Madaniyatli odamlar o‘zini tiya bilishi va xulqini boshqara olishi bilan farqlanadi. Ammo shved stoli qarshisida bu osonmas – hamma narsadan yeb ko‘rging kelaveradi. Biroq ishtahangiz karnay bo‘lsa ham, o‘zingizni tuta olishingiz muhim. All Inclusive restoranlarda yozilmagan etiket qoidalarining bir nechtasi bilan tanishtiramiz.
Mos kiyining
Ko‘pchilik sayyohlar tushlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri sohildan ochiq kiyimlarda va shippaklarda keladi, ba’zilari hatto ho‘l cho‘milish kiyimida. Bu atrofdagilarga yoqmaydi. Shunday ekan, mehmonxonadagi qo‘shnilarga hurmat yuzasidan “tuzukroq” kiyinib olamiz.
Shoshilmang
Fermada jo‘jalarga ozuqa berilganida ular bir-birini itargancha, birinchi bo‘lib ovqatga tashlanishga intiladi. Ammo biz odamlarmiz va parrandalarga o‘xshamaslikka harakat qilishimiz lozim – hammaga ovqat yetarli, shunday ekan, ozroq kutamiz va tanlagan ovqatimizning oldi bo‘shashini kutamiz. Shuningdek, bolalaringiz zal bo‘ylab yugurishiga, likopcha ko‘tarib yurgan mehmonlarga xalal berishiga yo‘l qo‘ymang.
Me’yorga amal qiling
Turli-tuman ovqatlar bo‘lsa-da, hamma narsani yeyishning iloji yo‘q, bukib ovqatlanish esa salomatlikka zararligini bilasiz. Organizmingizga quloq soling va likopchaga aniq yeya oladigan narsalaringizni ko‘p bo‘lmagan miqdorda soling. Yana yegingiz kelib qolsa, qo‘shimcha olishga kelishingiz mumkin, lekin ovqatni chala yemang.
Baland tovushlardan qoching
Tushlik – sukut saqlash va ovqatdan bahramand bo‘lish vaqti: nima yeyayotganingizga diqqat qarating – bu ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilaydi, asab tizimi dam olishiga yordam beradi va bukib qolishdan asraydi.
Hissiyotlaringizni nazorat qiling
Istagan shirinligingiz qolmasligidan qo‘rqmang. Sevimli salatingiz yoki shirinligingiz tugab qolsa ham, oshxona xizmatchilaridan yana keltirishni yoki kelasi safar siz uchun alohida olib qo‘yishlarini so‘rasangiz bo‘ladi.
Idishlarni almashtiring
Hamma narsani bitta likopchaga sig‘dirishga urinmang, turli taomlarga turli likopchalardan oling – mos kelmaydigan narsalarni aralashtirmang.
Konteynerlarni chuqalamang
Shved stolida eng yaxshi bo‘laklarni tanlab olish yaramaydi, taom qanday bo‘lsa, shunday oling.
Mevalar uchun joy qoldiring
Diyetologlar ularni ovqatdan keyin iste’mol qilishni maslahat beradi, eng yaxshisi, tanovuldan bir soat vaqt o‘tgach.
O‘zingiz bilan ovqat olib chiqib ketmang
1-2 ta olma yoki kichikroq shirinlik olib ketsa bo‘ladi, ammo restorandan butun boshli likopchalarni olib chiqish mumkin emas. Bu gigiyenaga zid hamda tashqaridan xunuk ko‘rinadi.
Yeb bo‘lgach idishlarni olib borib qo‘ying
Agar shved stolida o‘z-o‘ziga xizmat bo‘lsa. Ofitsiantlar likopchalarni olib ketadigan joyda esa ovqatlanib bo‘lgach, qoshiq va sanchqini bitta tomonga qaragan holda likopcha ustiga qo‘ying. Restoran xodimlari shu tariqa idishlarni olib ketish keraklini bilib oladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!