$
12800.13 UZS
-7.9
129.02 UZS
-1.13
13467.02 UZS
-145.35
10° Kechasi

Shavkat Mirziyoyev kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

21:19 / 14.11.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-noyabr kuni kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Davlatimizning ijtimoiy siyosatida sog‘liqni saqlash sohasi katta o‘rin egallaydi. So‘nggi yetti yilda bu tizimga ajratilayotgan mablag‘lar 6 karra oshirilgan. Oldin faqat Toshkentda bajarilgan 400 dan ortiq yuqori texnologik amaliyotlar bugun viloyat va tumanlarda ham o‘tkazilayapti.

Kasalliklarni erta aniqlash maqsadida onkologiya, endokrinologiya, kardiologiya markazlari hududlarda skrining tekshiruvlari olib borayapti. Masalan, 1 million 700 ming nafar ayol skrining qilinib, 49 mingida saraton oldi kasalliklari topilgan. Bu yil yarim yillikda 122 ming nafar aholida yurak qon-tomir va qandli diabet erta bosqichda aniqlangan.

Aholi salomatligini saqlash – uzluksiz jarayon. Sohadagi tahlil va talabdan kelib chiqib, muhim yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar tayyorlangan. Taqdimotda shular haqida so‘z bordi.

Ma’lumki, davolashdagi eng katta muammo – kasallikning kech yuzaga chiqishi. Shu bois Prezidentimiz tashabbusi bilan Qashqadaryoda, tajriba tariqasida, onkologiya bo‘yicha har bir erta aniqlangan holat uchun tibbiyot brigadalariga 2 million so‘mdan mukofot berish joriy qilindi. Natijada oilaviy shifokorlar o‘z mahallasidagi 51 nafar ayol va bolalarda shunday belgilarni aniqladi. Buning uchun 102 million so‘m mukofot puli berilib, kech bosqichda sarflanadigan 8 milliard so‘m mablag‘ tejalgan.

Tahlillarga ko‘ra, jami onkologik kasalliklarning o‘rtacha 20-25 foizi ayollardagi ko‘krak bezi va bachadon saratoniga to‘g‘ri keladi. Shu bois bu borada skrininglarni kengaytirish va ularning reyestrini yuritish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, gematologiya, kardiologiya, endkrinologiya kasalliklarini erta aniqlash va ularni davolash bo‘yicha uch yillik dasturlar bu yil yakuniga yetadi. Mutasaddilarga erishilgan natijalarni hisob-kitob qilib, ularning muddatini uzaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Tibbiyot muassasalariga markazlashgan holda dorilar xarid qilishda ham kamchiliklar bor. Ba’zi shifoxonalarda talabga nisbatan kam olingan bo‘lsa, ba’zilarida dorilar ortib qolgan.

Shu bois dori vositalari va tibbiy buyumlarni o‘n besh oylik talab asosida xarid qilish tizimi taklif etilmoqda. Bunda kelgusi yillar uchun ehtiyojlar 1-avgustdan kechikmasdan, Davlat byudjeti parametrlari bilan bir vaqtda shakllantiriladi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida “Xaridlar markazi” va uning 13 ta hududiy filiali tashkil qilinadi. Markazga 2025-yil 1-yanvardan boshlab, original dori vositalari va yopiq turdagi laborator uskunalar uchun sarflov vositalarini bevosita ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilishga ruxsat beriladi.

Yana bir taklifga ko‘ra, donorlarni qo‘llab-quvvatlash kengaytiriladi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni olganlarga bir yo‘la beriladigan pul mukofoti bazaviy hisoblash miqdorini 5 baravaridan 15 baravarigacha oshiriladi. Ularga jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi, davlat sihatgohlarida davolanish navbatsiz bo‘ladi.

Ushbu yangi tizim kelgusi yil 1-yanvardan joriy qilinishi belgilandi.

Mamlakatimizda sanitariya va fitosanitariya choralari bo‘yicha Jahon savdo tashkilotini xabardor qilish tartibini yo‘lga qo‘yish masalasi ham ko‘rib chiqildi.


O‘zbekiston


														
														Shavkat Mirziyoyev kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Aholi salomatligini saqlash – uzluksiz jarayon. Sohadagi tahlil va talabdan kelib chiqib, muhim yo‘nalishlar bo‘yicha taklif…
21:19 / 14.11.2024

														
														AQSh Registon maydonining restavratsiyasi uchun 500 ming dollar grant ajratadi

AQSh Registon maydonining restavratsiyasi uchun 500 ming dollar grant ajratadi

Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
18:23 / 14.11.2024

														
														Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi

Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi

Viloyat YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, YTH 14-noyabr kuni Samarqand shahrining “Kamoliddin Behzod” mahallasi hududidan o‘tuvchi …
15:05 / 14.11.2024

														
														Chirchiqda “Matiz”lar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Chirchiqda “Matiz”lar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 14-noyabr kuni soat 08:00 atrofida Toshkent viloyati Chirchiq shahar Alisher Navoiy ko‘chasida yo‘l-transport hodisas…
14:21 / 14.11.2024

														
														“Yil imomi” g‘olibiga Haj yo‘llanmasi topshirildi

“Yil imomi” g‘olibiga Haj yo‘llanmasi topshirildi

13-noyabr kuni Respublikamiz masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va noiblar ishtirokida “Yil imomi – 2024” ko‘rik-…
12:28 / 14.11.2024

														
														O‘rta Chirchiqda uch nafar shaxs giyohvand modda bilan ushlandi

O‘rta Chirchiqda uch nafar shaxs giyohvand modda bilan ushlandi

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida 22 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan uchta shaxs giyohvandlik vositalarini tarqatga…
11:45 / 14.11.2024

														
														Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlar orasida prokuratura xodimi ham bo‘lgan

Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlar orasida prokuratura xodimi ham bo‘lgan

Hozirda jinoyat ishi tergovi ustidan nazorat o‘rnatilgan.
11:13 / 14.11.2024

														
														Yunusobodda Captiva va Spark o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

Yunusobodda Captiva va Spark o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
09:51 / 14.11.2024

														
														14-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 1 daraja sovuq, kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.
22:50 / 13.11.2024

														
														Yunusobod tumanida ekskavator quvurga shikast yetkazishi natijasida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Yunusobod tumanida ekskavator quvurga shikast yetkazishi natijasida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Bu haqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.
20:26 / 13.11.2024

Bu ham qiziq

COP-29. BAA O‘zbekistonda shamol elektr stansiyasi quradi

COP-29. BAA O‘zbekistonda shamol elektr stansiyasi quradi

Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP-29 anjumani doirasida O‘zbekiston Energetika vazirligi va Birlashgan Arab…
10:31 / 13.11.2024
Milliy terma jamoa JCh saralashida ishtirokini davom ettiradi

Milliy terma jamoa JCh saralashida ishtirokini davom ettiradi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida 2026-yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida safarda Qatar va KX…
16:22 / 13.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga urinish bo‘ldi

Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga urinish bo‘ldi

Qirg‘iziston Respublikasi ichki ishlar vazirligining tezkor xizmatlari tomonidan hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish…
10:05 / 13.11.2024
Poytaxtda avtobuslar uchun qo‘shimcha yo‘laklar tashkil qilinadi

Poytaxtda avtobuslar uchun qo‘shimcha yo‘laklar tashkil qilinadi

Bu haqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
18:59 / 13.11.2024
Yunusobodda Captiva va Spark o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

Yunusobodda Captiva va Spark o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
09:51 / 14.11.2024
Turkiya Isroil bilan aloqalarni uzdi

Turkiya Isroil bilan aloqalarni uzdi

Turkiya Prezidentining qo‘shimcha qilishicha, mamlakat  kelajakda hamkorlikni rivojlantirish uchun hech qanday choralar ko‘r…
21:04 / 13.11.2024
Chirchiqda “Matiz”lar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Chirchiqda “Matiz”lar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 14-noyabr kuni soat 08:00 atrofida Toshkent viloyati Chirchiq shahar Alisher Navoiy ko‘chasida yo‘l-transport hodisas…
14:21 / 14.11.2024
Yunusobod tumanida ekskavator quvurga shikast yetkazishi natijasida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Yunusobod tumanida ekskavator quvurga shikast yetkazishi natijasida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Bu haqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.
20:26 / 13.11.2024
14-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 1 daraja sovuq, kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.
22:50 / 13.11.2024
Toshkentda yana 7 ta avtobus yo‘lagi joriy etiladi

Toshkentda yana 7 ta avtobus yo‘lagi joriy etiladi

Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar bermoqda.
11:10 / 13.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!