Bosh aylanishi – kasallik emas, turli kasalliklar natijasida kelib chiquvchi alomat hisoblanadi. Ushbu belgi katta yoshli bemorlar va ayollar orasida keng tarqalgan. Bosh aylanishi tibbiy shikoyatlar ichida bosh ogʻrigʻidan keyingi ikkinchi oʻrinda turadi.
Qanday holatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak:
• Koʻngil aynishi, qayt qilish va bosh ogʻrigʻi bilan kuzatilsa;
• Hushdan ketishga sabab boʻlsa;
• Bosh aylanishi bilan birga holsizlik, titrash, taxikardiya, koʻp terlash, havo yetishmasligi, koʻkrak sohasida ogʻriq yuzaga kelsa;
• Bosh aylanishi bir soatdan ortiq davom etsa;
• Mazkur holat kuzatilgan paytda tananing bir tomoni, yuz qismi va qoʻl-oyoqlarda taʼsirchanlik susaysa.
Ushbu alomatlar jiddiy kasallik belgisi boʻlishi mumkin va zudlik bilan shifokorga murojaat qilishni talab etadi.
Qanday tahlillar topshirish kerak?
• Kardiogramma
• Qon tahlillari (umumiy, biokimyoviy)
• Bosh va boʻyin tomirlari UTTsi
• Bosh miya MRTsi
Uy sharoitida qanday qilib birinchi yordam koʻrsatish zarur:
• Agar oʻtirgan joyingizdan birdan turgan vaqtingizda boshingiz aylanib ketsa, boshingizni old tomonga quyi solib, chuqur nafas oling.
• Oʻtirgan holatda tizzalarga tayaning, shu holatda bosh aylanishi oʻtib ketguniga qadar kuting.
• Oʻtirib oling va nigohingizni bir yerga qarating.
• Yuzingizni sovuq suvda yuving.
• Issiq va shirin choy iching.
• Oʻtirib turganda, yotgan holatdan tik turish vaqtida keskin harakat qilmang, oʻrningizdan asta-sekinlik bilan turishga odatlaning.
Bosh aylanishi doimiy ravishda takrorlansa yoki qoʻshimcha alomatlar bilan kechsa zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!