$
12413.79 UZS
-52.65
154.86 UZS
-0.56
14468.27 UZS
-48.9
36° Kechasi 23°

Tadbirkorlik subyektlariga inkasso topshiriqnomasi qo‘yishda yangi tartib joriy etiladi – DSQ

18:15 / 15.06.2020

Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2020-yilning 16-iyun sanasidan boshlab tadbirkorlik subyektlarining bajarilmagan soliq majburiyatlariga nisbatan soliq organlari tomonidan inkasso topshiriqnomasi qo‘yishda yangi tartib joriy etiladi.

Birinchidan, inkasso topshiriqnomalari Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan markazlashgan holda inson ishtirokisiz dasturiy mahsulot orqali avtomatik ravishda qo‘yiladi. Inkasso topshiriqnomasini shakllantirishda dasturiy mahsulot quyidagilarga e’tibor beradi:

– soliq to‘lovchi tomonidan soliqni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini bank hisobvarag‘iga taqdim etganligi;

– boshqa soliq turida yuzaga kelgan soliq qarzi miqdorida ortiqcha to‘lov summasi mavjudligi;

– soliqlarni to‘lash muddatlari kechiktirilganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari asosida soliq qarzini undirish to‘xtatilganligi.

Ikkinchidan, soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘iga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari ham inson ishtirokisiz avtomatik ravishda chaqirtirib olinadi. Bunda, inkasso topshiriqnomasini avtomatik chaqirib olish uchun nomzod shakllantirishda dasturiy mahsulot quyidagilarga e’tibor beradi:

– soliq qarzi tadbirkorlik subyekti tomonidan to‘liq to‘lab berilganligi;

– soliq qarzi qonunda belgilangan tartibda to‘liq bartaraf etilganligi.

Uchinchidan, Soliq kodeksida belgilangan soliqlarni to‘lash muddatidan keyingi kundan kechiktirmasdan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda ogohlantirish talabnoma yuboradi.

To‘rtinchidan, avtomatik ravishda shakllantirilgan inkasso topshiriqnomasi soliqlarni to‘lash muddatidan keyin avtomatik ravishda soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘iga yuboriladi.

Beshinchidan, bajarilmagan soliq majburiyati mavjud bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlarining soliq qarzini byudjetga undirishda bir xil yondashuv ta’minlanadi.

Oltinchidan, soliq organi tomonidan soliq to‘lovchilarning bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larini asossiz ravishda ortiqcha yechib olish holatlariga butunlay chek qo‘yiladi.


Bu ham qiziq

Sudyalikka tayinlash muddatlari qayta ko‘rib chiqiladi

Sudyalikka tayinlash muddatlari qayta ko‘rib chiqiladi

Odil sudlovni ta’minlash bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi
22:15 / 21.08.2025
O‘zbekistonda aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshgan 203 ta korxona mavjud

O‘zbekistonda aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshgan 203 ta korxona mavjud

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
13:15 / 20.08.2025
Farg‘onada noqonuniy tamaki savdosining oldi olindi

Farg‘onada noqonuniy tamaki savdosining oldi olindi

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda
19:33 / 20.08.2025
Mustaqillik kuni munosabati bilan dam olish kunlari e’lon qilindi

Mustaqillik kuni munosabati bilan dam olish kunlari e’lon qilindi

Anchadan keyin bu yil qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘lmaydi
18:06 / 21.08.2025
O‘zbekiston viloyatlari reytingi: qaysi hududlar yetakchilik qilmoqda?

O‘zbekiston viloyatlari reytingi: qaysi hududlar yetakchilik qilmoqda?

Progressiv islohotlar markazi(PIM) O‘zbekiston viloyatlarining kompleks rivojlanish reytingini e’lon qildi
18:03 / 20.08.2025
22-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:48 / 21.08.2025
Nigerda suv toshqinidan qurbonlari soni 40 dan oshdi

Nigerda suv toshqinidan qurbonlari soni 40 dan oshdi

56 mingdan ortiq fuqaro jabrlanganlar ro‘yxatida.
16:03 / 21.08.2025
Rossiya, Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 80 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Rossiya, Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 80 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib,…
09:20 / 20.08.2025
Qoraqalpog‘istonda jamoat transporti narxi oshirildi

Qoraqalpog‘istonda jamoat transporti narxi oshirildi

20-avgustdan jamoat transporti xizmatlari uchun yo‘lkira haqi oshirilib, yangi tariflar amaliyotga kiritildi.
17:52 / 20.08.2025
Toshkentda fuqaro 2,4 mlrd so‘m alimentni oldindan to‘lab berdi

Toshkentda fuqaro 2,4 mlrd so‘m alimentni oldindan to‘lab berdi

“Toshkent shahar Uchtepa tumanida fuqaro sobiq rafiqasiga to‘rt farzandi uchun 2,4 mlrd so‘m miqdorida aliment pulini oldind…
12:06 / 20.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!