Prezident ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilishga doir davlat dasturini ma’qulladi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi. Dastur milliy va xalqaro ekspertlar jamoasi tomonidan bir yilga yaqin vaqt davomidagi muhokamalardan so‘ng qabul qilindi.
“Ushbu hujjatga xalqaro klinik amaliyotlar asos qilib olingan. 30 yoshdan boshlab ayollar har 10 yilda inson papillomasi virusiga test topshirishi, 45 yoshdan 65 yoshgacha esa har 2 yilda mammografiyadan o‘tishi kerak bo‘ladi. Har bir ayol elektron ro‘yxatga kiritiladi va har qanday xavfli o‘zgarishlar aniqlanganda tizimda “yo‘qolib qolmaydi”. Dastur aniq harakatlar va davolash protokollarini o‘z ichiga olgan. Albatta, bu juda katta qadam va ushbu o‘zgarishlar jarayoni shaxsan o‘z nazoratim ostida bo‘ladi” – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!