$
12927.17 UZS
36.74
155.73 UZS
-0.31
14717.58 UZS
-3.29
31° Kechasi 17°

Xonadan kuyindi hidini qanday ketkazish mumkin?  

23:48 / 18.03.2020

Xonada yaqindagina kuyishdan paydo bo‘lgan hidni yelvizak paydo qilish, havosini tozalash, nam latta bilan hamma joyni artib chiqish orqali yo‘qotish mumkin. Tutun, tamaki, olov hidini limon po‘chog‘i, sirka, xushbo‘y o‘tlar, ziravorlar, lavr yaprog‘i, tuz, soda, qahva donalarini bir necha soat mobaynida suvda qaynatib qo‘yish orqali ham bartaraf qilsa bo‘ladi. Yong‘indan keyin xonadonni tartibga keltirish uchun, albatta, to‘la tozalash va jiddiy yig‘ishtirish, yengil ta’mirlash zarur. Mebellardan hidni yo‘qotishga Vanish, kafellarni tozalashga   “Belizna”, Comet Gel, Cillit Bang, linoleumlarni yaltiratishga Clean Home, Mr. Proper, deraza va oynalarni yuvishga esa Mr. Muscle, Frosch, Clin yordam beradi.

Tagiga olgan ovqatdan, mahalliy yonishdan, elektr jihozlari simlarining erishi tufayli paydo bo‘lgan hidlar birpasda mebel, parda, gilamlarga o‘tirib qoladi. Darrov derazani ochib, xonani shamollatish hamma vaqt ham hidni yo‘qotishga kor qilmaydi. Buning uchun kompleks choralarni qo‘llash kerak.  

Birinchi yordam
Yoqimsiz hidning manbasini aniqlagan zahoti tez va to‘g‘ri harakat qilish uydagi maishiy jihozlarni, buyumlarni saqlab qolishga asos yaratadi. Salgina hayallash narsalarning aslini yo‘qotishiga, ularga kuyindi o‘tirib, ketkazish qiyin bo‘lgan is singib qolishiga olib keladi.   

Xonani shamollatamiz
Agar noxush hid manbai oshxonada bo‘lsa, hid butun uy bo‘ylab tarqalmasligi uchun xonalar orasidagi eshiklarni tezgina yopish, keyin oshxona havosini tozalovchi moslamani yoqib, derazalarni ochib yuborish lozim. Yoqimsiz hidni tortib olishi uchun yopiq eshikka namlangan mato yoki katta sochiq ilib qo‘yiladi. 

Birinchi navbatda xonani shamollatish lozim
Butun xonadon bo‘ylab tarqalgan badbo‘y hidni yo‘qotish biroz murakkab.
Kuchli yelvizak hosil qilish lozim. Xonadon bo‘ylab kuchli havo oqimi aylanishi uchun barcha derazalar, eshiklar ochib tashlanadi. Bunday paytda ko‘cha salqin, nam yoki sovuq bo‘lsa yana-da yaxshi.   

Manbani yo‘qotamiz. Agar kuygan narsa uncha katta bo‘lmasa, uni polietilen xaltachaga solib qo‘yamiz. Hajmli narsalarni, agar uni qayta tiklashning imkoni bo‘lmasa, ko‘chadagi chiqindi qutisiga tashlab yuboramiz.
Havo oqimini kuchaytiramiz. Bu ishda konditsioner, ventilyator, havo tozalovchi moslama juda ham qo‘l keladi. 

Muhim! Ochiq, kuchli olov paydo bo‘lganida o‘z kuchimiz bilan o‘chirishni eplolmasak, yong‘in o‘chirish xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishimiz, deraza va eshiklarni yopiq qoldirishimiz (biroq qulflangan emas), tezlikda binoni tark etishimiz kerak.

Havo namligini oshiramiz
Xona namligining yuqoriligi anqiyotgan kuyindi hidini tezda yo‘qotishga hissa qo‘shadi. 
Yaxshi samaraga erishish uchun bug‘ generatoridan foydalangan ma’qul. Bundan tashqari, bir necha usullarni qo‘llash mumkin.
Yong‘indan zarar ko‘rgan xonalarga bir idishda sovuq suv qo‘yib,  yoniga nam sochiq ilib chiqiladi.  Qishki davrda nam sochiqni qizdiruvchi moslamalarga tashlab qo‘yilsa, nam tezda bug‘lana boshlaydi. Kuyindi hidi hammom yoki oshxonadan kelayotgan bo‘lsa, sovuq suv jo‘mragini ochib qo‘ygan yaxshi. Katta idishda qaynayotgan suvga xushbo‘yli giyohlar, ziravorlar solib yuborilsa, bug‘ bilan birgalikda yoqimli hid tarala boshlaydi.  

Nam tezkor-tozalash o‘tkazamiz 
Kuyindi hidini tezda yo‘qotishning eng oson usuli kuchli bo‘y taratuvchi vosita yordamida suvli tozalashdir. Pol maxsus suyuqlik yoki “Belizna” bilan yuviladi. Ho‘l latta bilan hamma yuzalar, mebellar artib chiqiladi. Shift ham esdan chiqmasligi lozim. 

Qo‘shimcha ekspress-choralar  
Noxush hid hamma narsadan ko‘proq kiyim-kechaklarga o‘tirib qoladi. Shuning uchun, hid tarala boshlagan zahoti uning manbasiga yaqin turgan sochiq, yostiq kabi narsalarni biror xaltachaga joylanib, og‘zi mahkamlab qo‘yiladi. Bu narsalarni toza jildlar bilan birga qo‘yish mumkin emas.  

Hamma narsalarni xaltachalarga yashiramiz 
Xonani shamollatish jarayonida pardalar burchakka yig‘ib, polietilen xaltacha bog‘lab qo‘yiladi. Kuyindi hidini ketkazishdan ko‘ra, g‘ijim bo‘lgan narsani tekislab yuborish oson.

Mebel ustiga ham namlangan katta choyshab yopish lozim. Nam choyshab hidni tortib oladi. Gilam va paloslarni yumaloqlab, tutundan asrash uchun ko‘chaga olib chiqqan yaxshiroq.
Muhim! Uydagi kuyindi hidini ketkazish uchun qo‘llaniladigan hamma chora-tadbirlar kuyish manbasi bartaraf etilgandan keyin boshlanishi lozim.  

Xalqona usullar va uyda mavjud vositalar
Quyuq tutun mebel qoplamalarida, gilamlarda, gulqog‘ozlarda juda o‘tkir hid qoldiradi. 
Yengil ta’mir o‘tkazish uchun dastlab xonadagi kuyindi hidini qahva, limon, xushbo‘y giyohlar, sirka, sitrus mevalar yordamida bartaraf etishga harakat qilish lozim.  

Sirka
Essensiya kuyindi hidni ketkazishga juda qulay. Biroq uni qo‘llaganda xonadan chiqib ketish kerak. Aks holda sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Sirkadan aralashma quyidagicha tayyorlanadi: 3 litr suvga 1 litr essensiya qo‘shib, olovga qo‘yiladi. Qaynab chiqqandan keyin olov pasaytirilib, kamida 2-3 soat qaynatib qo‘yiladi.  

Tuz, soda, faollashtirilgan ko‘mir
Bu narsalar taomning qozon tagida, tovada, plita tepasida kuyib qolgan qoldiqlarini ketkazish uchun juda qulay. Buning uchun tuz yoki soda kuyindi ustiga sepiladi va kechasi bilan qoldiriladi. 
 
10-15 oshqoshiq kukun va 1 litr suvdan tayyorlangan aralashma 12-14 soat qopqoqsiz idishda qoldirilsa, havodagi hid molekulalarini tortib oladi.  
Faollashtirilgan ko‘mir ham xuddi shu usulda ishlaydi, faqat uni maydalab, kukun holiga keltirish kerak.

Qahva donlari 
Qahva tabiiy dezodorant hisoblanadi, har qanday qo‘lansa hidni ketkizadi va xonani o‘ziga xos xushbo‘y hid bilan to‘ldiradi. Agar xonalarga butun yoki kukun holidagi qahva qo‘yib chiqilsa, 12-15 soatdan keyin yoqimsiz hiddan asar ham qolmaydi. 
Bundan ham tezroq usuli bor. 3 litr suvda bir uyum qahva 2-3 soat davomida past olovda qaynatib qo‘yiladi. Yuqori harorat tufayli qahva bu vaqt oralig‘ida butun xonadonni o‘z hidi bilan to‘ldiradi.

Xushbo‘y ziravorlar, lavr yaprog‘i 
Chinnigul va dolchin cho‘plari qaynatilganda o‘tkir, uzoq vaqt turuvchi yoqimli hidga ega bo‘lib qoladi. Tutunning hidini butunlay ketkazish uchun chinnigulning 20 tacha to‘pguli, dolchinning bir necha cho‘pi yoki lavr yaprog‘ining 10-15 donasi kerak bo‘ladi. Ular 1,5 litr suvda 1-2 soat davomida qaynatiladi.

Sitrusli suv 
Apelsin va limonning po‘stidan aroma-cho‘plar yasash mumkin. Eski taqsimchada qurib qolgan po‘st yoqilsa, kifoya qiladi. 

Apelsindan aroma – sham
Yoqimli hid beruvchi damlama tayyorlash uchun apelsinning yangi bo‘lakchalari kerak bo‘ladi. Ular qaynab turgan suvga tashlanadi va qaynash yana yarim soat davom ettiriladi.  

Nashatir spirti  
Ammiakdan (1 stakan), sirka, tuz (½ stakandan) va suv olib, devor, pol va shiftni kuyindidan tozalovchi aralashma tayyorlaymiz va hamma yuzani yaxshilab artib chiqamiz.  

Efir moyi 
Sitrus yoki ignabargli efir moylari havoda turib qolgan hidlarni tez yo‘qotadi. Bunda maxsus aroma- chiroqlar juda qo‘l keladi. Agar chiroy bo‘lmasa, moyni oddiy lampochkaga paxta yordamida surtamiz. Lampochka yonganida efir moyi qizib xushbo‘y hid tarata boshlaydi.  

Yong‘indan keyin xonani qanday qilib tartibga keltirish mumkin?  
Havoda turib qolgan yoqimsiz hidning manbai yirik yong‘in bo‘lgan bo‘lsa, unda hidni mana bu tartibda ketkazish mumkin:
maxsus kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni qo‘llovchi klining kompaniyalari;
mustaqil umumiy tozalash;
xonadonning umumiy ta’miri.

Yong‘indan keyingi oqibatlar
Zararlangan buyumlarning soniga qarab tozalash, yig‘ishtirish usullarini birlashtirish mumkin: 
yostiqlar, adyollar, mo‘ynalar kimyoviy tozalashga topshiriladi;
gilamchalar, yumshoq mebel, katta to‘shaklarni tozalash uchun klining kompaniyalaridan mutaxassislar chaqiriladi;  
osilib qolgan shift, gulqog‘ozlarning yongan qismi almashtiriladi;  
ichki va yengil kiyimlar, yumshoq o‘yinchoqlar yaxshilab yuvib, quritiladi;
kafel, zararlanmagan plastik derazalar, mebel va bo‘yalgan devorlar yuviladi.

Mustaqil umumiy tozalash algoritmi
Yong‘indan keyin xonadonni tozalash ishlari algoritmi oddiy umumiy tozalash ishlariga o‘xshab ketadi. Biroq bir necha o‘ziga xosliklarga ham ega bo‘ladi.
Imkoni boricha hamma narsa ochiq havoga olib chiqiladi: yostiqlar, to‘shaklar, gilamlar, pardalar, stullar... Yaxshilab qoqiladi, artiladi va shamollatiladi.

Kuygan va ta’mirlashning iloji bo‘lmaydigan nimaiki bo‘lsa (kiyim, maishiy texnika, mebel, idishlar, o‘yinchoqlar), ikkilanmasdan  chiqindi qutisiga tashlanishi lozim.
Gulqog‘ozlarning, pol va shift qoplamalarining yongan qismlari, xonalar orasidagi eshiklar olib tashlanadi. Qattiq yong‘indan keyin jiddiy ta’mirlash shart bo‘ladi. Iqtisod qilish maqsadida ayrim kuygan narsalar qoldirilsa, o‘zidan hid chiqarib, asabga ta’sir qilib turadi. 
Shuningdek, havoni tozalovchi vositalar, aroma-shamlar, kir yuvishga mo‘ljallangan xushbo‘y konditsionerlar sotib olinadi.  
 
Maishiy kimyo
Kuyindi hidini samarali ketkazish maishiy kimyoning sifatiga bog‘liq. Buning uchun  yuzalarning qandayligi va kirlanganlik darajasiga qarab tozalash vositasi tanlanadi.    
Yumshoq mebel, to‘shaklar, ustki kiyimlar, polga tashlanadigan gilamchalar sprey ko‘rinishidagi vanish, faol ko‘pik, quruq kukun yordamida tozalanadi.   
Qalin parda va pokrivallarni osh sodasi qo‘shilgan suvda bir necha marta yuvilishi va uzoq vaqt mobaynida ochiq havoda yoyib qo‘yilishi lozim.
 
Mikroto‘lqinli pechning hidiga bir necha qoshiq osh sodasi aralashtirilgan bir stakan bilan ketkazish mumkin. Buning uchun sodali suv solingan stakan ularning ichiga qo‘yib qaynatiladi. Qaynoq bug‘ hidlarni, dog‘larni ketkazadi. 

Xonaning umumiy atmosferasini tozalovchi vositalarni sepish bilan yaxshilash mumkin. Tumbochka, shkaflar ustiga qo‘yilgan aroma-shamlar ham tutundan qolgan hidni haydab, narsalarni yoqimli bo‘y bilan to‘yintiradi.   


Bu ham qiziq

Shukurullo Isroilovning mashinasini olib qochgan yigit 2 yilga qamaldi

Shukurullo Isroilovning mashinasini olib qochgan yigit 2 yilga qamaldi

Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
09:34 / 25.04.2025
O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarida 25 va 27−30 aprel kunlari yomg‘irlar yog‘ishi sabab sel kelis…
17:19 / 25.04.2025
Toshkent va Namangan viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Toshkent va Namangan viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar …
21:07 / 25.04.2025
FIFA O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi  Asilbek Aliyevni e’tirof etdi

FIFA O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi  Asilbek Aliyevni e’tirof etdi

Tashkilot rasmiy sahifasida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida porlagan 6 nafar futbolchi haqida maqola chop …
15:00 / 24.04.2025
Zilzila payti kuchli qo‘rquvga tushgan o‘zbekistonlik vafot etdi

Zilzila payti kuchli qo‘rquvga tushgan o‘zbekistonlik vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha zarur…
21:49 / 24.04.2025
Toshkentdagi mehmonxonada vafot etgan jurnalistning o‘limiga nima sabab bo‘lgan edi?

Toshkentdagi mehmonxonada vafot etgan jurnalistning o‘limiga nima sabab bo‘lgan edi?

Toshkentdagi mehmonxonada rossiyalik Inessa Papernaya va uning hamrohi vafot etgani bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari ya…
12:36 / 24.04.2025
“Tanzilandiya” bolalar bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi

“Tanzilandiya” bolalar bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi

“Tanzilandiya” xususiy bolalar bog‘chasi litsenziyasi Toshkent iqtisodiy sudining qarori bilan bekor qilindi. Ushbu qaror jo…
18:29 / 24.04.2025
“Rossiya tinchlik kelishuviga tayyor, lekin Zelenskiy bilan kelishish qiyin kechmoqda” — Tramp

“Rossiya tinchlik kelishuviga tayyor, lekin Zelenskiy bilan kelishish qiyin kechmoqda” — Tramp

AQSh prezidenti bu haqda Oq uyda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
11:15 / 24.04.2025
Hindiston va Pokiston chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Hindiston va Pokiston chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Hindiston armiyasi Pokiston tomonidan chegara postlariga o‘q uzilganini qayd etdi.
09:30 / 25.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!