13-avgust sanasi butunjahon chapaqaylar kuni sifatida 1976-yildan buyon nishonlab kelinadi. Chapaqaylar Yer aholisining 15%ini tashkil qiladilar.
• Chapaqaylikka sabab boʻladigan omillar bir nechta. Ulardan asosiysi – irsiyatdir. Chapaqaylik avloddan avlodga gen orqali oʻtadi. Chapaqaylik geni ilk marta 2008-yilda kashf qilingan.
• Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, chapaqaylar matematika va arxitektura yoʻnalishlarida oʻnaqaylarga nisbatan qobiliyatliroq boʻlishadi. Ularning ogʻzaki nutqlari ham koʻp hollarda juda chiroyli ekani bilan ajralib turadi.
• Chaqaloqlar va yosh bolalar aksariyati harakatlarni bajarishda koʻproq chap qoʻllaridan foydalanishadi. Uning chapaqay yoki oʻnaqay ekanligini bola 5 yoshga kirgandan keyingina aniq bilsa boʻladi.
• Chapaqaylar oʻng qoʻlda yozishni juda tez oʻrganishadi. Oʻnaqaylar esa chap qoʻlda yozishni osonlikcha oʻrgana olishmaydi.
• Qadimda chapaqaylikka kamchilik sifatida qaralgan. Aytishlaricha, Janna dʼArkning gulxanga tashlanishida uning chapaqay boʻlgani ham muhim rol oʻynagan. Qadimgi Yaponiyada esa erkaklar rafiqalari chapaqay ekanligini bilib qolsalar, u bilan darhol ajrashganlar.
• Afrikadagi ayrim qabilalar bugungi kunga qadar chapaqaylarni oshxonaga yaqinlashtirishmaydi. Ularni kundalik ishlarni bajarish jarayonida chap qoʻldan foydalanmasliklari uchun mana shu qoʻlga atayin jarohat yetkazishadi yoki kuydirishadi.
• Odamlar orasida aslida chapaqay boʻlib tugʻilgan, ammo bolalikdan ishlarni oʻng qoʻl bilan bajarishga oʻrgatilgan insonlar ham bor. Ammo, ular stressga tushgan vaqtlarida beixtiyor chap qoʻllarini faolroq ishlata boshlaydilar. Bu “yashirin chapaqaylik” deb ataladi.
• Ota-onaning har ikkisi oʻnaqay boʻlgan holatda bolaning chapaqay boʻlib dunyoga kelishi ehtimoli 2 % ni tashkil qiladi. Ota-onalardan biri chapaqay boʻlsa, bu ehtimol 17%, har ikkisi ham chapaqay boʻlsa 46 % ni tashkil qiladi.
• Chapaqay bolalarni oʻng qoʻldan koʻproq foydalanishga majburlash ularning ruhiyatiga jiddiy zarar yetkazishi isbotlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!