$
12482.38 UZS
69.4
155.23 UZS
0.95
14540.72 UZS
154.08
38° Kechasi 21°

Senat “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunni ma’qulladi 

13:16 / 14.12.2019

Senat a’zolari “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, ma’qulladi. 

Bugun bo‘lib o‘tayotgan Oliy majlis qonunchilik palatasining yigirma beshinchi yalpi majlisida O‘zbekistondagi investitsiya faoliyati yigirma yil avval qabul qilingan va hozirgi zamon talablariga javob bermaydigan qonunlar bilan tartibga solinayotgani ta’kidlandi. 

Bundan tashqari, O‘zbekistonda investitsiya munosabatlarining katta qismi boshqa tarmoqlarga doir qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Investitsiyaga oid qonun hujjatlari normalarining tarmoqlar bo‘yicha taqsimlab yuborilganligi uning huquqni qo‘llash amaliyotini murakkablashtirishi tilga olindi. Shuningdek, bu investitsiyaga oid qonun hujjatlarining samaradorligini pasaytirishi, mamlakat iqtisodiyotining rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aytildi. 

 “Shu munosabat bilan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun ishlab chiqilib, u O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tizimiga yagona birlashtirilgan hujjat sifatida kiritiladi. Bunda Qonunda tayanch tushunchalar joriy etilib, unda mazkur sohada foydalaniladigan asosiy tushunchalar ochib berilmoqda”, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi
 

Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabarida. 

Shuningdek, qonuniylik, oshkoralik va ochiqlik, investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi, adolatlilik va investitsiya faoliyati subyektlarining tengligi, investorlarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi – investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari ekanligi aytib o‘tildi. Investitsiyalarning aniq maqsadiga ko‘ra turlari belgilanib, u kapital, moliyaviy va ijtimoiy turlarga bo‘linadi. 

Belgilanishicha, pul mablag‘lari (shu jumladan chet el valyutasi) va boshqa moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan, kreditlar, paylar, ulushlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, ko‘char va ko‘chmas mol-mulk hamda boshqa obyektlar investitsiya resurslari jumlasiga kiradi.

Bundan tashqari, Qonunda investorning, investitsiya faoliyati ishtirokchisining huquqlari, majburiyatlari, investitsiya faoliyati subyektlarining huquqiy kafolatlari mustahkamlanmoqda. 

Qonun qabul qilinishi investitsiya makoni yaxlitligini, mamlakat va xorijiy investorlar huquqiy rejimi tengligini, O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyati subyektlarining iqtisodiy faoliyati erkinligini ta’minlashi va O‘zbekiston investitsiya bozori samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratishi ta’kidlandi. 


Bu ham qiziq

Samarqand viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Samarqand viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi(o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari …
22:11 / 28.08.2025
600 yillik noyob eksponat O‘zbekistondagi muzeyga olib kelinadi

600 yillik noyob eksponat O‘zbekistondagi muzeyga olib kelinadi

Eksponatda Temuriylar davriga oid san’at namunasi shakllangan
18:53 / 28.08.2025
AQShdagi maktabda sodir bo‘lgan otishmada 8 va 10 yoshli bolalar halok bo‘ldi

AQShdagi maktabda sodir bo‘lgan otishmada 8 va 10 yoshli bolalar halok bo‘ldi

CBS News’ning xabar berishicha, Minneapolis shahrida joylashgan katolik maktabidagi otishma 27-avgust mahalliy vaqt bilan so…
11:28 / 28.08.2025
O‘zbekiston xalqaro tinchlik indeksida 67-o‘rinni band etdi

O‘zbekiston xalqaro tinchlik indeksida 67-o‘rinni band etdi

Global Peace Index 2025 natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 163 davlat orasida 67-o‘rinni egallab, o‘tgan yilga nisbatan 2 pog‘o…
13:08 / 28.08.2025
Frank Riberi “Oltin to‘p” haqida: “Murakkab savol. Lekin bu yil sovrinni qo‘lga kiritishga Dembele haqli”

Frank Riberi “Oltin to‘p” haqida: “Murakkab savol. Lekin bu yil sovrinni qo‘lga kiritishga Dembele haqli”

“Hilton” mehmonxonasida Jahon futboli afsonalari bilan uchrashuv o‘tkazildi
22:08 / 27.08.2025
Qamchiq dovonidagi 2 ta avariyada 3 kishi vafot etdi

Qamchiq dovonidagi 2 ta avariyada 3 kishi vafot etdi

Bu haqda Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
17:51 / 28.08.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyiga asos soldi
18:30 / 27.08.2025
O‘tgan yarim yilda savdo xizmatlarini ko‘rsatish hajmi 11,7 foizga o‘sdi

O‘tgan yarim yilda savdo xizmatlarini ko‘rsatish hajmi 11,7 foizga o‘sdi

Bu borada Statistika qo‘mitasi ma’lumotlarni ochiqladi
23:01 / 28.08.2025
Hindistonda uyning qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda uyning qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

PTI agentligining xabariga ko‘ra, Hindistonda to‘rt qavatli bino qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan.
11:21 / 28.08.2025
Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi
21:37 / 28.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!