$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Qanday qilib ko‘p kitob o‘qish mumkin?

19:26 / 08.03.2020

Kitob o‘qishni yaxshi ko‘rasizmi? Ammo kundalik ishlaringiz, to‘lib qolgan grafik tufayli mutolaaga vaqt ajratolmayapsizmi? Sizga ko‘proq kitob o‘qishga yordam beradigan tavsiyalar to‘plamini taqdim etamiz

1. Kitobni o‘zingiz bilan olib yuring

Bu juda oddiy: o‘qishni istagan kitobingizni yoningizda olib yuring va bo‘sh vaqt bo‘ldi deguncha uni o‘qishni boshlang. Tushlik vaqtidagi tanaffusda, uyga ketishda, jamoat tranportida ketayotib ham o‘qishingiz mumkin. Asosiysi, tanlagan kitobingiz qiziqarli bo‘lishi kerak. Shunda sizda uni o‘qishga nisbatan ishtiyoq paydo bo‘ladi.

2. Elektron kitobga o‘ting

Elektron kitobni olib yurish juda oson (ungi telefoningizga ham yuklab olsangiz ham bo‘ladi). Me’yorni saqlasangiz, ular ko‘rish qobiliyatingizga zarar keltirmaydi, har qanday hajmdagi sumkachangizga bemalol sig‘ib ketaveradi. 

3. Mutolaa uchun vaqt ajratish
Ish grafingiz juda band bo‘lsa ham, kitob mutolaasi uchun muayyan vaqt ajratishga harakat qiling. Uxlashdan yarim soat oldin yoki ertalab 20 daqiqa mutolaa qilishga odatlanish mumkin. Kuniga 100 sahifa o‘qiyman, kabi o‘zingizga eshitilishi hatto og‘ir bo‘lgan hajmlar, me’yorlar belgilab olishni tavsiya etmaymiz. Tinch holatda qancha kitob o‘qiy olishingizni tekshirib ko‘ring va shunga qarabgina me’yor belgilashingiz mumkin.   

4. Ijtimoiy tarmoqlarga ketayotgan vaqtingizni chegaralang
Ijtmoiy tarmoqlar vaqtingiz “qotillari”dir. Vaqtincha ulardan chalg‘ib, unga sarflanayotgan vaqtni kitob mutolaasiga ajratsangiz nima qiladi? Bu qiyin bo‘lsa ham, bir marta amalga oshirib ko‘ring. Natijasini, albatta, his qilasiz.

5. Kitobni ko‘rinadigan yerga qo‘ying

Bir vaqtning o‘zida bir nechta kitob o‘qiyotgan bo‘lsangiz, ularni uyning har qayeriga joylashtirib chiqish tavsiya etiladi. Aniqrog‘i, ularni qayerda ko‘p vaqt o‘tkazsangiz o‘sha joylarga qo‘ying. Kitob doim olib o‘qishga oson yerda tursa, bu sizga mutolaa qilish haqida eslatib turadi.

6. Birgalikdagi mutolaa...
Insonning bir o‘zi kitob o‘qishi yaxshi. Ammo buni do‘stlaringiz bilan birga amalga oshirsangiz, yanada yaxshi. Shunda sizda muhokama qilish, fikrlaringizni bo‘lishish mumkin bo‘lgan insonlar topiladi. Bu yanada ko‘proq mutolaa qilishga undaydi.


Bu ham qiziq

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!