$
12904.51 UZS
-33.42
161.99 UZS
0.89
14575.64 UZS
-89.5
30° Kechasi 18°

Yaqinda ochilgan tabiat jumboqlari

09:55 / 21.02.2015

“Yuradigan toshlar”, jirafalarning ingichka, lekin baquvvat oyoqlari, kuylovchi qum barxanlari va tabiatning boshqa sirlari – ular yaqin-yaqingacha ham sirligicha qolayotgan edi.

 

1. Ajal vodiysidagi “yuruvchi toshlar” siri

1940 yildan boshlab yaqin-yaqingacha Kaliforniyadagi ajal vodiysida joylashgan qurib qolgan Reystrek-Playya ko‘lida “harakatlanuvchi toshlar” hodisasi kuzatib kelingan. Yillar va hatto o‘nlab yillar davomida qandaydir kuch toshlarni harakatlantirishi oqibatida ulardan iz qolardi. Bu “yuruvchi toshlar”ning har birining og‘irligi 300 kilogramm kelardi.

Ular qanday harakatlanishini hech kim hech qachon ko‘rmagan. Mutaxassislar faqatgina bu hodisadan qolgan izlarni ko‘rardi xolos. 2011 yilda bir guruh amerikalik tadqiqotchilar bu hodisa sababini aniqlashga qaror qildi. Ular maxsus kameralar va shamol harakatini o‘lchash uchun meteostansiya o‘rnatdilar. Ular shuningdek GPS-kuzatuv tizimini ham o‘rnatishdi va kuta boshlashdi.

Ular o‘nlab yillar ham kutishlari mumkin edi, lekin 2013 yilning dekabrida tadqiqotchilarga omad kulib boqdi.

Qor va yomg‘ir yog‘ishi tufayli qurigan ko‘l yuzasida 7 santimetrli suv qatlami paydo bo‘ldi. Tunda sovuq tushib, suvdan muz bo‘laklari hosil bo‘ldi. Tezligi soatiga 15 kilometrga yetuvchi shamol ta'sirida muz bo‘laklari harakatga keldi va toshlar o‘zidan iz qoldirib siljiy boshladi. Bu izlar faqat bir necha oydan keyin, ko‘l tubi butunlay quriganda ko‘rindi.

 

2. Jirafa ingichka oyoqlarida qanday tura oladi?

Jirafaning og‘irligi bir tonnaga yetishi mumkin. Lekin ularning oyoq suyaklari judayam ingichka.

Qirollik veterinariya kolleji tadqiqotchilari bunday ingichka oyoqlar og‘ir jirafalarni qanday ko‘tarib turishini Yevroittifoq hayvonot bog‘lari tomonidan berilgan oyoq suyaklarini o‘rganish orqali aniqlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, hamma gap jirafaning oyoq suyaklaridagi fibroz to‘qimalarda ekan. Uzun oyoq suyaklaridagi bu to‘qimalar oyoqqa zo‘riqish tushmasligiga sabab bo‘larkan. Bu to‘qimalar elastikligi bois jirafalarning oyoqlarini sinib qolishdan saqlar ekan.

 

3. Kuylovchi barxanlar

Dunyo bo‘yicha violonchel ovozini eslatuvchi tovush chiqaradigan 35ta qum barxani mavjud. Bu tovush chiqishi 15 daqiqagacha davom etishi va 10 kilometr masofadan eshitilishi mumkin. Ayrim barxanlar ba'zi-ba'zida, ayrimlari esa har kuni “kuylaydi”. Bu hodisa barxan tepasidagi qumlar pastga sirg‘alib tusha boshlaganida yuz beradi.

Avvaliga tadqiqotchilar tovush chiqishiga barxan ustidagi qum qatlamlaridagi tebranish sabab bo‘ladi, deb o‘ylashgandi. Lekin keyin ma'lum bo‘ldiki, barxanlar tovushini laboratoriyada ham paydo qilish mumkin ekan. Bu esa barxan emas, qum “kuylashini” isbotladi. Qumlar pastga sirg‘ala boshlagan paytda vibratsiya tufayli tovush chiqdi.

Qumning harakat tezligi ham tovush chiqishida muhim omillardan biridir. Qum zarralarining kattaligi bir xil bo‘lganida ular bir xil tezlikda bir xil masofaga ko‘chadi. Agarda qum zarralari turlicha kattalikda bo‘lsa, ular turli tezlikda harakatlanadi va oqibatda kengroq diapazondagi nota tovushlari yuzaga keladi.

 

4. Kaptarlarning Bermud uchburchagi 

Bu jumboq o‘tgan asrning 60-yillarida, Kornel universiteti professori kaptarlarning har qanday joydan o‘z uylariga qaytib kelish xususiyatlarini o‘rganayotgan paytda paydo bo‘lgan. U kaptarlarni butun Nyu-York shtatining turli joylaridan uchirib ko‘rdi. Barcha kaptarlar uylarini topib qaytib kelishdi, faqatgina Jyersi-Xilldan uchirilgan kaptar uyini topa olmadi. Bu yerdan uchirilgan barcha kaptarlar har safar adashib qolaverdi.

1969 yilning 13 avgustida nihoyat kaptarlar Jyersi-Xilldan uylariga qaytish yo‘lini topishdi, lekin ular mo‘ljalni yo‘qotib qo‘ygandek har tarafga maqsadsiz uchishardi. Professor nima uchun bunday bo‘layotganligini izohlab bera olmadi.

AQSh geologik xizmati doktori Jonatan Xagstrum bu jumboqning yechimini topganligini bildirdi.

“Qushlar harakatlanish paytida o‘z kompas va xaritalaridan foydalanishadi. Kompas vazifasini quyosh yoki yerning magnit maydoni bajaradi. Tovushdan esa xarita sifatida foydalanishadi” deydi u.

Xagstrumnin fikricha, kaptarlar inson qulog‘i eshitmaydigan o‘ta past chastotatali infratovushlardan foydalanishadi. Ular infratovushni radiomayoq sifatida qo‘llashadi.

Qushlar Jyersi-Xillda adashib qolganida, havo harorati va shamol infratovush signallarni atmosferaning yuqori qatlamiga tarqatib yuborgan va kaptarlar bu tovushlarni qabul qila olmagan. Ammo 1969 yilning 13 avgustida harorat va shamol ta'siri bo‘lmaganligi bois kaptarlar infratovushni eshitishgan va uylariga yo‘lni topa olishgan.

 

5. Zebralar nima uchun yo‘l-yo‘l?

Kaliforniya universiteti olimlari bu savolga javob topishga qaror qilishdi. Ular zebralar, otlar va eshaklarning qayerlarda yashashini o‘rganishdi. Olimlar zebralar tanasidagi chiziqlarning rangi, o‘lchami va joylashishi borasida ko‘plab ma'lumot to‘plashdi. So‘ngra esa tsetse pashshalari yashaydigan hududlarni xaritaga tushirishdi. Shundan so‘ng olimlar statistik tahlilga o‘tishdi va savolga javob topishdi.

Zebralarning juni kalta bo‘lgani uchun pashsha chaqishidan otlarga nisbatan ko‘proq jabr ko‘rishadi. Shuning uchun zebralar pashsha chaqishidan saqlanish uchun barcha usullardan foydalanishadi.

Shvetsiyadagi universitet olimlarining aniqlashlariga qaraganda esa pashshalar zebra tanasidagi chiziqlarning kengligi aniq o‘lchamda ekanligi bois ularning ustiga qo‘nmaydi. Agar chiziqlar kengroq bo‘lganida zebralar pashshalardan himoyalana olishmasdi. Tadqiqotdan ma'lum bo‘lishicha, pashshalar ko‘proq qora rangli yuzaga qo‘nadi, oq rangli yuzalar pashshalarni unchalik ham jalb etmaydi, eng e'tiborni jalb etmaydigan yuza esa yo‘l-yo‘l yuza hisoblanadi.

O‘qishni tavsiya etamiz:

Dunyoning eng uzun osma ko‘priklari

Bols-Piramid — eng sirli orol

Tarixdagi eng kuchli 10 ta qor to‘foni

 

 


Bu ham qiziq

Toshkentdagi qurilish obyekti 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlandi

Toshkentdagi qurilish obyekti 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlandi

Olmazor tumanidagi qurilish obyekti 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda “Toshkent s…
18:44 / 23.05.2025
2025-yilning dastlabki choragida deyarli 400 ming tonna benzin ishlab chiqarildi

2025-yilning dastlabki choragida deyarli 400 ming tonna benzin ishlab chiqarildi

O‘zbekiston ekologik toza yoqilg‘i ishlab chiqarish uchun tabiiy gazni qayta ishlashni faol rivojlantirmoqda, bu esa import …
20:01 / 23.05.2025
O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi pasayganligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi pasayganligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida 266 478 nafar chaqaloq tug‘ilishi qayd etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga …
20:52 / 21.05.2025
22-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

22-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:01 / 22.05.2025
Mudofaa vazirligi Xorazmda snaryad portlagani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Mudofaa vazirligi Xorazmda snaryad portlagani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

O‘zbekiston mudofaa vazirligi Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi metallolom qabul qilish punktida o‘q-dorilar portlashi oq…
21:22 / 23.05.2025
Shavkat Mirziyoyev bitiruvchilarga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev bitiruvchilarga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigi e’lon qilindi.
20:15 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obyektida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi qurilish obyektida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 22-may kuni soat 12:43 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ohangaron shox ko‘chasidagi qurilish obyektida yong‘in r…
14:09 / 22.05.2025
24-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

24-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
22:08 / 23.05.2025
Garvard universitetiga xorijiy talabalarni qabul qilish taqiqlandi

Garvard universitetiga xorijiy talabalarni qabul qilish taqiqlandi

“AQSh hukumati Garvard universitetiga xorijlik talabalarni o‘qishga qabul qilishni taqiqladi”, – The New York Times.
14:11 / 23.05.2025
“Tottenhem” – Yevropa ligasi chempioni

“Tottenhem” – Yevropa ligasi chempioni

22-mayga o‘tar kechasi Yevropa ligasi finalida “Tottenhem” va “Manchester Yunayted” jamoalari to‘qnash keldi hamda unda Lond…
09:36 / 22.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!