$
12964.43 UZS
-30.16
158.28 UZS
0.6
14744.45 UZS
-17.4
17° Kechasi

Ish beruvchi bilan pul haqida qachon gaplashgan ma’qul?

23:06 / 24.02.2020

Ishga kirayotgan har bir xodim uchun qancha maosh olishi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Ammo birinchi suhbatning o‘zidayoq ish beruvchidan qancha oylik to‘laysizlar, deb so‘rash o‘rinlimi? Bu savolni qachon bergan ma’qul? “Robert Half” global konsalting firmasi tahlilchilari bu borada bir qancha foydali tavsiyalarni berib o‘tdi. Ularning fikricha, birinchi suhbatning o‘zida pul haqida so‘rash ish beruvchida ijobiy fikr qoldirmaydi... 

1. Sabrli bo‘ling
Robert Half’dagilar oylik maosh haqida telefonda suhbatlashayotganda yoki birinchi suhbatda ham gaplashish kerak emas, deb ta’kidlashadi. Negaki, bu bosqichlarda nomzod o‘zining professional mahoratini ko‘rsata olishi kerak. Ishning moliyaviy tomonlarini ikkinchi suhbat vaqtida muhokama qilish mumkin. Suhbat vaqtida bu haqda so‘rashdan avval siz ishga kirmoqchi bo‘lgan kompaniya haqida ma’lumotlarni ko‘proq bilishga harakat qiling. Bu sizning yangi ish joyiga qiziqayotganingizni ko‘rsatadi. Kompaniya haqida gap ketganda tajribali ish beruvchining o‘zi qancha maosh olishingiz to‘g‘risida so‘raydi. Savolga ham darrov javob berib yubormang: bunda aniq summani aytmang. 

Summani birinchi bo‘lib o‘zingiz ma’lum qilmang
Nomzod uchun eng yaxshi variant bu – oylik maosh miqdorini ish beruvchining o‘zi taklif qilishidir. Aynan mana shu summa siz va ish beruvchi o‘rtasida muhokama mavzusiga aylanishi mumkin. 

Ammo ayrim ish beruvchilar suhbatga kelgan xodimdan birinchi bo‘lib qancha oylik maosh olishni istashi haqida so‘rashga odatlanishgan. Bunday holatlarda siz istayotgan summaning taxminiy miqdorini ma’lum qilishingiz mumkin. Shunda ish beruvchi yanada aniqlik kiritish maqsadida aynan necha pul olishni istayotganingizni so‘raydi. Shunda siz “bu haqda sal keyinroq suhbatlashsak bo‘ladimi? Avvaliga kompaniyangiz va menga taklif qilmoqchi bo‘lgan ish haqida ma’lumot bersangiz. Shunga qarab, oylik maosh miqdori o‘zi ma’lum bo‘lib qolar edi”, qabilida chiroyli javob berish mumkin.

Oylik maosh haqida ma’lumot yig‘ing
Suhbatga borishdan avval o‘rtacha oylik ish haqida ma’lumotga ega bo‘lib oling. Bu haqida tanish-bilishlardan ham so‘rab olish zarar qilmaydi.  

Kelishishga harakat qiling
Suhbat vaqtida ish beruvchi sizga mos kelmaydigan, siz kutmagan ish haqi summasini ma’lum qilsa, darrov turib ketib qolmang. Robert Half mutaxassislarining aytishicha, ish beruvchi avvaliga oylik maoshning start miqdorini aytishi mumkin. Siz mana shu boshlang‘ich narx borasida muzokaralar olib borib, yagona bir to‘xtamga kelishingiz mumkin.   

Faktlarga suyanish
Har bir pozitsiyangizni fakt va dalillar bilan to‘ldirishga harakat qiling. Agar sizga ko‘ngildagidek oylik maosh taklif qilishmagan bo‘lsa, avvalgi ish joyida erishgan yutuqlaringiz, muvaffaqiyatlaringiz va shunga yarasha to‘langan maosh miqdori haqida so‘zlashingiz mumkin.

Aldashga urinmang
Ish beruvchini boshqa kompaniyalarning sizga taklif qilgan oylik maoshi haqida to‘qima gaplaringiz bilan laqillatishga urinmang. Yolg‘on baribir bir kun yuzaga chiqadi. Ish beruvchi bilan har qanday masalani chin va haqqoniy muhokama qilishga harakat qiling.  

Yozma ma’qullash
Oylik maoshingiz to‘g‘ri ko‘rsatilgan shartnomanigina imzolashni tavsiya qilamiz. Ish beruvchi bilan bir to‘xtamga kelganingizdan keyin oylik maosh va sizga yuklatilgan vazifalar qayd etilgan shartnoma, albatta, qo‘lingizga keladi. Unda qandaydir bir tushunarsiz holatlar bo‘lsa, bu haqida ish beruvchiga ma’lum qiling.


Bu ham qiziq

Qirg'izistonning sobiq prezidenti Atambayev aybdor deb topildi, biroq jazolanmadi

Qirg'izistonning sobiq prezidenti Atambayev aybdor deb topildi, biroq jazolanmadi

Qirg'izistonning Pervomay tumani sudi sobiq prezident Almazbek Atambayevni jinoyatchi Aziz Batukayevni qamoqdan ozod qilishd…
21:06 / 17.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish depar…
19:54 / 18.04.2025
O‘zbekistonning Bahrayndagi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Bahrayndagi elchisi tayinlandi

Ar-Riyod shahrida istiqomat qilayotgan Nodirjon Turg‘unov Bahrayn Qirolligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid Al-Za…
20:18 / 18.04.2025
Yangi Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik 20 gektarlik okeanarium quriladi

Yangi Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik 20 gektarlik okeanarium quriladi

14-aprel kuni Prezident Mirziyoyevga Yangi Toshkentdagi Chirchiq daryosi bo‘yidagi 20 gektar maydonda okeanarium qurish loyi…
09:51 / 18.04.2025
Kongoda kema yonib ketishi oqibatida 150 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Kongoda kema yonib ketishi oqibatida 150 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Agentlikning qayd etishicha, eski yog‘och kemalar qishloqlar o‘rtasida asosiy transport vositasi hisoblanadi va ko‘pincha be…
12:27 / 19.04.2025
O‘zbekiston va Ozarbayjon oziq-ovqat sanoatidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Ozarbayjon oziq-ovqat sanoatidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari Ozarbayjon Respublikasiga rasmiy tashrif bilan borishdi.
19:27 / 17.04.2025
18-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 18-20 daraja bo‘ladi.
22:03 / 17.04.2025
Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

2025-yil 18–22-aprel kunlari Toshkent shahrining Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaq…
20:57 / 17.04.2025
Savdo urushi fonida oltin narxi rekord darajaga yetdi

Savdo urushi fonida oltin narxi rekord darajaga yetdi

Oltin narxi yangi yuqori darajaga ko‘tarildi, chunki investorlar AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi oqibatlaridan xavoti…
10:35 / 19.04.2025
Toshkentda erkak bankni soxta qurolda oʻmarmoqchi boʻldi

Toshkentda erkak bankni soxta qurolda oʻmarmoqchi boʻldi

Toshkentda bank xizmatlari markaziga uyushtirilgan bosqinchilik harakati yuzasidan maʼlumot berildi.
08:41 / 19.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!