Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qilishicha, joriy yilning 15-aprel kuni Buxoro shahrida mast holda avtomobil boshqargan haydovchi yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1981-yilda tug‘ilgan haydovchi Chery rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotib, piyodalar o‘tish joyi yaqinida Lacetti avtomobilining orqa qismiga urilgan. Shuningdek, u yo‘ldan o‘tayotgan 2021-yilda tug‘ilgan bolani ham urib yuborgan.
Tibbiy tekshiruv natijasida haydovchi spirtli ichimlik ta’sirida avtomobil boshqargani aniqlanib, uning mastlik holati tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!