$
12820.47 UZS
5.69
122.26 UZS
-1.24
13470.47 UZS
27.77
20° Kechasi

Shavkat Mirziyoyev xorijiy investitsiyalarni jalb qilish holati va kelgusi yilgi rejalar muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

20:27 / 27.11.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni xorijiy investitsiyalarni jalb qilish holati va kelgusi yilgi rejalar muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

O‘tgan 10 oyda mamlakatimizga 26 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya kiritilgan. Bu – o‘tgan yilga nisbatan 1,7 barobar ko‘p. Shundan qariyb 24 milliard dollari to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoyalardir.

Kiritilgan investitsiyalar hisobiga 6 ming 300 ta korxona ishga tushgan, ular 30 trillion so‘mlik qo‘shilgan qiymat yaratgan, eksport 305 million dollarga oshgan. Eng muhimi, bularning natijasida 163 mingta yuqori daromadli ish o‘rni ochilgan.

Noyabr-dekabr oylarida yana 8,6 milliard dollar investitsiya kelishi kutilmoqda.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda investitsiyalarning jalb etilishi hamda loyihalarning bajarilishi har bir hudud va tarmoq kesimida atroflicha tahlil qilindi.

Sakkizta tuman va shaharda investitsiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan. Ayrim tarmoqlarda o‘tgan yilga nisbatan kamaygan. Xalqaro moliya institutlari bilan amalga oshirilayotgan ba’zi loyihalar sust bormoqda. Xususan, 17 ta loyihada loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tender jarayonlari kechikkan.

Yig‘ilishda mutasaddilar yil yakunigacha kutilayotgan natijalar va 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar yuzasidan axborot berdi.

Prezident hududlarning investitsiyaviy faolligini yanada oshirish, bu boradagi yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish shartligini ko‘rsatib o‘tdi. Masalan, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki mamlakatimiz biznes muhitidagi ijobiy o‘zgarishlarni, iqtisodiyotimizning o‘sish sur’atlarini hisobga olib, xususiy sektor ishtirokidagi loyihalarni ham moliyalashtirishga tayyorligini bildirgan.

Hududlar bunday imkoniyatlardan unumli foydalanishi, mustaqil mablag‘lar ham jalb etishi kerak. Shu bilan birga, investitsiyalarning nafaqat hajmini, balki sifatini ham oshirish zarur. Ya’ni, jalb qilingan har bir dollar sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi lozim.  

Yig‘ilishda xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy davlatlardan mablag‘ jalb etish hajmlari va yo‘nalishlarini yana bir bor ko‘rib chiqish vazifasi qo‘yildi. 2025-yil uchun loyihalarni tarmoq va hududlar kesimida, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik va xususiy sarmoyalar yo‘nalishida aniq belgilab olish muhimligi ta’kidlandi.


O‘zbekiston


														
														Shavkat Mirziyoyev ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilishga doir davlat dasturini ma’qulladi

Shavkat Mirziyoyev ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilishga doir davlat dasturini ma’qulladi

Prezident ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilishga doir davlat dasturini ma’qulladi. Bu haqda Saida Mirziyoy…
21:47 / 27.11.2024

														
														Farg‘onada Damas kanalga qulab tushdi

Farg‘onada Damas kanalga qulab tushdi

Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
21:05 / 27.11.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev xorijiy investitsiyalarni jalb qilish holati va kelgusi yilgi rejalar muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev xorijiy investitsiyalarni jalb qilish holati va kelgusi yilgi rejalar muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

O‘tgan 10 oyda mamlakatimizga 26 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya kiritilgan. Bu – o‘tgan yilga nisbatan 1,7 ba…
20:27 / 27.11.2024

														
														O‘zbekistonning Chernogoriyadagi birinchi elchisi mamlakat prezidenti Yakov Milatovichga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Chernogoriyadagi birinchi elchisi mamlakat prezidenti Yakov Milatovichga ishonch yorliqlarini topshirdi

Prezident qarorgohida bo‘lib o'tgan marosimda tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati, ularni yaxshilash va …
19:39 / 27.11.2024

														
														Bug‘u ovchilari hayvonot dunyosiga 3 mlrd 375 mln so‘mlik zarar yetkazgan

Bug‘u ovchilari hayvonot dunyosiga 3 mlrd 375 mln so‘mlik zarar yetkazgan

Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar bermoqda.
14:45 / 27.11.2024

														
														Farg‘onada avtobusni majburan to‘xtatgan shaxs 5 sutkaga qamaldi

Farg‘onada avtobusni majburan to‘xtatgan shaxs 5 sutkaga qamaldi

Xabar yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.
13:50 / 27.11.2024

														
														Faol nuroniylar har oy 577 500 so‘m bilan rag‘batlantiriladi

Faol nuroniylar har oy 577 500 so‘m bilan rag‘batlantiriladi

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi p…
12:53 / 27.11.2024

														
														O‘zbekiston aholisi soni 37,5 mln kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi soni 37,5 mln kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi har oyda o‘rtacha 61,7 ming kishiga, har kuni 2 ming kishiga ko‘paymoqda.
12:27 / 27.11.2024

														
														Farg‘onada qimorxona tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘onada qimorxona tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi

Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
09:15 / 27.11.2024

														
														27-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

27-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 4-6, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.
03:57 / 27.11.2024

Bu ham qiziq

Abduqodir Xusanov “PSJ” nishonida

Abduqodir Xusanov “PSJ” nishonida

Fransiya nashriga ko‘ra, Xusanovning taxminiy narxi 20 million yevroga baholanmoqda.
20:28 / 26.11.2024
Ukraina ATACMS bilan Kursk-Vostochniy aerodromiga zarba bergan

Ukraina ATACMS bilan Kursk-Vostochniy aerodromiga zarba bergan

Ukraina ATACMS bilan Kursk-Vostochniy aerodromi va S-400 zenit-raketa divizioniga zarba bergan, buni Rossiya Mudofaa vazirli…
10:11 / 27.11.2024
Xitoyda sobiq bank xodimi pora olgani uchun o‘limga hukm qilindi

Xitoyda sobiq bank xodimi pora olgani uchun o‘limga hukm qilindi

Seshanba kuni Xitoy banki boshqaruvining sobiq raisi Liu Liange pora olgani va noqonuniy kredit berganligi uchun jazoni ikki…
11:03 / 27.11.2024
Shavkat Mirziyoyev ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilishga doir davlat dasturini ma’qulladi

Shavkat Mirziyoyev ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilishga doir davlat dasturini ma’qulladi

Prezident ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilishga doir davlat dasturini ma’qulladi. Bu haqda Saida Mirziyoy…
21:47 / 27.11.2024
Turkiyada yashirinib yurganlarni ushlash amaliyoti kuchaytiriladi

Turkiyada yashirinib yurganlarni ushlash amaliyoti kuchaytiriladi

Bu haqda Istanbul Bosh konsulxonasi ma’lum qilmoqda.
11:04 / 26.11.2024
Pokiston hukumati poytaxtga qo‘shin kiritgan

Pokiston hukumati poytaxtga qo‘shin kiritgan

Seshanba kuni Pokiston hukumati armiyani mamlakat poytaxti Islomobodga kiritishga qaror qilgan.
08:36 / 27.11.2024
Futbol mutaxassisi Muxtor Hoshimov vafot etdi

Futbol mutaxassisi Muxtor Hoshimov vafot etdi

Muxtor Muinovich Hoshimov 1948-yilda tavallud topgan.
12:27 / 26.11.2024
Farg‘onada Damas kanalga qulab tushdi

Farg‘onada Damas kanalga qulab tushdi

Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
21:05 / 27.11.2024
Bug‘u ovchilari hayvonot dunyosiga 3 mlrd 375 mln so‘mlik zarar yetkazgan

Bug‘u ovchilari hayvonot dunyosiga 3 mlrd 375 mln so‘mlik zarar yetkazgan

Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar bermoqda.
14:45 / 27.11.2024
Isroil va “Hizbulloh” o‘t ochishni to‘xtat bo‘yicha sulh tuzdi

Isroil va “Hizbulloh” o‘t ochishni to‘xtat bo‘yicha sulh tuzdi

Isroil Bosh vaziri Netanyaxu Livanda “Hizbulloh” bilan o‘t ochishni to‘xtatilishini e’lon qildi.
09:03 / 27.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!