$
12130.01 UZS
32.08
153.04 UZS
1.27
14245.48 UZS
50.98
31° Kechasi 18°

Margarin haqidagi ajoyib faktlar: uning tabiiy rangi oq bo‘ladi

19:04 / 23.08.2019

Qaysi uy bekasi margarin haqida bilmaydi deysiz. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, ushbu mahsulotning tarixi XIX asr boshlariga borib taqaladi. Ma’lum bo‘lishicha, “margarin” nomi ilk marta 1813-yilda, fransuz kimyogari Mishel Ejen Shevryol tomonidan ishlatilgan. Taxmin qilinishicha, u yangi mahsulotga yunoncha “marvarid” so‘zidan kelib chiqib, “margarin” nomini qo‘ygan

Buni qarangki, ushbu jarangdor nom kelajagini fransuzlar belgilab berdi. 50 yildan so‘ng imperator Napoleon III o‘z qo‘shini jangchilari uchun moy o‘rnini bosuvchi to‘yimli mahsulot ishlab chiqishni buyurdi. Shunda kashfiyotchilardan biri Ippolit Meje-Mure qattiq yog‘li iste’mol ozuqasi ishlab chiqib, uni “oleomargarin” deb nomladi. Va bu mahsulot fransuz askarlari taomnomasiga kiritildi. 

XIX asr oxiriga kelib, margarin amerikalik ishbilarmonlarning e’tiboriga tushdi. Tadbirkorlar butun Amerika bozorini margarin bilan ta’minlashga kirishib ketishdi. Qizig‘i shundaki, patentni mahsulotni ixtiro qilgan odam olmagan. Balki margarinni amerikalik biznesmen Genri Bredli 1871-yili 3-yanvarda patentlagan. 

Keyinchalik, Amerikaning ba’zi shtatlari rasmiylari margarinni sotishga cheklov qo‘ydi (eng qizig‘i bu hanuzgacha amal qilmoqda). Haqiqat shundaki, an’anaviy sut sanoati sariyog‘ o‘rniga alternativining paydo bo‘lishini qabul qila olmadi. Hatto yangi mahsulotni sotishni cheklovchi qonun qabul qilinishiga erishildi. Buni qarangki, ba’zi davrlarda margarin ishlab chiqaruvchilardan mahsulotga yoqimsiz va jirkanch ko‘rinish berish uchun pushti bo‘yoq qo‘shishni talab qiladigan qonunlar ham qabul qilindi.

XX asr oxirlariga kelib, margarin g‘arbliklar oziq-ovqat mahsulotlarining ajralmas qismiga aylandi. Yana bir muhim tomoni shundaki, 1923-yilda margarin tarkibiga to‘yinmagan yog‘li kislotalar Omega 3 va Omega 6 qo‘shishni kashf qilishgan va  olimlar ularni F vitamini deb atashgan. Keyinchalik, bu moddalar yurak-qon tomir tizimi uchun juda muhim ekanligi ma’lum bo‘ldi: masalan, ular ateroskleroz rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, qon aylanishini yaxshilaydi va yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi. 

Margarinning tabiiy rangi oq bo‘ladi. Agar siz sariq rangli margarinni ko‘rgan bo‘lsangiz unga, albatta, rang beruvchi modda qo‘shilgan bo‘ladi. Hozirgi margarinlar eng avvalgi margarin ta’miga sira o‘xshamaydi. Endilikda uning mazasini yaxshilash uchun texnologlar quritilgan sut, zardob, tuz, shakar kabi turli xil shirin ta’m beruvchi narsalarni qo‘shmoqdalar. 


Bu ham qiziq

Jahon banki O‘zbekistonga 250 million dollar qarz beradi

Jahon banki O‘zbekistonga 250 million dollar qarz beradi

Jahon bankining ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekiston uchun 250 million dollarlik moliyalashtirish paketini ma’qulladi.
17:31 / 15.12.2025
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

Markaziy bankning Ichki valyuta bozori sharhida ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilning yanvar—noyabr oylariga…
12:32 / 14.12.2025
Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Ma’lumot uchun, Bondi-bich plyaji Avstraliyaning eng mashhur plyaji bo‘lib, u ko‘plab syorfingchilarni va sayyohlarni o‘ziga…
15:51 / 14.12.2025
Messining Hindistonga tashrifi ortidan ommaviy tartibsizliklar kelib chiqdi

Messining Hindistonga tashrifi ortidan ommaviy tartibsizliklar kelib chiqdi

Biroq Vivekananda Yuvabharati Salt Lake Stadium arenasida futbolchining tijoriy safari doirasida o‘tkazilgan tadbir paytida …
13:58 / 14.12.2025
Tailandda komendantlik soati joriy qilindi

Tailandda komendantlik soati joriy qilindi

Tailand Kambodja bilan chegaradagi to‘qnashuvlar sabab Trat provinsiyasida komendantlik soati joriy etdi. Bu haqda Reuters x…
16:46 / 14.12.2025
Boliviyaning sobiq prezidenti qamoqqa olindi

Boliviyaning sobiq prezidenti qamoqqa olindi

“Sotsializm sari harakat” partiyasi yetakchisi bo‘lgan Luis Arse 2020-yilda Boliviya prezidenti etib saylangandi. Mamlakatda…
09:13 / 14.12.2025
16-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
16:37 / 15.12.2025
Ramzan Qodirov hokimiyatdan to‘yganini aytib, ketishni inkor etmadi

Ramzan Qodirov hokimiyatdan to‘yganini aytib, ketishni inkor etmadi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ChGTRK “Grozniy” telekanalida bo‘lib o‘tgan to‘g‘ridan to‘g‘ri efir davomida hokimiyatda…
09:38 / 15.12.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Avvalo, barchangizni V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida erishilgan ulkan tarixiy g‘alaba bilan chin qalbimdan samimiy muborakbo…
10:30 / 15.12.2025
Estoniya Rossiya bilan chegarada bunkerlar qurishni boshladi – manba

Estoniya Rossiya bilan chegarada bunkerlar qurishni boshladi – manba

“Shuningdek, tikanli maxsus simlar va “ajdaho tishlari” turidagi to‘siqlar zaxirasi shakllantirilgan bo‘lib, zarurat tug‘ilg…
17:48 / 13.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!