13-noyabr kuni Toshkent shahrida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ekskavator Yunusobod tumani 2-daha 40-uy yonidan o‘tgan o‘rta bosimli yer osti gaz quvuriga shikast yetkazishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan. Bu haqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.
Buning natijasida Yunusobod 2-dahadagi 47 ta ko‘p qavatli xonadon, 10 ta ulgurji iste’molchi, Yunusobod 3-dahadagi 26 ta ko‘p qavatli xonadon, 12 ta ulgurji iste’molchi va Malikov ko‘chasidagi 40 ta yerli xonadonda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!