Viloyat YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, YTH 14-noyabr kuni Samarqand shahrining “Kamoliddin Behzod” mahallasi hududidan o‘tuvchi A.Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Haydovchi F.S. boshqaruvida bo‘lgan ISUZU rusumli jamoat transportini boshqarib ketayotib, Samarqand shahar XTBga qarashli 12-sonli umumta’lim maktabi yaqinida yo‘lni kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan.
Yo‘l transport hodisasi oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan F.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!