$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

Qomatni asrashning 16 qoidasi

23:21 / 04.01.2020

Odamning hissiyoti, kayfiyati qomatining tuzilishiga ta’sir qilishi bor gap. Ichki olam bilan tashqi ko‘rinish doim bir-biriga ta’sir qilib turadi. Shunday ekan, quyidagi maslahatlarga amal qilinsa, ijobiy natija sizni kuttirmaydi.

16 правил стройности

1. Uyg‘onish 

Yangi kunni qanday kayfiyatda o‘tkazish, o‘zimizga bog‘liq. Uyqudan uyg‘onishingiz bilan tabassum qiling, o‘zingizga, borliqqa xayrli kun tilang. Hayot tortiqlarini minnatdorchilik bilan qabul qila oladigan inson quvvatga to‘la, harakatchan bo‘ladi. Harakat esa tanadagi ortiqcha yog‘larni eritib yuboradi.
 
2. Ertalabki badantarbiya, yugurish, yurish

Ertalabdan jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish va bu ishni har kuni davom ettirish nafaqat qomatni go‘zallashtiradi, balki ichki quvvatni ham kuchaytiradi. 
 
3. Kontrast dush qabul qilish

Kontrast ya’ni suvni bir vaqtning o‘zida ham sovitib ham isitib qabul qilish metabolizmni tezlashtiradi, qon aylanishini yaxshilaydi, organizmning umumiy tonusini ko‘taradi, qarishni sekinlashtiradi, sellyulitni haydaydi, teri va yuz rangini go‘zallashtiradi. Kontrast dush haqida avval mutaxassis bilan maslahatlashib olgan ma’qul. 
 
4. Nonushta

Kechasi metabolizm sekinlashadi. To‘yimli nonushta uni me’yoriga keltiradi va organizmni kun davomida quvvatlantirib turadi. To‘yimli nonushta hisobiga ochlikni his qilmaysiz va shuning evaziga tushlikda ortiqcha yeb qo‘ymaysiz. Shuningdek, mineral va yog‘ kislotalarining organizmga ijobiy ta’siri oqibatida rejalashtirgan hamma ishlaringizni bajarishga ulgurasiz.
 
5. Oz-ozdan har 3 soatda ovqatlanish  

Yaxshi metabolizm uchun har 3 soatda kam miqdorda ovqatlanish lozim. Ovqatni shunchaki yutib yuborish emas, uni yaxshilab chaynash kerak. Yaxshilab chaynalsa, taomning ta’midan hatto miya ham rohatlanadi.  

6. Kechki soat 6 dan keyin hech narsa yemaslik 

Uyqudan 2-3 soat oldin yeyilgan har qanday ovqat yog‘ga aylanadi. Shuningdek, sifatli uyquni buzadi. Miriqib uxlamaslik esa asabiylashishga, beparvolikka, faoliyatning pasayishiga olib keladi. 
  
7. Ovqatlanishga e’tibor

Ochlik hissi bir necha sababdan paydo bo‘ladi: nonushta to‘laqonli bo‘lmasa, tushlik yo‘l-yo‘lakay qilinsa va kun davomida asabiy holatda yurilsa. Ovqatlanish bilan bog‘liq ana shunday odatlardan voz kechib, bemahal ochiqqanda bir joyda turib sakrashga, o‘tirib turishga, xiyobon aylanishga, bo‘lib o‘tganlarni tahlil qilishga harakat qiling.  

8. Sport 

Yig‘ilib qolgan kaloriyalarni sarflashning eng qulay usuli bu jismoniy yuklama. Aerobika, suzish, raqs, yoga mashqlari – bularning hammasi yog‘larni eritadi. Ustiga ustak kayfiyatni ko‘taradi. Xushyorlikni, ichki quvvatni oshiradi. Asabiylashishni kamaytiradi, sabr qilishni o‘rgatadi.

9. Zararli odatlardan voz kechish

Alkogol, tamaki, gazli suvlar va boshqa zararli odatlar nafaqat qomatning, balki ruhiyatning ham buzilishiga xizmat qiladi. Ko‘k choy, suv, toza havo va to‘g‘ri ovqatlanish – yaxshi kayfiyat, tik qomat uchun juda zarurdir. 

10. Sevimli taom

Agar sevimli taomning foydasidan ko‘ra zarari aniq bo‘lsa, undan voz kechgan ma’qul. Istak juda katta va voz kechib bo‘lmaydigan darajada bo‘lsa, yeng. Faqat juda kam miqdorda. Kaloriyali ovqatlardan astalik bilan voz kechishni o‘rganing. 

16 правил стройности


 
11. Vaznni o‘lchab turish

Har kuni ma’lum bir vaqtda 1 marta o‘z vazningizni o‘lchab turing. Tananing og‘irligi kun davomida o‘zgarib turadi. Vaznning ma’lum bir vaqtda o‘lchanishi uni nazorat qilish imkonini beradi. Ozish emas, harakat uchun qulay vaznda qolish muhim.
 
12. Tez ozish uchun tabletka va boshqa mahsulotlarni qo‘llamang

Ayrimlar tezroq ozish uchun choy, o‘t va tabletkalardan foydalanadi. Bularning bari befoyda. Pulingizning isrof bo‘lgani, asabiylashganingiz qoladi, xolos. Eng samarali yo‘l bu – to‘g‘ri ovqatlanish, sport, me’yoriy uyqu, o‘z-o‘zini tushunish. 

13. O‘z vaqtida ovqatlanish

Tana ochiqsa – miya ham och qoladi. Organizm yog‘, uglevod, foydali moddalarni o‘z vaqtida, yetarlicha olib turishi kerak. Ochlik – bu butun tanani asabiylashtiradi, qiynaydi. Hatto, oshqozon faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin.

14. Tanani parvarishlash

Antisellyulitli kremlar befoyda.  Eng yaxshi yordamchilar SPA muolajalari, oziqlantiruvchi kremlar, uqalash muolajalari, ruhiy erkalash: o‘z-o‘zingizni kichkinagina muvaffaqiyat uchun ham maqtab qo‘ying.

15. Foydali tanaffuslar

Agar kam harakatli ish bilan band bo‘lsangiz, har soatda o‘ringizdan turib haraktli mashqlar bajaring. Avtobus, lift kabi yordamchilarni unuting: piyoda yuring.

16. Dam olish

Dam olish kunlarida dilingizga yaqin insonlar bilan birga bo‘lishga, hazillashishga, konsertlarga tushishga harakat qiling.


Bu ham qiziq

15-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi

15-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Harorat kechasi 22-24, kunduzi 37-39 daraja bo‘ladi.
02:30 / 15.05.2025
14-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:35 / 14.05.2025
Eron AQSh bilan yadro kelishuvini imzolashga tayyor

Eron AQSh bilan yadro kelishuvini imzolashga tayyor

Mamlakat rasmiylari iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinsa bu bitimga erishish mumkinligini ma’lum qilgan.
12:16 / 15.05.2025
Davlat xavfsizlik xizmatining call-markazi ishga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmatining call-markazi ishga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezko…
08:41 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakil…
19:41 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov boshchiligidagi mamlakatimiz ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiy…
19:00 / 13.05.2025
Trampning oilaviy biznesi bir oy ichida 2 mlrd dollar daromad qildi

Trampning oilaviy biznesi bir oy ichida 2 mlrd dollar daromad qildi

Тhe New York Times yozishicha, Donald Tramp prezidentlik lavozimiga qaytgach, uning oilaviy biznesi foyda ko‘ra boshladi.
11:02 / 15.05.2025
Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Bolalar ombudsmaniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro E.A.(ayol)ning murojaati kelib tushgan.
15:54 / 13.05.2025
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:47 / 14.05.2025
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etiladi

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etiladi

“Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokidagi “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat …
17:15 / 14.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!