$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

Jurnalistika sohasida tashqi va ichki axborot tahdidlari ta'siri kuchayib bormoqda

19:51 / 22.08.2019

2019-yil 22-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda “Milliy axborot makonini rivojlantirishda jurnalistika sohasining ustuvor vazifalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Biroq mazkur soha rivoji, yutuqlar qatorida fuqarolarning axborot huquqlari buzilishi bilan bog‘liq bir qator jiddiy muammolar vujudga kelishi hamda tashqi va ichki axborot tahdidlari ta'sirining kuchayib borishi davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarga ham o‘z ta'sirini o‘tkazmoqda.

Bugungi zamonning eng dolzarb muammolaridan biri internet tarmog‘i orqali nolegal, noxolis axborotlarning ommaviy tarqatilishidir. Eng xavflisi, balog‘at yoshiga yetmagan bolalar va yoshlar ham bunday noxolis axborotlarning iste'molchisiga aylanib qolayotganidir. Yoshlar rivojlanishining fiziologik va psixologik xususiyatlarini hisobga olganda, ular internet tarmog‘idagi qonunga xilof ravishda tarqatilayotgan axborotlarning qurboniga aylanmasligiga kafolat yo‘q.

Davra suhbati davomida bunday noxolis axborotlar tarqatilishiga qarshi kurashish jarayonida jurnalistika sohasining tutgan o‘rni, xususan, jurnalistlarning axborot makonida har turdagi zararli axborotlarni tarqatilishiga o‘z munosabatlarini faol bildirishi, qonun bilan berilgan vakolatlar doirasida jurnalist tekshiruvlarini o‘tkazish orqali obyektiv tahlil natijalarini jamoatchilikka yetkazishi muhimligi to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Shu bilan birga, turli davlat organlarining aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan harakatlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini ta'minlashni talab qilishi ta'kidlandi.


Bu ham qiziq

Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:47 / 14.05.2025
Surxondaryolik o‘smir YPX xodimini sudrab Cobalt avtomobilini olib qochishga urundi

Surxondaryolik o‘smir YPX xodimini sudrab Cobalt avtomobilini olib qochishga urundi

Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
19:25 / 13.05.2025
Andijonda fuqaroning elektrdan qarzdorligini yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan montyor ushlandi

Andijonda fuqaroning elektrdan qarzdorligini yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan montyor ushlandi

Andijon viloyatida elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berishini va’da qilgan ETK elektromontyori ushlandi.
18:01 / 14.05.2025
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etiladi

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etiladi

“Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokidagi “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat …
17:15 / 14.05.2025
Samarqandda tabiatga 137 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Samarqandda tabiatga 137 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Samarq…
15:43 / 14.05.2025
Trampning oilaviy biznesi bir oy ichida 2 mlrd dollar daromad qildi

Trampning oilaviy biznesi bir oy ichida 2 mlrd dollar daromad qildi

Тhe New York Times yozishicha, Donald Tramp prezidentlik lavozimiga qaytgach, uning oilaviy biznesi foyda ko‘ra boshladi.
11:02 / 15.05.2025
15-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi

15-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Harorat kechasi 22-24, kunduzi 37-39 daraja bo‘ladi.
02:30 / 15.05.2025
Futbolda tezlik bo‘yicha dunyo rekordi yangilandi

Futbolda tezlik bo‘yicha dunyo rekordi yangilandi

“Santa-Klara” o‘yinchisi futbol olamida jahon rekordini yangiladi.
10:17 / 15.05.2025
Nursulton Nazarboyevning rafiqasi vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

Nursulton Nazarboyevning rafiqasi vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

14-may kuni Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning turmush o‘rtog‘i Sara Nazarboyeva 84 yoshida vafot etg…
17:34 / 14.05.2025
Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz kirishi mumkin

Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz kirishi mumkin

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim kuchga kirishi uchun davlat ichk…
19:36 / 13.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!