$
12017.04 UZS
26.78
160.63 UZS
-1.6
13712.64 UZS
-25.8
31° Kechasi 18°

Korxonalarning barqaror faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rib chiqildi

17:24 / 05.05.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish hamda tadbirkorlarni oʻylantirayotgan muammoli masalalarni hal etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, sanoatda mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanish, avval ishga tushirilgan korxonalarning barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash, ularning mahsulot ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish esa muhim vazifa boʻlib qolmoqda.

Taqdimotda turli sabablarga ko‘ra to‘liq quvvatda ishlamayotgan va tushumi kamaygan korxonalar faoliyatini oʻrganish natijalari koʻrib chiqildi. Bunday holatlar asosan toʻqimachilik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, neft-kimyo, elektrotexnika va boshqa tarmoqlarda kuzatilmoqda.

Ushbu toifadagi korxonalar faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillar orasida aylanma mablagʻ yetishmovchiligi, kommunal infratuzilma bilan bogʻliq masalalar, loyihalarning kechikishi, uskunalarning eskirgani, xomashyo zanjiridagi uzilishlar, mahsulotga talabning pasayishi kabi muammolar koʻrsatib oʻtildi.

Bu muammolarni hal qilish orqali korxonalarda ishlab chiqarishni tiklash va mavjud quvvatlarni toʻliq ishga solib, qoʻshimcha 65,6 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish imkoniyati borligi aniqlandi.

Shu bois, har bir korxona holatini alohida oʻrganib, ularni toʻliq quvvatga olib chiqish boʻyicha yangi tizim joriy etilishi belgilandi. Buning uchun mutasaddi idoralar va banklar ishtirokida Respublika shtabi tashkil etiladi. Shtab vakillari joylarga chiqib, ikki hafta muddatda korxonalar faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan masalalarni aniqlaydi va ularni joyida hal etish choralarini koʻradi.

Faoliyatini tiklash imkoniyati mavjud korxonalarga zarur kredit mablagʻlarini ajratish, aylanma mablagʻ bilan taʼminlash, infratuzilma va xomashyo masalalarini hal etish boʻyicha banklar va masʼul idoralar birgalikda ishlaydi.

Taqdimotda tijorat banklari balansidagi yirik mol-mulklar masalasiga ham eʼtibor qaratildi.

Bugungi kunda banklar balansida qiymati 10 milliard soʻmdan yuqori boʻlgan 70 ta mol-mulk mavjud. Mazkur aktivlarni iqtisodiyotga qayta jalb qilish, ularga investor topish va ishlab chiqarish maydonlariga aylantirish boʻyicha alohida mexanizmlar ishlab chiqilishi belgilandi.

Taqdimotda investitsiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan loyihalar faoliyatini hisobga olish va ularning natijadorligini baholash masalasiga toʻxtalib oʻtildi. 2021-2025-yillarda amalga oshirilgan qariyb 17 mingta loyiha natijasida ishga tushgan korxonalarning ayrimlari oʻz faoliyatini soliq va statistika hisobotlarida toʻliq aks ettirmayotgani koʻrsatib oʻtildi. Mutasaddilarga har bir loyihani oʻrganib, ularni soliqqa tortish va statistika hisobotlarida toʻgʻri aks ettirishni taʼminlash topshirildi.

Ishbilarmonlik muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan ayrim masalalar hamda ularning yechimi boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Xususan, tadbirkorlik subyektlarining peshlavhalari va brend belgilarini joylashtirish, umumiy ovqatlanish va savdo obyektlari uchun ayrim maʼmuriy talablar, mehnat munosabatlaridagi tartib-taomillar, naqd pulsiz toʻlovlar, soliq imtiyozlarini qoʻllash, moliyaviy jarimalar, tashqi iqtisodiy faoliyatdagi hujjatbozlik kabi masalalar muhokama qilindi.

Masalan, amaldagi tartibga koʻra, ayrim hollarda korxona nomi, faoliyat turi yoki savdo belgisi aks etgan peshlavhalar ham reklama sifatida baholanib, ular uchun alohida pasport rasmiylashtirish va toʻlovlarni amalga oshirish talab etilmoqda. Bu tadbirkorlar uchun qoʻshimcha maʼmuriy yuk boʻlishi bilan birga savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining tanilishi, mijozlar oqimi va tushumiga ham taʼsir koʻrsatmoqda.

Shu munosabat bilan tadbirkorlik subyektining nomi va faoliyat turi toʻgʻrisida binoga joylashtirilgan axborotni reklama sifatida baholamaslik va buning uchun tegishli pasportlarni rasmiylashtirishni bekor qilish taklif etildi. Reklamalar va boshqa axborot belgilarini joylashtirishga doir dizayn talablarini tadbirkorlar takliflarini inobatga olgan holda bosqichma-bosqich joriy etish, yuridik shaxslarga tegishli transport vositalariga oʻz savdo belgisini joylashtirish tartibini soddalashtirish tashabbusi ilgari surildi.

Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibini soddalashtirish, ayrim savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish obyektlari uchun ekologik ekspertiza hamda kompensatsiya toʻlovlari bilan bogʻliq tartiblarni yengillashtirish taklif etildi. Shuningdek, mehnat munosabatlarida ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi ayrim tartib-taomillarni aniqlashtirish taklif qilindi.

Raqamlashtirish va naqd pulsiz toʻlovlar yoʻnalishida aholi va biznes uchun qulaylikni oshirishga qaratilgan takliflar bildirildi. Xususan, ayrim tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish amaliyoti kengayib borayotgani bois, bank infratuzilmasi, komissiyalar va isteʼmolchilarga qaytariladigan keshbek tizimini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.

Jismoniy shaxslarning oʻz bank kartalari oʻrtasidagi pul oʻtkazmalarini komissiyasiz amalga oshirish, naqdsiz toʻlovlarni aholi uchun qulay boʻlgan shakllarini koʻpaytirish, umumiy ovqatlanish, alkogol, tamaki va yoqilgʻi sotish sohalarida xarid cheki boʻyicha hisoblangan keshbekni tezkor qaytarish imkoniyatini yaratish taklif etildi. Shu bilan birga, bank kartalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalarda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida joriy etilgan antifrod SMS-xabarnomalar boʻyicha xarajatlarni qayta koʻrib chiqish, mobil ilovalardagi xabarnomalar yoki biometrik identifikatsiya kabi muqobil yechimlardan foydalanish taklif qilindi.

Soliq maʼmurchiligi va moliyaviy jarimalar yoʻnalishida soliq imtiyozlarini qoʻllashda yuzaga kelayotgan nizoli holatlarni bartaraf etish, soliq qarzdorligi boʻyicha hisoblanayotgan penya asosiy qarz summasidan oshib ketmasligi boʻyicha normani joriy etish, chek bermaslik holati yuzasidan xabar yuborish tizimini suiisteʼmol qilish holatlarining oldini olish, QQS guvohnomasini toʻxtatish tartibini takomillashtirish ilgari surildi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni soddalashtirish maqsadida import jarayonida bir-birini takrorlovchi hujjatlarni qisqartirish, tadbirkorlarga xorijda savdo uylari, filial va vakolatxonalar ochish uchun qulayroq tartib yaratish, “Oʻzekspomarkaz” imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda milliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarda keng targʻib qilish boʻyicha takliflar bildirildi.

Davlatimiz rahbari tadbirkorlik uchun ortiqcha toʻsiqlarni kamaytirish, nazorat va tartibga solish mexanizmlarini soddalashtirish, raqamlashtirish jarayonlarini biznesga qoʻshimcha yuk emas, qulaylik yaratadigan vositaga aylantirish zarurligini taʼkidladi.

Mutasaddilarga mavjud sanoat quvvatlarini toʻliq ishga solish, korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda tadbirkorlar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda elektromobillar soni 109,2 mingtaga yetdi

O‘zbekistonda elektromobillar soni 109,2 mingtaga yetdi

2026-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda 109,2 mingta elektromobil ro‘yxatga olingan.
17:20 / 24.06.2026

														
														25-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

25-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:40 / 24.06.2026

														
														Toshkentda qalbaki 10 ming AQSH dollarini sotgan shaxs ushlandi

Toshkentda qalbaki 10 ming AQSH dollarini sotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritishga uringan shaxs qo‘lga olindi.
14:13 / 24.06.2026

														
														Soliq qo‘mitasi bank kartalaridagi yirik pul tushumlari bo‘yicha izoh berdi

Soliq qo‘mitasi bank kartalaridagi yirik pul tushumlari bo‘yicha izoh berdi

Soliq qo‘mitasi bank kartalariga kelib tushayotgan yirik mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar yuzasidan jamoatchilik orasida payd…
14:06 / 24.06.2026

														
														O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi etib tayinlangan Ashraf Xodjayev Efiopiya Prezidenti Taye Atske-Selassiyega is…
14:01 / 24.06.2026

														
														Andijon polkasi Ginnes rekordlari kitobiga kirish arafasida

Andijon polkasi Ginnes rekordlari kitobiga kirish arafasida

Andijon viloyati yana bir tarixiy madaniy voqeaga mezbonlik qildi. Viloyat markazida 20 ming nafar ishtirokchi qatnashgan ul…
10:56 / 24.06.2026

														
														“Bugun ham jamoam bilan faxrlanaman” — Fabio Kannavaro

“Bugun ham jamoam bilan faxrlanaman” — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Portugaliyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng futbolchilarining ha…
02:53 / 24.06.2026

														
														Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–115-son, 23.06.202…
17:47 / 23.06.2026

														
														24-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

24-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17:18 / 23.06.2026

														
														“Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir”, – Saida Mirziyoyeva

“Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir”, – Saida Mirziyoyeva

Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmi…
16:52 / 23.06.2026

Bu ham qiziq

Robaxon Maxmudova sudyalar hamjamiyati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlariga tanishtirildi

Robaxon Maxmudova sudyalar hamjamiyati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlariga tanishtirildi

Kecha, 22-iyun kuni Oliy sudning yangi raisi Robaxon Anvarovna Maxmudova sudyalar hamjamiyati hamda huquqni muhofaza qiluvch…
09:10 / 23.06.2026
Toshkentda qalbaki 10 ming AQSH dollarini sotgan shaxs ushlandi

Toshkentda qalbaki 10 ming AQSH dollarini sotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritishga uringan shaxs qo‘lga olindi.
14:13 / 24.06.2026
Ronaldo 6 ta jahon chempionatida gol urib, tarixiy rekord o‘rnatdi

Ronaldo 6 ta jahon chempionatida gol urib, tarixiy rekord o‘rnatdi

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu 6 ta jahon chempionatining har birida gol urdi va bu natijaga erishgan …
08:40 / 24.06.2026
O‘zbekistondagi avtotransport vositalari soni qariyb 5 millionga yetdi

O‘zbekistondagi avtotransport vositalari soni qariyb 5 millionga yetdi

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni 4 million 903,1 mi…
16:41 / 22.06.2026
Kolumbiyaning g‘alabasi O‘zbekistonning imkoniyatlarini saqlab qoldi

Kolumbiyaning g‘alabasi O‘zbekistonning imkoniyatlarini saqlab qoldi

Bugun, 23-iyun kuni 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Kolumbiya terma jamoasi Kongo DR ustidan…
09:21 / 24.06.2026
Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur narkotik moddalar Rossiya Federatsiyasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.
14:01 / 23.06.2026
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer iste’foga chiqishini e’lon qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer iste’foga chiqishini e’lon qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer mamlakat hukumati rahbari hamda Leyboristlar partiyasi yetakchisi lavozimidan iste’f…
16:58 / 22.06.2026
Toshkent metrosi 23-iyun kuni soat 01:00 gacha ishlaydi

Toshkent metrosi 23-iyun kuni soat 01:00 gacha ishlaydi

Ertaga, 23-iyun kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi turi doirasida O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalar…
14:21 / 22.06.2026
Ronaldo 6 ta jahon chempionatida gol urib, tarixiy rekord o‘rnatdi

Ronaldo 6 ta jahon chempionatida gol urib, tarixiy rekord o‘rnatdi

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu 6 ta jahon chempionatining har birida gol urdi va bu natijaga erishgan …
08:40 / 24.06.2026
“Shunday kunlar keladiki, hali Portugaliya O‘zbekistondan qo‘rqib maydonga tushadigan bo‘ladi” – Ravshan Ermatov

“Shunday kunlar keladiki, hali Portugaliya O‘zbekistondan qo‘rqib maydonga tushadigan bo‘ladi” – Ravshan Ermatov

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Portugaliyaga qarshi uchrashuvdagi yirik hisobl…
17:05 / 24.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!