$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

Kun tarixi: Mercedes-Benz 134 yoshda

11:38 / 29.01.2020

Barcha avtomobilsozlarga yo‘lchi yulduz bo‘lgan afsonaviy brend bugun 134 yilligini nishonlamoqda. 
 
Brend tarixi

 Mercedes-Benz markasi butun dunyo avtomobil ishqibozlari uchun nafaqat eng taniqli, eng sifatli brendni anglatadi, balki “avtomobil” tushunchasini ham ifodalaydi. Bu haqiqat uning tarixiy ahamiyati bilan ham chambarchas bog‘liq: bundan roppa-rosa 134 yil avval nemis injeneri Karl Bens “benzin dvigatelli transport vositasi”ga rasman patent oldi.   
1886-yilning 29-yanvarida sodir bo‘lgan bu voqea nafaqat nemis, balki butun dunyo avtosanoatiga asos soldi. Aynan mana shu kun Bens familiyali nemis injeneri va novatori o‘zining ixtirosi – benzinli motor bilan harakatlanuvchi dunyoda birinchi avtoga № 37435 raqami ostidagi patentni olgan edi. 
Albatta, Bensning ixtirosi hozirgi zamonaviy avtomobillarning qiyofasidan katta farq qilardi: u to‘rt taktli dvigatelini uch g‘ildirakli velosipedga o‘rnatgandi.   
Xuddi shu yilning o‘zida, Bensga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan holda injener-konstruktor Gotlib Daymler ham o‘zining motor qo‘yilgan aravasini yaratdi. Daymler to‘rt taktli ichki yonuv dvigatelini bir slindrga yig‘di. Bu yangi texnologiyani ishlab chiqishda unga injener Vilgelm Maybax yordam bergan.  

Karl Bens, Gotlib Daymler va Vilgelm Maybax

Har ikkala injener hamkorlari va investorlari yordamida xususiy firma ochishadi. 1883-yilning oktabr oyida Bens Mangeymda Benz&Cie firmasini tashkil etdi. Daymler esa 1890-yilning noyabrida Daimler-Motoren-Gesellschaft (DMG) savdo markasiga asos soldi. 1901-yildan boshlab Daymlerning kompaniyasi o‘z avtomobillarini Mercedes savdo markasi ostida chiqarishni boshlaydi.  

Afsonaviy markaga avstriyalik biznesmen Emil Yellinkaning Adriana ismli qizining taxallusi – Mersedes nomi berildi. Uning otasi Monakoning faxriy vitse-konsuli bo‘lib, juda badavlat edi. Zamonaviy texnologiyalar bilan qiziqardi. Uning iltimosiga ko‘ra, 1897-yilda Gotlib Daymler transport vositasiga 6 ot kuchiga ega bo‘lgan 2 silindrli dvigatel o‘rnatadi. Loyiha muvaffaqiyat qozonganidan so‘ng u o‘shanday 4 ta dvigatelga buyurtma beradi va yaxshi foyda ko‘radi.

O‘sha Mersedes

Dastlabki “Mercedes” 1901-yilda ishlab chiqarilgan 35 NR modeli 35 ot kuchiga ega, 4 slindrli dvigatel bilan harakatlanardi. G‘ildiraklari keng, tortish markazi past va egilgan rul ustuniga ega edi. Og‘irligi 900 kilogramm. Soatiga 80 kilometr tezlikda harakatlanadi. Modelning dizaynini Vilgelm Maybax yaratgan. 

Mercedes-Benz 540K Coupe 1937 

Mercedes-Benz SS 1928 

Mercedes-Benz Typ "Stuttgart" '1926 

  Mercedes markali birinchi avtomobil

Germaniyada o‘tgan asr boshida eng mashhur bo‘lgan bu ikki ishlab chiqaruvchi kompaniya 1926-yilda birlashtiriladi. Bu birlashuv ularga urushdan keyingi og‘ir yillarni zarar ko‘rmasdan bosib o‘tishga va o‘z bizneslarini yana-da kengaytirishga imkon yaratdi. 
Birlashgan konsern “Daimler-Benz AG” deb ataldi, yana bir nemis konstruktori Ferdinand Porshe unga rahbarlik qila boshladi. Keyinchalik u yana bir afsonaviy brend – Porsche’ga asos soldi.  
Birlashgan konsern o‘z mahsulotlarini bitta umumiy nom –  eng mashhur mashina hamda o‘z asoschisi Karl Bens hurmati uchun Mercedes-Benz nomi ostida ishlab chiqara boshlaydi.    
Bens kompaniyasidan meros bo‘lib qolgan, atrofi gulchambar bilan o‘ralgan uch qirrali yulduz timsoli “Daimler-Benz AG” kompaniyasining ham logotipiga aylanadi. Keyinchalik gulchambar oddiy halqa bilan almashtiriladi va bu logotip hali hamon qo‘llanib kelinmoqda.

Mercedes kompaniyasi logotipi  

Bens va Daymler kompaniyalarining hamkorligi avtomobilsozlik sanoatidagi eng uzoq davom etgan hamkorlik sanaladi. Ularning bunday munosabati 1998-yilgacha yetib kelgan. K rusumi bu hamkorlikning ilk mevasi sanaladi. Ulardan keyin dizayneri Gans Nibel bo‘lgan Mercedes CCK va SSKL dunyo yuzini ko‘rgan. Nibel avtomobilning kabriolet turini va kuzovning rallilarga mo‘ljallangan bir qator modellarini taklif etgan. 
Dizel yoqilg‘ili birinchi modelning yaratilishi va ishlab chiqarilishi 1936-1940-yillarga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi Jahon urushi “Daimler-Benz AG”ni yo‘q qilib yuborishiga sal qolgan. Chunki urush davrida uning Shtutgart, Zindelfingen va Mangeymdagi zavodlari yakson bo‘lgandi. Natijada direktorlarning 1945-yildagi yig‘ilishidan keyin “Daimler-Benz” boshqa faoliyat yuritolmaydi, mazmunida ma’ruza ham tayyorlangan. Biroq “Daimler-Benz AG” barcha murakkabliklarga qaramay, juda tez oyoqqa tura oldi. 1947-yilda “170” modelini sotuvga chiqardi. Unga 3 litrli 6 slindrli dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, GFR federal kansleri Konrad Adenauer sharafiga yaratilgan edi. 
Urush yillaridan keyin yaratilgan avtoulovlar ichida 300 SL modeli alohida ajralib turadi. Bu urushdan keyin yaratilgan ilk sport avtomobili edi. Uning avtomobil yo‘llariga mo‘ljallangan turi 1954-yildan chiqarila boshlagan.  
1957-yilning mart oyidan Elvis Presli sharafiga yaratilgan 300 SL Roadster sotuvga qo‘yildi.  
70-90-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar ham brend obro‘sini yana-da ko‘tardi.  
1975-1986-yillarda xalq orasida “bochka” nomi bilan mashhur Mercedes W123 yaratiladi. 80-yillarda 190 modeli namoyish etiladi. Mashhur Mercedes W124ni ishlab chiqarish esa 1997-yilgacha davom etadi. Undan keyin bozorlarda W210 paydo bo‘ladi. 2002-yildan u W211, W212ga almashtiriladi. Aynan shu modellar E sinfiga kiradi.  

Mercedes-Benz W211

1998-yilda Mercedes Amerikaning Chrysler kompaniyasi aksiyalarini sotib oladi. Natijada Daymler-Bens uchun AQSh bozorlariga keng yo‘l ochiladi. Chrysler bilan kelishuv kompaniyaning azaliy nomini “Daimler Chrysler” deb o‘zgartirilishiga sabab bo‘ladi. Ularning hamkorligi deyarli 10 yil davom etadi. Chryslerning moliyaviy jihatdan yomon ahvolga tushib qolgani hamkorlikning darz ketishiga olib keladi. Amerika kompaniyasi aksiyalarini sotib yuborganidan keyin Daimler AG yana o‘zining asl nomiga qaytadi.  

Hozirda kompaniya Mercedes modelining A, B, C va E sinfiga mansub rusumlarini ishlab chiqarmoqda. Brendning zamonaviy avtomobillari o‘zining xavfsizligi bilan mashhur va hali hamon butun dunyoda eng obro‘li marka sifatida tan olinadi. Mercedes S Class hatto “eng chidamli avtomobil” sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga ham kiritilgan.

Mercedes-Benz 190SL Soft Top

134 yil avval olingan patent YUNESKOning “Dunyo xotirasi” dasturining bir qismiga aylanib qoldi. Mercedes-Benz Guttenberg Bibliyasi, Buyuk Xartiya, Baxning 9-simfoniyasi kabi mashhurlikka erisha oldi. Muhimi bu tasodifiy emas: Karl Bens va Gotlib Daymler ixtirolari harakatlanish vositalari olamida inqilob yasadi, insonlar uchun yangi imkoniyatlar eshigining ochilishiga sababchi bo‘ldi.   
Bugungi innovatsiyalar hamon 130 yil oldingi g‘oyalarga sodiq qolmoqda: xavfsizlik, komfort, samaradorlik va muvaffaqiyatga ishonch. Aynan mana shu g‘oyalar tufayli bu brend savdosi yil sayin oshib bormoqda.  
Mercedes-Benz reklamasi hamma vaqt o‘zining puxta o‘ylanganligi va ijodkorligi bilan ajralib turardi – brend hech qachon marketing uchun pulini ayamagan.   

Mercedes-Benz GLE Coupe 


Bu ham qiziq

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
17:34 / 29.06.2025
843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

Ular avtomobillarni arzon kredit yoki lizingda yetkazib berishni va’da qilgan. IIV guruhdan jabrlanganlarni 102 qisqa raqami…
17:54 / 30.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. “Chelsi” “Benfika”dan ustun keldi va 1/4 final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Chelsi” “Benfika”dan ustun keldi va 1/4 final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi “Benfika” — “Chelsi” uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqar…
09:30 / 29.06.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

“O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan A.A. Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi”, –…
17:00 / 28.06.2025
Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

YATTlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
16:50 / 30.06.2025
Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp, may oyi o‘rtalarida Suriyaning yangi yetakchisi Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuvi oldidan berg…
11:06 / 01.07.2025
Toshkentda IIO xodimiga pichoq bilan tajovuz qilgan shaxs ushlandi

Toshkentda IIO xodimiga pichoq bilan tajovuz qilgan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchi avvalroq boshqa bir fuqaroga tan jarohati yetkazgan.
15:01 / 28.06.2025
Andijonda jihodchilarning yashirin jamoasi aniqlandi

Andijonda jihodchilarning yashirin jamoasi aniqlandi

Joriy yilning may oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida jihodchilar diniy ekst…
11:57 / 28.06.2025
Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

“Joriy yildagi “Haj-2025” mavsumi davomida O‘zbekistondan 15 mingdan ziyod hojilarning Haj amallarini tartibli va namunali a…
12:17 / 01.07.2025
G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

Bu haqda Quds news network xabar berdi.
15:56 / 28.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!