$
12060.55 UZS
-36.78
161.32 UZS
0.79
14183.21 UZS
-50.51
31° Kechasi 18°

16 ta tilni bilgan odamdan 10 maslahat

13:05 / 04.06.2019

Kato Lomb, mutaxassisligi kimyogar bo‘lishiga qaramay, dunyodagi ilk sinxron tarjimonlardan biri bo‘lgan va 8 ta tilga tez va ravon tarjima qila olgan. Jami 16 ta tilni tushungan va shuncha tilda ishlagan. U yashagan davrda ovozlar yozilgan audiodisk, skayp va til maktablari bo‘lmaganini ham e'tiborga olish kerak.

Foto: Pinterest

G‘aroyib jihati shundaki, Lomb tillarning ko‘pchiligini mustaqil o‘zlashtirgan. Bu jarayonda u xorijiy tildagi darslik va badiiy adabiyotlar bilan ishlagan. Uning yondashuvi asosini - «tilga to‘liq sho‘ng‘ish» tamoyili tashkil etadi. 

Kato Lomb tilni o‘rganish uchun samarali qoidalarni yozgan va o‘zining «Men tillarni qanday o‘rganaman» kitobida bayon qilgan. Xorijiy tillarni o‘rganayotganlar uchun mazkur qoidalar haqida o‘qish qiziq bo‘ladi:

1. Til bilan har kuni shug‘ullanish lozim. Vaqt yetishmaganida mutolaa yoki yangi jumlalarni takrorlash uchun hech bo‘lmaganda 10-15 daqiqa ajrating. Tongda shug‘ullanish ayniqsa samarali.

2. Agar tilni o‘rganish istagi juda tez kuchsizlansa, mashg‘ulotlarning shaxsiy algoritmini o‘ylab toping. Masalan, biroz mashg‘ulot, keyin esa – biroz musiqa, sayr uchun ozgina tanaffus. O‘qib-o‘rganishni tashlab qo‘ymang.

3. Nutq yoki asarning tugal parchasi – biz uchun hamma narsa. Hech qachon alohida so‘zlarni o‘rganmang, matndan maksimum darajada foydalaning. Masalan, «strong wind» iborasini yodda saqlagan bo‘lsangiz, so‘zlardan biri xotirada avtomatik tarzda ikkinchisini chaqiradi.

4. Tayyor iboralarni yozib olish va nutqda ko‘proq qo‘llashga harakat qilish ayniqsa foydali.

5. Ko‘zingiz tushgan barcha narsalar – reklama, qo‘shiqdan parcha, dialog, gazeta maqolalari nomlarini tarjima qiling. Miya va xotira uchun foydali mashg‘ulot.

6. Kichik matn va dialoglarni yodlash foydali. Biroq yuz foiz to‘g‘ri yodlash kerak.

7. Foydalanish uchun tayyor bo‘lgan ibora va so‘z birikmalarini yozib yuring va xotirangizda birinchi shaxs nomidan saqlang.

8 Har qanday xorijiy tilni izolyatsiya ko‘rinishida o‘rganib bo‘lmaydi. Qal'ani har tomondan ishg‘ol etgan ma'qul: film tomosha qiling, originaldagi adabiyot va gazetalarni o‘qing, internetda xorijliklar bilan muloqot qiling (Masalan, Kato Lomb rus tilini Gogolning «O‘lik qalb» va katta lug‘atni o‘rganishdan boshlagan).

9. Xatolardan emas, to‘g‘rilanmagan xatolardan qo‘rqing. Hech qachon, hech narsani tekshirilmagan holda qoldirmang. Yaxshisi, ikki marta aniqlashtiring.

10. Hech nimaga qaramay, tilni o‘rganishingizga ishonchingiz komil bo‘lsin. Miqdor sifatga yetib oladigan vaqt keladi va til to‘sig‘i «sinadi».


Bu ham qiziq

O‘zbekiston BMT komissiyasiga saylandi

O‘zbekiston BMT komissiyasiga saylandi

Nyu-Yorkda EKOSOS sessiyasi doirasida o‘tkazilgan saylovlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 2027–2029 yillar uchun BMTning Jinoy…
17:51 / 20.04.2026
Samarqanddagi Yoshlar sammiti

Samarqanddagi Yoshlar sammiti

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan global forum doirasidagi Yoshlar sammiti ishtirokchilaridan biri o‘z iliq taassurotlari bilan …
10:40 / 20.04.2026
Yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Yer munosabatlari sohasida qonunbuzilish holatlariga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo…
17:32 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib yubordi

Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib yubordi

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qilishicha, joriy yilning 15-aprel kuni Buxoro shahrida mast holda avto…
12:26 / 19.04.2026
Eron Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni yana kuchaytirdi

Eron Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni yana kuchaytirdi

18-aprel kuni Eron AQSh tomonidan davom ettirilayotgan dengiz blokadasi sababli Hormuz bo‘g‘ozi faoliyati yana cheklanganini…
09:45 / 19.04.2026
Oʻzbekiston Prezidenti JSST bilan hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi

Oʻzbekiston Prezidenti JSST bilan hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Jahon…
17:25 / 21.04.2026
Migratsiya agentligi samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

Migratsiya agentligi samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashqi mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish, fuqarolarni yuqori daromadli ish oʻrinlari…
17:32 / 20.04.2026
Saida Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida giyohvandlikka chalinganlarni davolash va reabilitatsiya qilish yo‘nalishida Jahon sog‘liqni saqlash tash…
12:17 / 21.04.2026
21-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

21-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo…
17:27 / 20.04.2026
Samarqandda muhim forum boshlanmoqda

Samarqandda muhim forum boshlanmoqda

Xabar berib borayotganimizdek, 2026-yil 20–21-aprel kunlari Samarqand shahrida xalqaro miqyosdagi muhim tadbir - “Jamoat sal…
09:19 / 20.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!