Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro S.Q. va X.A. to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida S.Q.dan 396 dona, X.A.dan esa 199 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Ma’lum qilinishicha, S.Q. avval ham sudlangan.
Shuningdek, Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.N. va T.P. kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi. Ular fuqaro D.X.ga 20 dona “Regapen” nomli dori vositasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Tadbir davomida ulardan jami 34 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan. A.N.ning ham muqaddam sudlangani qayd etildi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!