$
12020.48 UZS
4.52
158.77 UZS
-1.53
14048.33 UZS
-3.13
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: 607 yildan beri tillardan tushmayotgan Janna d’Ark jasorati haqida nimalar bilasiz?

12:43 / 06.01.2020

1412-yilning 6-yanvar sanasida oddiygina dehqon oilasida tug‘ilgan qiz chin ma’noda Fransiya qahramoniga aylangan. Bunga uning erkaklardan ham kuchli jasorati sabab bo‘lgan. U 17 yoshga to‘lganida qirol askarlariga qo‘shilib yurtini himoya qilish uchun jangga otlangan. Yuz yillik urushda Fransiya taqdirini butunlay yaxshi tomonga o‘zgarishiga sababchi bo‘lgan. 

Жанна д'Арк

Albatta, bunga uning oilasi qarshi chiqqan. Hattoki, otasi Jannaning urushga ketayotganini tushida ko‘radi, shunda uning tushida o‘g‘li – “Agar Jannani askar bo‘lgani uchun cho‘ktirib o‘ldirmasangiz, bu ishni o‘zim qilishga majbur bo‘laman”, degan ekan. 
Shunday muammolar bo‘lishiga qaramay, Janna tanlagan yo‘lidan qaytmaydi. Ajablanarli jihati shundaki, Janna fransuz emasdi. Chunki u tug‘ilgan Domremi qishlog‘i hududiy jihatdan Fransiya monarxiyasiga kirmagan. 

1429-yilning bahorida hech kim tanimaydigan Janna d’Ark Fransiya qirolligiga kelib, Karl VII’ni qirollikni qutqarish uchun yuborilganligiga ishontiradi. Oradan ikki oy o‘tib, Orleanni qutqarish uchun inglizlar bilan jang qilishga yuborilgan harbiy guruhning boshlig‘iga aylanadi. Shu bilan 1429-yilning may oyida 1428-yilning oktabr oyidan buyon qamalda qolgan Orleanni ozod qilishga muvaffaq bo‘ladi. Shundan so‘ng, unga Orlean qizi maqomi beriladi.  

Puatye yonida bo‘lgan jangdagi gʻalaba (1429-yil 18-iyun), Shampan grafligini ozod qilinishi uning obroʻsini yana-da oshishiga sabab boʻlgan. Janna Reymsni ozod qilib, valiahd Karl VII’ni Fransiya qiroli deb eʼlon qilgan va unga toj kiydirish marosimini oʻtkazgan (1429-yil 17-iyul). Janna d’Arkning oddiy xalq va askarlar oʻrtasidagi obroʻsi oshib ketishi qirol va saroy aristokratiyasiga yoqmaganligi sababli uni harbiy harakatlarga rahbarlik qilishdan chetlatgan. Kompen ostonalarida boʻlgan jangda Janna inglizlarga ittifoqchi boʻlgan burgundlar tomonidan asir olingan (1430-yil 24-may) va Burgundiya gersogi uni 10 000 livrga inglizlarga sotib yuborgan. 1430-yilning oxirida inglizlar Janna d’Arkni Ruan shahriga keltirib, cherkov sudiga topshirganlar. Cherkov sudi uni dahriylik va jodugarlikda ayblab, Ruanning markaziy maydonida yoqib yuborishgan.

maya 091015

Janna vafotidan keyin 5 yil o‘tar-o‘tmas unga bag‘ishlab yozilgan 20 500 dan ortiq she’rni o‘zida jamlagan ilk poema paydo bo‘lgan. Bundan tashqari, Shiller, Volter, Shekspir, Anatol Frans, Klodel, Bernanos, Bernard Shou va boshqalar u haqida turli hikoyalar yozgan. Chaykovskiy, Verdi, List unga atab musiqiy asarlar yaratgan. 

XIX asrda kashf etilgan asteroidga Janna d’Ark nomi berilgan.

Uning hayoti haqida hikoya qiluvchi 90 ga yaqin film suratga olingan. Ular orasida rejissyor Lyuk Besonning “Janna d’Ark” filmi katta shuhrat qozongan. Mazkur film ustida 1908-yildan boshlab 1999-yilgacha ishlangan. Natija ham shunga yarasha bo‘lgan. 

Bugun o‘qiganlaringiz Janna d’Ark haqidagi qisqa ma’lumotlar edi, xolos. Agar siz u haqida yana-da to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishni istasangiz quyidagi filmni tomosha qiling. 
 


Nozima RAHMATOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

Toshkent viloyatida narkolaboratoriya fosh etildi

Toshkent viloyatida narkolaboratoriya fosh etildi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bil…
09:27 / 27.04.2026
Yevroittifoq uchta tojik bankini “qora ro‘yxat”dan chiqardi

Yevroittifoq uchta tojik bankini “qora ro‘yxat”dan chiqardi

Yevrokomissiya Tojikistonning uchta banki — «Spitamen Bank», «Dushanbe Siti Bank» va «Kommersbank Tadjikistana»ni sanksiyala…
16:07 / 26.04.2026
28-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

28-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:00 / 27.04.2026
Toshkent viloyatida 63 ming dollar pora talab qilgan FVB rahbari qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatida 63 ming dollar pora talab qilgan FVB rahbari qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatida Favqulodda vaziyatlar tizimiga aloqador mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
14:11 / 26.04.2026
“Temur tuzuklari” ilk bor belarus tiliga tarjima qilindi

“Temur tuzuklari” ilk bor belarus tiliga tarjima qilindi

Temur tuzuklari asari ilk bor belarus tiliga tarjima qilinib, “Ulaženne Cjāmura” nomi ostida chop etildi.
12:08 / 25.04.2026
Eron g‘arbida maxsus operatsiyalar tafsiloti ochiqlandi

Eron g‘arbida maxsus operatsiyalar tafsiloti ochiqlandi

Eronning g‘arbiy hududlarida o‘tkazilgan maxsus operatsiyalar davomida jami 239 nafar shaxs qo‘lga olingani ma’lum qilindi.
19:54 / 25.04.2026
Trampga suiqasd qilgan erkak mehmonxonaga bir kun oldin joylashgani aniqlandi

Trampga suiqasd qilgan erkak mehmonxonaga bir kun oldin joylashgani aniqlandi

“Ushbu xonalardan birini o‘t ochgan 31 yoshli erkak band qilgan, u voqeadan bir kun oldin ro‘yxatdan o‘tgan, bu unga Hilton …
15:21 / 27.04.2026
Aholi oʻn sotixdan 250 million soʻmgacha daromad olishga oʻqitilmoqda

Aholi oʻn sotixdan 250 million soʻmgacha daromad olishga oʻqitilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida “Quva Agrostar” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
16:53 / 27.04.2026
Qo‘qon va Bekobodda noqonuniy tamaki va alkogol savdosi fosh etildi

Qo‘qon va Bekobodda noqonuniy tamaki va alkogol savdosi fosh etildi

Qo‘qon va Bekobod shaharlarida alkogol hamda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi aniqlanib, yirik miqdordagi mahsulotl…
11:03 / 26.04.2026
Samarqandda ikki nafar voyaga yetmagan qizga nisbatan zo‘ravonlik

Samarqandda ikki nafar voyaga yetmagan qizga nisbatan zo‘ravonlik

Toyloq tumanida voyaga yetmagan ikki nafar qizga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
13:40 / 26.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!