$
12037.21 UZS
43.68
159.62 UZS
1.1
14071.50 UZS
17.48
31° Kechasi 18°

“Oskar” olgan “Parazitlar” filmi haqida 9 ta qiziqarli ma’lumot

18:48 / 28.02.2020

Hammaning tilidan tushmayotgan filmni siz ham ko‘rgandirsiz, ehtimol. Keling, endi filmning suratga olinishi, bungacha qanday tayyorgarliklar bo‘lgani va ulkan muvaffaqiyati haqidagi faktlar bilan tanishamiz.

1. Ki-djon (Pak So-dam) ukasiga Yonso universiteti uchun hujjatlarini soxtalashtiradi. Bu Janubiy Koreyaning eng obro‘li universitetlaridan biri bo‘lib, film rejissyori Pon Chjun Xo shu yerda o‘qigan.

2. Pak oilasining uyi film suratga olinguniga qadar noldan qurilgan. Rejissyor Pon Chjun Xo uning tuzilishiga oid juda ko‘p chizmalar qiladi, ammo haqiqiy arxitektordan konsultatsiya olganida, “Hech qaysi ahmoq uyni bunday qurmaydi. Bu kulgili” degan javob oladi.

3. Qahramonlar yashiringan qahva stoli film uchun maxsus yaratilgan. Uning tagiga to‘rtta katta yoshli odam sig‘ishi ko‘zda tutilgan.

4. Filmda rol ijro etish uchun Chan Xe-djin (ona) 15 kilogramga semirishiga to‘g‘ri kelgan. Aktyor Chxve U-shik (repetitor) yoshroq ko‘rinish uchun 7 kilogramga ozgan.

5. Filming rasmiy oq-qora versiyasi mavjud.

6. Premyeragacha “Parazitlar”ni namoyish qilish huquqi 192 ta mamlakatga sotilgan, bu Janubiy Koreya filmografiyasida rekord ko‘rsatkich.

7. “Parazitlar” Kann festivalining oliy mukofotini olgan ilk Janubiy Koreya filmi bo‘ldi. Bu koreys kinosining yuz yilligida amalga oshdi. Premyeradan keyin tomoshabinlar tik holda 15 daqiqa davomida qarsak chalib turdi. 

8. “Parazitlar” – “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “Oskar” olgan ilk ingliz tilida bo‘lmagan filmdir. 

9. Film 77 kunda suratga olingan.


Bu ham qiziq

Sizning axborotingiz media maydonini “yorib kirishi” mumkin – Media haftalik ishtirokchisi bo‘ling!

Sizning axborotingiz media maydonini “yorib kirishi” mumkin – Media haftalik ishtirokchisi bo‘ling!

Navoiy viloyatida media sohasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan Media haftalik boshlandi.
11:36 / 04.05.2026
Eron Hormuz bo‘g‘ozida BAA tankeriga zarba bergani aytilmoqda

Eron Hormuz bo‘g‘ozida BAA tankeriga zarba bergani aytilmoqda

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Eronni Hormuz bo‘g‘ozida neft tankeriga hujum uyushtirishda aybladi. Bu haqda mamlakat Tas…
09:27 / 05.05.2026
Prezidentimiz bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti mutlaqo yangi rivojlanish davrini boshdan kechirayotganini ta’kidladi

Prezidentimiz bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti mutlaqo yangi rivojlanish davrini boshdan kechirayotganini ta’kidladi

Tarixan qisqa vaqt ichida mehnatkash va bunyodkor xalqimiz bilan murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik.
11:17 / 04.05.2026
O‘lim holatlarining katta qismi qaysi kasallikdan kelib chiqmoqda?

O‘lim holatlarining katta qismi qaysi kasallikdan kelib chiqmoqda?

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyoda qayd etilayotgan o‘lim va nogironlik holatlarining katta qismi infarkt hamda insult kasal…
11:31 / 04.05.2026
Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlaridan biridagi Kadastr bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqarodan 2 m…
09:25 / 04.05.2026
Samarqandda yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi yong‘in bartaraf etildi

Samarqandda yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi yong‘in bartaraf etildi

5-may kuni soat 11:13 da Samarqand shahar Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasid…
13:40 / 05.05.2026
Ro‘ziboyev UFC bilan nechta jangga shartnoma qilganini ochiqladi

Ro‘ziboyev UFC bilan nechta jangga shartnoma qilganini ochiqladi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev UFC bilan nechta jangga mo‘ljallangan shartnomaga ega ekanini ma’lum qildi.
09:05 / 05.05.2026
BAA OPEKdan so‘ng yana bir xalqaro tashkilotni tark etdi

BAA OPEKdan so‘ng yana bir xalqaro tashkilotni tark etdi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Arab neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OAPEK) safidan chiqdi. Bu haqda tashkil…
09:17 / 05.05.2026
Fermer 7,7 gektar yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘ldi

Fermer 7,7 gektar yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Angor tumanida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaligi rahbari xo‘jalikka tegishli 7,7 gektar yer maydonin…
08:57 / 05.05.2026
Tramp Janubiy Koreyani Hormuz bo‘g‘ozidagi AQSH missiyasiga qo‘shilishga chaqirdi

Tramp Janubiy Koreyani Hormuz bo‘g‘ozidagi AQSH missiyasiga qo‘shilishga chaqirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyani Hormuz bo‘g‘ozida AQSH boshchiligida olib borilayotgan “Ozodlik missiyasi”ga q…
09:53 / 05.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!