Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatida “qoʻlbola” spirtdan zaharlanish oqibatida 26 kishi halok boʻldi, 28 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Orenburg viloyati mintaqaviy va axborot siyosati vaziri oʻrinbosari Inna Averkova maʼlum qildi.
Viloyat gubernatori oʻrinbosari – sogʻliqni saqlash vaziri Tatyana Savinova qurbonlarning barchasi Orenburg viloyatining sharqiy tumanlari aholisi ekanligini taʼkidlagan.
Avvalroq, viloyatda 7-oktyabrga oʻtar kechasi soxta alkogoldan zaharlanish holatlari qayd etila boshlanganni haqida xabar berilgan edi.
Keltirilishicha, tergovchi va politsiyachilar tomonidan ombor va ishlab chiqarish obyektlaridagi 600 litrdan ortiq alkogolli suyuqlik musodara qilingan. Ushbu holat yuzasidan 6 ta jinoiy ish qoʻzgʻatilib, unga aloqador boʻlgan 6 nafar fuqaro hibsga olingan.
Oʻz navbatida, Savinova soxta tovarlar turli yorliqli plastik va shisha idishlarga quyib sotilish holatlari kuzatilganligi bois, aholini tergov yakunlanguniga qadar spirtli ichimliklardan voz kechishga chaqirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!