Har oy “Motor” internet nashri qiziqarli xabarlar topish ilinjida avtomobil auksionlari va ijtimoy tarmoq oldi-sotdi bozorlarini o‘rganib chiqadi. Bu safar nashr sizga o‘z mashinalari bilan kelisha olmagan haydovchilarning 7 eng qimmat superkarlarini namoyish etadi.
Ferrari F430 Spider
Narxi: 19 900 Yevro
Sotuvchi: germaniyalik haydovchi
Avtomobil egasi ushbu suratga baho berishda o‘zining kamtarligini bekitib o‘tirmagan: “— Mashina avtohalokatga uchragan va yonib ketgan”. Haydovchi mashinaning xususiyatini keltirib o‘tayotganda unda Bluetooth, havo mo‘'tadilligini nazorat qilish qurilmasi, elektr quvvati bilan harakatlanadigan o‘rindiq, navigatsiya, tumanga qarshilik qilivchi yoritgichlar bilan jihozlanganligini ham qayd etgan. Aslida bu avtohalokatdan so‘ng ushbu qurilmalarni qaysi biri yarog‘li holda qolganligi noma'lum.
Porsche 911 Turbo
Narxi: 1 900 Yevro
Sotuvchi: germaniyalik haydovchi
Agar siz g‘ijimlangan temir bo‘laklarida 996 indeksi bilan 2001 yilda ishlab chiqarilgan Porsche 911 Turbo ni tanigan bo‘lsangiz, demak siz o‘zingizning avtomobillar vikipediyasini ochishingiz mumkin. Ushbu model aslida xavfsizlik nuqtai nazarida mukammal hisoblanmaydi. Suratda ko‘rib turganingizdek, mashinadan faqat g‘ildiraklar, pachoqlangan kuzov va ichki qismida avtomobil boshqaruv qurilmasi bor. 2 ming yevroga sotib olingan mashinadan siz o‘zingizga konditsioner bo‘laklari, o‘rindiqlarni isitish moslamasi va navigatsiya qurilmasini topishingiz mumkin. Hatto mashinani tiklash uchun harakat qilib ko‘rsangiz bo‘ladi. Agar erinmasangiz, albatta. Hisoblab chiqilsa balki tiklash uchun ketadigan mablag‘ga Porsche 911 Turbo S sotib olsa bo‘larkan. O‘ylab ko‘ring yana.
Jaguar F-Type
Narxi: 42 650 AQSh dollari
Sotuvchi: Sun Motor Cars (AQSh)
Ro‘yxatimizni oq rangli Jaguar F-Type davom ettiradi. Ko‘rinishidan ideal holatga yaqinroq ushbu avtomobil mashhur Bolalar guruhi repertuaridan joy olgan “U judayam yosh oyijon, yoshlarcha bebosh oyijon” qo‘shig‘iga judayam mos keladi. Superkar sotuvchisining aytishicha bu mashinada uning onasi sayirga chiqqan va ushbu holatda o‘g‘liga qaytarib bergan. Avtomobil faqatgina oldi qismini yo‘qotgan. Mashinaning boshqa joylari yaxshi saqlanib qolgan. Faqatgina 612 milni bosib o‘tgan 340 ot kuchiga ega. Avto ulov egasi bu “toychoqqa” 42 ming 650 AQSh dollari narx qo‘ygan. Amerika ichki bozorlarida ushbu mashinani siz yangi holatda 69 ming AQSh dollari evaziga harid qilishingiz mumkin.
Chevrolet Corvette
Narxi: 5 650 AQSh dollari
Sotuvchi: Sun Motor Cars (AQSh)
Bir umr o‘z garajingizda Chevrolet Corvette mashinasini bo‘lishini xohlaysiz, lekin siz ishlab topayotgan pulga faqat kredit evaziga “Logan” xarid qila olasiz. Aslo ortga chekinmang, sizda 2006 yilda ishlab chiqarilgan 400 ot kuchiga ega sariq rangli kupeni 5600 AQSh dollariga sotib olish imkoniyati bor. Biroq mashinaning hozirgi ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi. San Kalisto to‘fonidan omon chiqqan Corvette mashinasidan faqat tashqi kuzovning bir bo‘lagi omon qolgan.
McLaren MP4-12C
Narxi: 99 000 AQSh dollari
Sotuvchi: Sun Motor Cars (AQSh)
Bir necha o‘n yillikdan so‘ng eng kamnamo superkalar turkumiga kiradigan ushbu McLaren MP4-12C kupe 650 ot kuchiga ega. AQSh avto bozorlarida kupe 230 ming AQSh dollariga baholanmoqda. Siz ushbu superkarni 99 ming AQSh dollari evasiza o‘z garajingizga qo‘yishingiz mumkin. Mashinaning faqat oldi qismigina ta'mirga muxtoj. 2040 yilga borib siz ushbu ulovdan mo‘maygina daromad olishingiz mumkin. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
Dodge Viper
Narxi: 6 200 AQSh dollari
Sotuvchi: Copart Auto Auctions (AQSh)
Avtomobilning rasmiga qarab aslida qanday voqea yuz berganini surishtirishdan o‘zimizni tiydik. Mashina butunlay oldingi ko‘rinishi yo‘qotgan. Vayperni ta'mirlash 88 ming AQSh dollari, deb baholagangan. Agar ushbu narxga yana 15 ming qo‘shsangiz avtosalondan sizga 10 metr ham yurmagan Dodj yetkazib beriladi.
Haydovchi ushbu superkarga izoh bera turib uning saloni ximik va biologik jarohatlardan holi emasligini ta'kidlab o‘tgan.
Nissan GT-R
Narxi: 30 750 AQSh dollari
Sotuvchi: Salvage Auto Auctions (AQSh)
Yangi Nissan GT-R ayni damda Amerika bozorlarida 101 ming AQSh dollariga baholanmoqda. Rossiya bozorlarida ushbu avtomobilni 4 million 600 ming rubl evaziga xarid qilish mumkin. Suratda ko‘rib turgan yapon avtomobili xaridorlarga 31 ming AQSh dollari evaziga taklif qilinmoqda. Sotuvchining aytishicha, mashinani ta'mirlash uchun sizdan 61 ming AQSh dollari talab etiladi. Mashinaning “yuragi” ya'ni motor yaxshi holatda. Oldi kuzov ham xuddi yangidek, lekin orqa tarafdan qaralganda bu mashinani rostan ham ta'mirtalab ekanligi e'tiboringizni tortadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!