$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Dunyoning 20 ta mamlakatida choy tayyorlash usullari 

23:03 / 10.10.2019

Choy – dunyoning ko‘plab mamlakatlarida sevib ichiladigan ichimlik. Yapon, rus va hatto misrliklar bu ajoyib ichimlikni tayyorlash uchun choy barglaridan foydalanadilar. U turli mamlakatda turlicha usulda tayyorlanadi va shu tufayli ham uning tashqi ko‘rinishi va ta’mi har xil bo‘ladi


1. Yaponiya

Mattya (matcha) – yaponlarning yashil choyi. Ushbu choy an’anaviy ravishda yapon klassik choy marosimida tayyorlanadi. Bugungi kunda matcha Yaponiyaning turli xil pishiriq, yashil choyli muzqaymoq va nonlarini tayyorlashda ham foydalaniladi.

2. Hindiston

Masala choyi (ziravorli choy) – u Hindiston ziravorlari va giyohlari aralashmasidan tayyorlanadi.

Masala choyini tayyorlashning qat’iy belgilangan usuli yo‘q. Ko‘pgina hind oilalarining o‘z retseptlari mavjud. Bu choyga shirinlik, sut va ziravorlar qo‘shib tayyorlansa, yanada mazali bo‘ladi.

3. Buyuk Britaniya

Angliyada peshindan keyin choy ichish odati mavjud bo‘lib, u 1840-yilda paydo bo‘lgan. Odatda choy soat 14:00dan 17:00gacha tayyorlab ichiladi. An’anaga ko‘ra, choy qaynatiladi va unga sut bilan shakar qo‘shiladi. Hozirgi vaqtda choy rasmiy ravishda tushdan keyin mehmonxonalarda yoki choy do‘konlarida damlanadi qiladi. Ko‘plab britaniyaliklar kundalik hayotda oddiy choyni iste’mol qilishni xush ko‘radilar.

4. Turkiya

Turk choyi odatda maxsus choynaklarda qaynatiladi. Katta pastki choynakka oddiy suv qaynatiladi. Keyin qaynoq suvning bir qismi yuqori choynakdagi bir necha osh qoshiq choy barglarini damlash uchun ishlatiladi. Qolgan suv choyni ta’bga ko‘ra suyultirish uchun ishlatiladi: achchiq yoki oddiy. Tayyor bo‘lgan choyga shakar solib, stakanlarda tortiq qilinadi.

5. Tibet

Tibetning choyi “chasuyma” deb ataladi. U xitoy pueridan tayyorlanadi va tibetliklarning kundalik ratsionida muhim o‘rin tutadi. Choyga sut, tuz va to‘ng‘iz yog‘i qo‘shiladi.

6. Marokash

Marokash choyining tarkibida yalpizning bo‘lishi uning asosiy xususiyatlaridan biridir. 

7. Gonkong

Gonkong an’anaviy choyi qora choy va sutdan (odatda quyultirilgan) tayyorlanadi. U sovuq holda ichiladi. 

8. Tayvan

Bubble Tea marvarid sutli choyi butun dunyoga mashhur bo‘lib, uning paydo bo‘lishi ham Tayvan bilan bog‘liq. Bu choy issiq yoki sovuq holda, shakar bilan qo‘shib iste’mol qilinadi.

9. AQSh

Shirin muzli choy amerikaliklarning hayotiy qonidir. Odatda yuqori darajada qaynatilgan Lipton choyi shakar, limon yoki mayinlik uchun bir chimdim soda qo‘shib tayyorlanadi.

10. Rossiya

Qadim zamonlardan beri Rossiya aholisi choyni samovarda qaynatadi. Ammo bugungi kunda zamonaviy odamlar choyni elektr choynakda qaynatib ichishni afzal biladi. Ruslar qora choyni sevib iste’mol qiladilar.

11. Pokiston

Pokistonliklar hindlar kabi qora choy, sut va ziravorlar yordamida tayyorlangan masala choyini iste’mol qiladilar.

12. Tayland

Taylandda qora choy ichiladi. U quyultirilgan sut va muzdan tayyorlanadi.

13. Xitoy

Xitoyliklar choyni juda yaxshi ko‘rishadi. Ushbu fotosuratda g‘isht yoki koptok shaklida o‘ralgan, stakanga solingan va ustidan issiq suv quyilgan sariq choy tasvirlangan.

14. Misr

Odatda misrliklar kun davomida quritilmagan qora choy ichadilar. 

15. Mo‘g‘uliston

Suutei tsai – bu an’anaviy mo‘g‘ul choyi bo‘lib, u sut va tuz qo‘shib tayyorlanib, sayoz idishlarda ichiladi.

16. Keniya

Keniyaliklar oddiy qora choy ichishni afzal ko‘rishadi.

17. Argentina

Argentinaliklar turmush o‘rtoqlari tayyorlagan choyni qadrlashadi. Ushbu yuqori kofeinli yashil choy tutuni o‘zidan xushbo‘y hid taratadi. Uni issiq yoki sovuq holda taqdim qilish mumkin.

18. Janubiy Afrika

Roybush – Janubiy Afrikaning yorqin qizil rangli choyi. Odatda sutsiz yoki shakarsiz taqdim etiladi. U tabiiy shirin va mayin ta’mga ega.

19. Malayziya

Teh tarik – an’anaviy Malayziya choyi. Uning tarkibi qora choy, shakar va sutdan iborat.

20. Quvayt

Quvayt choyi – kardamon va za’farondan tayyorlanadi.


Bu ham qiziq

“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi” – Ibrohim Aziziy

“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi” – Ibrohim Aziziy

Eron parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi rahbari Ibrohim Aziziy Trampning so‘zlariga javoban X ijti…
14:34 / 05.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Tehron va Karaj o‘rtasidagi Eronning V1 ko‘prigiga AQSh-Isroil hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi.
09:50 / 04.04.2026
Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!