$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

Dunyodagi eng qimmatbaho oziq-ovqatlar: 1 200 dollarlik qahvadan to 3 000 dollarlik qaldirg‘och uyasigacha

14:25 / 19.07.2019

Eng qimmat taom borasidagi tasavvurlar hammada har xil. Kim uchundir bu qizil baliq bo‘lsa, boshqalar uchun noyob oq tryufellardir. Biroq yana shunday mahsulotlar borki, ularning bahosi sizni hayratlantirishi aniq. AdMe.ru dunyodagi eng qimmat 10 oziq-ovqat mahsuloti haqidagi ma'lumot bilan bo‘lishdi.

 

1. Matsutake qo‘ziqorini

Ushbu qo‘ziqorinlarning noyobligi ularning 1 kilogramm narxini 600 dollarga ko‘taradi. Matsutakening vatani - Yaponiya. Qo‘ziqorinning bu turi bir necha Osiyo mamlakatlarida mavjud, biroq daraxtlarni kemiruvchi hashoratlar ularning sonini sezilarli darajada qisqartirmoqda, zero matsutake odatda daraxt soyasi ostida o‘sadi. Matsutakeni yetishtirish usullari yo‘qligi bois ular Yer yuzidan butkul yo‘qolish xavfi ostida.

 

2. Kopi-luvak qahvasi

Bu qahva Indoneziya, Filippin va Janubiy Hindistonning sanoat maydonlarida ishlab chiqariladi. Kopi-luvak — dunyodagi eng qimmat qahva. Uning bahosi (1 kilogramm) - 250 dollardan 1 200 dollargacha. Kopi-luvak o‘ziga xos qayta ishlash usuli bilan mashhur.

 

3. Beluga-albinos ikrasi

Bunday ikraning 1 kilogrammi 8 500 yevroga baholanadi. Beluga-albinos — bu Kaspiy dengizida yashovchi yirik osetr balig‘i. Uning narxi bu qadar balandligiga beluga-albinoslarning tilla rangdagi ikralarni kamdan-kam — taxminan 100 yilda bir marta qo‘yishi sababdir.

 

4. Qaldirg‘och uyasidan sho‘rva

Bu qushlarning uyalari deyarli birgina so‘lakning o‘zidan tashkil topgan bo‘ladi. Aynan shuning uchun ham ular qadrlidir: ularning uyalari — Xitoy oshxonasining qimmatbaho mahsuloti hisoblanadi. Baland narx izohi oddiy: qaldirg‘och uyalarini yig‘ish ancha xavfli. Qushlar ko‘pincha o‘z uyalarini tik qoyalarga solishadi, bunday joydan tushib ketish xavfi esa katta. Ushbu delikatesning qiymati (1 kilogramm uchun) - 3 000 dollargacha.

 

5. Za'faron

Ushbu ziravorning bahosi (1 kilogramm uchun) - 400 dollardan 1 000 dollargacha. Bunga za'faronning faqat kuzgi mavsumda, yilda atigi 7 kun o‘sishi sababdir. Uni yig‘ish va qayta ishlash ishlari qo‘lda amalga oshiriladi. 1 kilogramm za'faron chiqishi uchun esa ishchilar 300 ming o‘simlik terishlariga to‘g‘ri keladi.

 

6. Oq tryufellar

Bu qo‘ziqorinlarning yuqori bahosi ularning o‘sishi, yig‘ish usuli, saqlashda o‘ziga xos sharoit talab qilishi hamda betakror ta'm va xushbo‘y ifori bilan izohlanadi. Yevropada oq tryufellarning 1 kilogrammi 2 000 yevroni tashkil qiladi.

 

7. Ayam tsemani qora tovug‘i

Ayam tsemani tovuqlari Indoneziyada ko‘paytiriladi, biroq qush grippi tarqalish xavfi tufayli boshqa mamlakatlarga yetkazilmaydi. Bunday qushlarning nasli shu qadar noyobki, Indoneziyaning o‘zida birgina shunday jo‘janing narxi 200 dollarga yaqin turadi. Undan tashqarida esa bir necha ming dollarga yetishi mumkin.

 

8. Yapon olachipor mol go‘shtidan steyk - Wagyu A4

Yapon olachipor mol go‘shtidan Wagyu A4 steyki — dunyoning eng mazali, mashhur va qimmatbaho delikateslaridan biri. U xushbo‘y hidi va o‘zining taniqli yog‘li teksturasi bilan mashhur. Vagyu naslidagi buqalar Yaponiyada maxsus uqalanadi, pivo bilan oziqlantiriladi, klassik musiqa tinglashadi. Bunday mol go‘shtining 1 kilogrammi 450 dollarga baholanadi.

 

9. Xamon iberiko

Eng qimmat cho‘chqa go‘shti — xamon iberikoning vatani - Ispaniya. Aynan shu yerda iberiko naslidagi qora cho‘chqalar yetishtiriladi. Ular cho‘chqayong‘oqlar bilan oziqlantirilib, maxsus keng yaylovlarda boqiladi. 1 kilogramm xamon iberikoning narxi - 365 yevro atrofida.

 

10. Bug‘u pishlog‘i

Dunyodagi eng qimmatbaho pishloqlardan biri bug‘u pishlog‘idir. U faqat bir joyda - Shvetsiyadagi Moose House fermasida ishlab chiqariladi. Uni ishlab chiqarishda bug‘u sutidan foydalaniladi. Bug‘u pishlog‘i rangi - oq, u juda cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi. Bunday pishloq narxi (1 kilogramm uchun) 1 000 yevroni tashkil etadi. 


Bu ham qiziq

Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:47 / 14.05.2025
Nursulton Nazarboyevning rafiqasi vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

Nursulton Nazarboyevning rafiqasi vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

14-may kuni Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning turmush o‘rtog‘i Sara Nazarboyeva 84 yoshida vafot etg…
17:34 / 14.05.2025
Deport qilinganlarga 2 yil mobaynida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

Deport qilinganlarga 2 yil mobaynida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

Agar biror o‘zbekistonlik fuqaro chet elda noqonuniy qolgan, vizasi tugagan, deportatsiya qilingan shaxs O‘zbekiston tomonid…
11:18 / 14.05.2025
Samarqandda tabiatga 137 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Samarqandda tabiatga 137 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Samarq…
15:43 / 14.05.2025
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi uchta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya…
17:56 / 14.05.2025
Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Bolalar ombudsmaniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro E.A.(ayol)ning murojaati kelib tushgan.
15:54 / 13.05.2025
Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz kirishi mumkin

Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz kirishi mumkin

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim kuchga kirishi uchun davlat ichk…
19:36 / 13.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilarning valsga tushishini taqiqlash bo‘yicha topshiriq berilmagan — vazirlik

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilarning valsga tushishini taqiqlash bo‘yicha topshiriq berilmagan — vazirlik

Ta’lim vazirligi 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida o‘quvchilarning valsga tushishi taqiqlanmaga…
10:49 / 14.05.2025
Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlar faoliyatiga qo‘yilgan talablarga rioya etmaganlik uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
14:19 / 13.05.2025
Surxondaryolik o‘smir YPX xodimini sudrab Cobalt avtomobilini olib qochishga urundi

Surxondaryolik o‘smir YPX xodimini sudrab Cobalt avtomobilini olib qochishga urundi

Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
19:25 / 13.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!