Mashhur “Shrek” multfilmining yaratuvchisi Uilyam Steyg oʻz qahramonini fransiyalik professional kurashchi Morisa Tiyega qarab tasvirlagan.
Morisa 14 ta tilni mustaqil bilgan. Shaxmatni qoyilmaqom oʻynagan va boʻsh vaqtlarida sheʼrlar ham yozib turgan. Toʻgʻri, bir qarashda bu inson haybatli va ulkan kuchga ega boʻlib koʻrinsada, ammo u juda samimiy, kamtar inson boʻlgan. U 1903-yilda Uralda (Rossiya) fransuz oilasida tugʻilgan va 1917-yilda sodir boʻlgan inqilob tufayli Fransiyaga kelgan.
Morisa kamdan-kam uchraydigan kasallik - akromegali xastaligiga duchor boʻladi. Buning oqibatida suyaklar cheksiz oʻsa boshlaydi. U bu kasallik bilan umrining 20 yili davomida kurashadi va oxiri bu dunyoni tark etadi.
Shrek multfilmi haqidagi qiziq faktlar:
Rassomlar Fiona uchun “eng yaxshi soch turmagi”ni yaratishga 9 oy vaqt sarflashgan.
Etik kiygan mushukning “Men dushanbadan nafratlanaman” iborasi, mushuk Garfildning eng sevimli iboralaridan biridir.
Fiona yotoqxonasidagi devorda Jastin Timberleyk portreti “ser Jastin” yozuvi bilan osilgan.
Multfilim uchun 1250 turdagi rekvizit yaratilgan. Bu kompyuter multfilmi uchun rekord darajadir.
“DreamWorks” ularga qarshi daʼvo ishi ochmasligi uchun “Disney”dagilar ushbu animatsion filmni prokatga chiqarishdan oldin o‘ta sinchkovlik bilan oʻrganishadi.
Multfilimga ovoz bergan aktyorlar ish jarayonida biror marta ham bir-birlari bilan toʻqnash kelishmagan. Ular oʻz replikalarini alohida xonalarda oʻqishgan.
Shrek “eng yaxshi animatsion film” turkumidagi “Oskar”ning birinchi laureati hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!