$
12257.13 UZS
-92.74
146.69 UZS
-1.46
14434.00 UZS
-90.68
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: Jorj Vashington qanday qilib AQShning ilk prezidenti bo‘lgan?

11:40 / 07.01.2020

Bundan 231 yil avval AQShda birinchi marta prezidentlik saylovi o‘tkaziladi. 1789-yil 7-yanvar kuni Jorj Vashington bir ovozdan Amerika prezidenti etib saylanadi. U 100 foiz ovoz to‘plab hokimiyat tepasiga chiqqan tarixdagi yagona prezident. 

Джордж Вашингтон: интересные факты из жизни

1792-yili esa u ikkinchi marta mamlakat prezidentligiga saylanadi. U mazkur lavozimda faoliyat yuritayotganida eng avvalo AQSh Konstitutsiyasini tuzishga harakat qiladi. 

Xo‘sh, Amerika taqdirini o‘zgartirib yuborgan Vashington oddiy dehqon oilasidan prezidentlikka qanday kelib qolgan?

Plantatsiyalarga ekin ekish bilan shug‘ullandigan oilada tug‘ilgan Vashington 11 yoshida otasidan ayriladi. Onasi uning tarbiyasiga u qadar ahamiyat bermaydi. Lekin akasi Laurens Jorjning ta’lim olishiga alohida e’tibor qaratib ukasining yuksalishi uchun bor kuchi bilan harakat qiladi. 

Джордж Вашингтон: интересные факты из жизни

1752-yili akasining o‘limidan so‘ng Vernon tog‘i Jorjga meros bo‘lib qoladi. U Fransiyaga qarshi kurashilgan yeti yilllik urushda qatnashib o‘zini ko‘rsatadi, shu bilan u polkovnik darajasigacha ko‘tariladi. Shu orqali u siyosiy maydonda o‘zini tanitadi. 1758-1774-yillarda Vashington Virjiniya qonunchilik organida faoliyat olib borib, Buyuk Britaniyaning mustamlakachilik siyosatini tanqid qildi, Britaniya tovarlariga boykot e’lon qiladi.

Keyinchalik u Shimoliy Aerikada mustaqillik uchun bo‘layotgan kurashga boshchilik qiladi. Natijada u tinchlik shartnomasini imzolashga muvaffaq bo‘ladi. 
Mana shunday jonbozliklari sabab Jorj Vashington Amerika tarixidagi birinchi Prezidentga aylanadi. 

Популярность и непререкаемый авторитет Вашингтона обусловили его избрание на пост президента страны, который он занял 30 апреля 1789 г. В 1792 г он был единогласно переизбран на новый срок. На этом посту Вашингтон стремился претворить в жизнь конституцию, содействовал созданию органов управления, закладывал основы политического устройства США. В свое первое правительство Вашингтон включил лидеров противоборствующих политических группировок —республиканца Т. Джефферсона и федералиста А. Гамильтона. Были приняты и начали осуществляться разработанные Гамильтоном программы по стабилизации финансового и промышленного развития страны, расходившиеся с намерениями республиканцев. В отношениях с коренным населением Вашингтон полагался на военную силу, вынудив индейцев уступить многие территории. В ходе выступлений в 1794 г фермеров западной Пенсильвании, протестовавших против налоговой политики правительства («восстание из-за виски»), президент без колебаний силой подавил этот первый в истории страны вызов, брошенный государственной власти.

1793-yilga kelib Vashington tashqi siyosat sohasida betaraflikni e’lon qilgan holda AQShning Yevropa kuchlari qarama-qarshiligiga aralashmasligini aytadi. 1794-yili imzolangan Jey shartnomasidan keyin AQSh Britaniya bilan umuman urushmaydigan bo‘ladi. 1796-yil 19-sentabr kuni Vashington “Vidolashuv xati”ni e’lon qilib hokimiyat tepasidan ketadi. Va umrining so‘nggi yillarini Vernon tog‘ida oilasi bag‘rida o‘tkazadi. 

Vashington haqidagi qiziqarli faktlar
•  Vashingtonning o‘z farzandlari bo‘lmagan. Lekin u ayoli Martaning birinchi turmushidan bo‘lgan bolalarga yaxshi qaragan. 

•  Amerikaning birinchi prezidenti nafaqat taniqli siyosiy va harbiy arbob, balki mehnatsevar dehqon edi. U Vernon tog‘ida tinchlikda dehqonchilik bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘rgan. 

Джордж Вашингтон: интересные факты из жизни

•  Jorj Vashington diktator bo‘lganmi yoki monarx? Buni faqat uning zobitlari va kongressmenlari ko‘rishgan, ammo o‘sha vaqtdagi bosh qo‘mondonning fikricha hokimiyatni egallab olishning iloji yo‘qligi uchun u prezident lavozimini joriy qilishni taklif qildi. Shunday qilib, pragmatik siyosatchi AQShning zamonaviy siyosiy tizimini qurishga asos solgan.

•  Vashington AQShning eng boy prezidentlaridan biri bo‘lgan. Bugungi kun puli bilan hisoblanganda uning boyligi yarim milliard dollardan oshadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, siyosatchi hokimiyat tepasiga kelishining dastlabki yillarida hatto, maosh olishdan ham bosh tortgan, ammo keyin fikrini o‘zgartirgan.
•  AQShdagi 127 ta joy nomlari birinchi prezidentning ismi bilan bog‘liq. Ko‘chalar, maydonlar, o‘quv muassasalari va shaharlarga davlat arbobining nomi berilgan. 

Джордж Вашингтон: интересные факты из жизни

•  Jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lishiga qaramay Vashingtonning sog‘lig‘ida muammolar bor edi. U 20 yoshidan boshlab tishlaridan ayrila boshlaydi. Vaqt o‘tishi bilan u tish shifokori Greenwood tomonidan ishlab chiqarilgan maxsus protezlarni kiyishga majbur bo‘lgan.

Джордж Вашингтон: интересные факты из жизни

Nozima Rahmatova tayyorladi


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasinin…
09:19 / 21.09.2025
O‘zbekistonda to‘y va oilaviy tadbirlar qat’iy nazorat qilinadi

O‘zbekistonda to‘y va oilaviy tadbirlar qat’iy nazorat qilinadi

O‘zbekistonda “Oqilona iste’mol” (Save food) dasturini amalga oshirish doirasida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va mar…
17:25 / 21.09.2025
22-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-sentyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo…
15:54 / 21.09.2025
Zelenskiy Tramp bilan uchrashadi

Zelenskiy Tramp bilan uchrashadi

Bu haqda Ukraina u 19-sentyabr kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
11:28 / 21.09.2025
O‘rmon agentligi Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligida yong‘in yuz berganligini tasdiqladi

O‘rmon agentligi Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligida yong‘in yuz berganligini tasdiqladi

Avvalroq, Toshkent viloyati FVB shu haqidagi xabarlarni rad etgandi.
10:32 / 21.09.2025
Surxondaryoda 15 yoshli qiz turmushga berildimi?

Surxondaryoda 15 yoshli qiz turmushga berildimi?

Hozirda A.R. Denov tumanidagi kasb-hunar maktabida ta’lim olayotgan bo‘lib, uning huquqlari va ta’lim jarayoni mutasaddilar …
17:51 / 21.09.2025
Toshkentda mushukni qiynagan Xitoy fuqarosi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda mushukni qiynagan Xitoy fuqarosi 5 sutkaga qamaldi

Jamiyat bu ishni IIV, TIV va Xitoy elchixonasiga yetkazib, javobgarlik va deportatsiya talabini qo‘ygan.
11:07 / 22.09.2025
“Shuhrat” medali bilan taqdirlangan o‘qituvchi paxta dalasiga ixtiyoriy chiqqan

“Shuhrat” medali bilan taqdirlangan o‘qituvchi paxta dalasiga ixtiyoriy chiqqan

Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya shu masalada o‘rganish olib bordi.
10:03 / 22.09.2025
“Hizbulloh” yetakchisi Saudiya Arabistoniga murojaat qildi

“Hizbulloh” yetakchisi Saudiya Arabistoniga murojaat qildi

Nayim Qosim mamlakatni Isroilga qarshi musulmonlarning birlashgan frontini tashkil qilishga chaqirgan.
09:54 / 21.09.2025
Chexiya prezidenti NATO davlatlari chegarasini buzgan Rossiya samolyotlarini urib tushirishni taklif qildi

Chexiya prezidenti NATO davlatlari chegarasini buzgan Rossiya samolyotlarini urib tushirishni taklif qildi

Petr Pavelning aytishicha, alyans davlatlari o‘z havo hududiga Rossiya harbiy samolyotlari tomonidan sodir etilayotgan buzil…
16:17 / 21.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!