05.2025
O‘zbekistonliklar o‘rtacha necha yil umr ko‘rmoqda?

O‘zbekistonliklar o‘rtacha necha yil umr ko‘rmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024-yilda tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi …
10:48 / 24.05.2025
O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilida 11-sinfni qancha o‘quvchi bitirgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilida 11-sinfni qancha o‘quvchi bitirgani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilda barcha mulkchilik shakli bo‘yicha umum…
14:02 / 24.05.2025
23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
22:33 / 22.05.2025
O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p nikoh qayd etilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p nikoh qayd etilayotgani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida, respublika bo‘yicha 59 598 ta nikoh ho…
10:43 / 25.05.2025
Vini Jr “Real” bilan shartnomasini uzaytirdi

Vini Jr “Real” bilan shartnomasini uzaytirdi

Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
12:00 / 24.05.2025
Farg‘onada 586 mln so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan kafe aniqlandi

Farg‘onada 586 mln so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan kafe aniqlandi

Shartnomasiz tabiiy gaz iste’mol qilish natijasida 586,4 mln so‘m miqdorida zarar yetkazildi.
21:24 / 22.05.2025
Chilonzorda Nexia-3 va Lacetti to‘qnashib ketdi

Chilonzorda Nexia-3 va Lacetti to‘qnashib ketdi

YTH natijasida har ikkala transport vositasi haydovchisi hamda Nexia-3 avtomashina yo‘lovchisiga birinchi yordam ko‘rsatilga…
09:39 / 25.05.2025
Farg‘onada o‘z xonadonida ko‘knori va nasha ekkan shaxs ushlandi

Farg‘onada o‘z xonadonida ko‘knori va nasha ekkan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
14:50 / 24.05.2025
Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdori ko‘payishi mumk…
10:41 / 23.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!