$
12831.13 UZS
-55.77
161.07 UZS
0.2
14542.80 UZS
-82.54
29° Kechasi 13°

O‘z blogingizni yuritishdan oldin nimalarni bilishingiz kerak?

11:49 / 04.11.2019

“Bloger bo‘lish oson – Instagramga kir, o‘z saytingni och, xayolingga nima kelsa – yoz”. Agar aynan shunday o‘ylasangiz – qattiq adashasiz. Muvaffaqiyatli blog shunchaki chiroyli fotosuratlar va quvnoq matnlar yuklashdan ham ko‘ra juda ko‘p energiya talab qiladi. Hozirgi zamonda kodlarni o‘rganish, retush qilish va texnik bilimlarga ega bo‘lish shart emas, ammo o‘z maydonchangizni yuritish strategiyasiga oid bir nechta muhim detallar borki – ularni oldindan bilgan yaxshi. 

O‘z sohangizni aniqlang

Har qanday muvaffaqiyatli biznesdagi ilk qadam – kontentni nima haqida yuritishni aniqlab olishdir. Nimaga ishtiyoqingiz baland? Nima bo‘yicha mutaxassissiz? Har kuni nima haqida gapirib berishni istaysiz? Ro‘yxat tuzing va o‘zingizning ojiz tomonlaringizni aniqlash uchun siz yuritmoqchi bo‘lgan mavzudagi bloglarni toping. O‘zingizning mediareja-taqvimingizni tuzing – unda bir necha oy oldindan taxminiy mavzular belgilangan bo‘lsin. Unutmang, blogingizning aniq ta’rifi nafaqat obunachilarga, balki potensial hamkorlarga yordam beradi. 

Biznes-reja tuzing


Garchi blog – shunchaki ijodingiz mahsuli bo‘lsa-da, biznes-reja maqsadlaringiz haqidagi tasavvurni mustahkamlashda yordam berishi mumkin. Loyihangizga jiddiy yondashing, keyin nima bo‘lishini axir siz bilasiz – balki u doimiy ishingiz o‘rnini bosar. Har qanday mavzu uchun internetda topish oson bo‘lgan monetizatsiya hisob-kitobi jadvallaridan iborat reja tuzing. 

Brend bilan shug‘ullaning

Blogingiz muvaffaqiyatiga ta’sir qiluvchi jiddiy detal – nom va ko‘rinish. Bular obunachilaringiz birinchi navbatda ko‘radigan narsalardir. Agar ular darhol sizning uslubingiz, kontentingiz va shaxsingizni his qilishsin – bu ko‘p vaqt talab qiladi. Blog yuritayotgan maydonchnangizning texnik imkoniyatlarini o’rganing – oddiy akkauntni biznes-rejimga o‘tkazarsiz, ehtimol. 
Agar istaklaringiz kattaroq bo‘lsa va kontent yaratish uchun investitsiya kiritishga tayyor bo‘lsangiz – logotip, ranglar, shrift va fon yaratish uchun grafik dizayner yollang.  

Taqvim tuzing

To‘xtamlar va ilhomsizlik davridan qochish uchun eng yaxshi usullardan biri – butun hafta davomida nimalar e’lon qilishingizni belgilab qo‘yishdir. Agar ma’lum bir rubrikalarni yuritsangiz, ular hafta davomida olib borilishiga e’tibor bering, auditoriya davomini uzoq vaqt kutib qolmasin. Blogni yo‘lga qo‘yishdan avval oldindan kamida 5ta postingiz rejalashtirilgan tursin.  O‘sib borish davomida taqvim bilan samaradorlikni solishtiring – shunda qaysi vaqt samaraliroq ekanligini, qachon hech narsa e’lon qilmaslikni bilib olasiz. 

Ko‘proq narsalar qiling


Biznes-reja va muharrirlik taqvimi o‘z blogingizga qancha vaqt va qancha kuch sarflashingizni tushunishingizga yordam beradi.  
Agar vaqt yetsa – o‘sish uchun qo‘shimcha strategiyalarni ko‘rib chiqing: tanlovlar, boshqa blogerlar bilan hamkorlik loyihalarini qiling. O‘quvchilaringizning kontakt ma’lumotlarini yig‘ing va ularga xatlar hamda o‘ziga xos taklifnomalar jo‘nating.  

Muloqot qiling
Sizning kontentingizga qiziqishi mumkin bo‘lgan odamlar, kompaniyalar va boshqa blogerlarga a’zo bo‘ling. Layk bosish va izoh yozishdan uyalmang – ismingiz hammaga tanilsin. Yashayotgan joyingizdagi boshqa sohalar bo‘yicha blog yuritadigan kishilar bilan hamkorlik qiling. O‘z doirangizdan tashqarida bo‘lgan har qanday aloqalar – auditoriyangizni kengaytirish imkonini beradi.  


Bu ham qiziq

Haj safariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Haj safariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘z…
12:58 / 27.05.2025
Ukraina Putinning vertolyoti “dronlar hujumi markazi”da bo‘lmaganini ma’lum qildi

Ukraina Putinning vertolyoti “dronlar hujumi markazi”da bo‘lmaganini ma’lum qildi

Avvalroq, Kursk viloyatiga tashrifi chog‘ida Putinning vertolyoti dron hujumga uchragani aytilgan edi.
10:03 / 28.05.2025
Namanganda 19 yashar yigit tiriklayin yonib ketdi

Namanganda 19 yashar yigit tiriklayin yonib ketdi

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda mashina va uning haydovchisi tiriklayin …
10:37 / 27.05.2025
XAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

XAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

Al Jazira nashri xabar berishicha, XAMAS AQShning 60 kunlik sulh va 10 asirni ozod qilish haqidagi taklifiga rozi bo‘lgan, a…
17:59 / 27.05.2025
O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2025-yil aprel oyi boshidagi davlat qarzini 42,4 milliard dollarga baholadi.…
18:41 / 28.05.2025
Markaziy bank avtomobil importining keskin pasayishi sabablarini tushuntirdi

Markaziy bank avtomobil importining keskin pasayishi sabablarini tushuntirdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2025-yilning birinchi choragi uchun pul-kredit siyosati bo‘yicha yangi ma’ruzasida mamlakat avtom…
19:46 / 26.05.2025
29-may uchun ob-havo ma’lumoti

29-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
22:27 / 28.05.2025
Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

U bu haqda Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
09:28 / 29.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi

Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi

26-may kuni Andijon viloyati Marhamat tumanida daraxt Cobalt avtomobili ustiga quladi.
10:59 / 27.05.2025
Isroil Muhammad Sinvarni yo‘q qilganligini tan oldi

Isroil Muhammad Sinvarni yo‘q qilganligini tan oldi

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu chorshanba kuni G‘azo sektoridagi XAMAS rahbari va harakatning eng ko‘p qidirilayotgan…
19:45 / 28.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!