$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Alohida parvarish shart bo‘lmagan xonaki gullar

15:43 / 19.05.2020

 5 ta chiroyli va sodda xonaki gul – ular alohida parvarishga muhtoj emas, goh-gohida qarab qo‘ysangiz, shuning o‘zi yetarli, xursand bo‘lib o‘saveradi. 

Uy sharoitida o‘sadigan gullarning parvarishi faqat suv quyish bilan cheklanmaydi: ularga qay darajada yorug‘lik kerakligi, havo harorati va namligi qanday bo‘lishi lozimligini, o‘g‘itlarning qaysi turi to‘g‘ri kelishini bilish zarur. Ammo gullarni sevuvchi, ularni xonadonlarida gurkirab turishini istovchilarning hammasi ham birdek bu masala bilan shug‘ullanavermaydi. Bunga har xil sabablar bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar esa ana shunday insonlarga unchalik e’tibor talab qilmaydigan xonaki gullar haqida ma’lumot berishgan. Bu gullar juda kam vaqtingizni oladi, quruq havoda ham o‘saveradi, o‘g‘it ham, boshqa gultuvakka o‘tqazishni ham talab qilmaydi. Goh-gohida sug‘orib turilsa, yetadi.   

Sanseviyeriya  

Сансевьера LAURENTII

Bu o‘simlikni ko‘plar “cho‘rtan dumi”, deb ham ataydi. Bu gul yaproqlarining hajmi va shakli turlicha. Agar o‘ziga mos keluvchi gultuvak tanlay olsangiz, bolaligingizdagi poliklinikalarni ham eslatadi. Uni, ayniqsa, qishda juda kam sug‘orish kerak. Mo‘l-ko‘l yorug‘likka ham talabgor emas. Shuning uchun xonaning sizga ma’qul kelgan qismida yashnab turaveradi. 
   
Sukkulentlar  

Vrijeme je da postanete ljubitelj sukulenata - Living

Keyingi paytlarda sukkulentlar ancha mashhurlashib boryapti. Ular juda ham chiroyli, turli-tuman va alohida parvarishga muhtoj emas. Tuproqsiz ham o‘saveradi. Qishda oyiga bir marta suv quyilsa, yetadi. Gultuvaklari ham chuqur bo‘lishi shart emas. 
  
Maranta 

Buy prayer plant Maranta leuconeura: £9.99 Delivery by Crocus

Tabiatan ajoyib suratlar chizilgan yirik yaproqli bu o‘simlik qorong‘uroq xonada ham yashnab turaveradi. Unga sukkulentlarga qaraganda nisbatan ko‘proq suv quyib turish kerak. Agar xonada namlik yetarli bo‘lsa, qish oylarida unchalik suv talab qilmaydi. 
 
Nefrolepis 

Комнатный нефролепис — благородный папоротник, очищающий воздух ...

Rang-barang paporotniklarning bir turi. Uy sharoitlariga moslashadi va havoni yaxshi tozalaydi. Uni yorug‘lik ko‘p, biroq quyosh nurlari bevosita tushmaydigan joyda, shuningdek, isitish moslamalaridan uzoqroqda saqlash kerak. Yozda balkonga chiqarib qo‘ysa ham bo‘ladi. Juda kam suv ichadi. 
  
Molochay 

молочай миля фотоЦветы — часть нашей жизни.

Bu o‘simliklar turi kaktuslarga o‘xshaydi. Og‘ir sharoitlarda ham o‘saveradi. Biroq juda ham zararsiz emas. U ajratadigan sharbat tarkibida kuydirish xususiyatiga ega bo‘lgan zaharli moddalar mavjud. Agar uyda yosh bolalar bo‘lsa,  uni tanlamagan ma’qul.   


Bu ham qiziq

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Jizzaxda YTH oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Oqibatda har ikki haydovchi va Nexia’dagi yo‘lovchi (Xitoy fuqarosi) voqea joyida vafot etgan. Cobalt’dagi yana ikki nafar y…
17:06 / 05.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!