Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida davlat xaridlarini hududlar kesimida va mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokida amalga oshirish imkonini beruvchi milliydokon.uzex.uz va emilliydokon.uzex.uz yangi savdo tizimida dastlabki shartnoma qayd etildi.
Xususan, 2020-yil 5-yanvar kuni OATB “Qishloq qurilish bank” Farg‘ona mintaqaviy filiali tomonidan 5 mingta plyonka qoplamalarini xarid qilish bo‘yicha 825 ming so‘mlik birinchi bitim tuzildi. Davlat xaridlari bo‘yicha elektron savdolar belgilangan tartibda 48 soat mobaynida byudjet buyurtmachilar uchun milliydokon.uzex.uz da va korporativ buyurtmachilar uchun emilliydokon.uzex.uz da o‘tkazilmoqda.
Davlat xaridlari bo‘yicha elektron savdolarda ishtirok etish uchun mahalliy tadbirkorlar www.xarid.uz davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida ro‘yxatdan o‘tishning o‘zi yetarli.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4544-son qaroriga muvofiq 2020-yil 1-yanvardan davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalidagi elektron do‘kon savdo maydonchasida buyurtmachilar tomonidan davlat xaridlarini hududlar kesimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida amalga oshirish imkoniyatini beruvchi qo‘shimcha sahifasi ishga tushirilgan.
Mavzuga doir:
Davlat xaridlarini hududlar kesimida amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yangi portal yaratildi
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!