Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari hamda respublika hududlaridagi savdo komplekslariga Qurbon hayiti arafasida narxlar barqarorligini ta’minlash muhimligi yuzasidan murojaat qildi.
Qo‘mita matbuot xizmatiga ko‘ra, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlariga talab keskin oshadigan ushbu davrda narxlarning asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek yetkazib beruvchilar tomonidan narx o‘zgarishlari, logistika xarajatlari va boshqa omillar haqida qo‘mitani tezkor xabardor qilib borish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar yuborilgan.
Shuningdek, yetkazib beruvchi va savdo tarmoqlari narxlarni sun’iy oshirish holatlarining oldini olish yuzasidan ogohlantirildi.
Raqobat qo‘mitasi ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida zarur choralarni davom ettirishini bildirdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Qurbon hayiti 27-may kuni nishonlanadi. Bayram munosabati bilan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bemor bolalar uchun murakkab operatsiyalarni amalga oshirish hamda og‘ir kasallikka chalingan fuqarolarni davolash uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!