$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

Stressdan chiqishda foyda beradigan 8 mashg‘ulot

13:02 / 08.01.2020

Atrofingizga nazar tashlang! Naqadar jonli, harakatchan hayot bor, shunday emasmi?  XXI asrda, haddan tashqari to‘lqinli davrda barchamiz bir joydan ikkinchi joyga o‘tishga, turli muammolarni yechishga harakat qilmoqdamiz. Kichikdan kattagacha, barchamiz shoshilib yashashga harakat qilib, hayotning to‘xtovsiz g‘ildiragiga tushib qolgandekmiz. Bu hayotning chalkashliklarida “nafas olishga” ulguryapmizmi?

Yumushlarga to‘la tig‘iz hayot, moliyaviy qiyinchiliklar, cheksiz sinovlar, soxta do‘stlar, soxta tabassumlar, sovuq betonli shaharlar – bosim ostida tutuvchi bu hayot tarzlaridan chiqish uchun nimadir qilyapmizmi? Yoki ustimizga yomg‘irdek yog‘ilayotgan bu muammolar ichida shunchaki tirik qolish uchun yashayapmizmi? 

Ha, afsuski, ko‘pchiligimiz tushkunlikka tushib, hayotning chuqurlashib borayotgan baxtsiz tubsizliklariga tushib bormoqdamiz. Har kuni o‘z baxtimizni o‘g‘irlashlariga yo‘l qo‘yamiz va o‘zimiz uchun hech narsa qilmasdan stressni yengishimiz mumkinligini o‘ylash o‘rniga unga yengilib o‘tiramiz. Biroq, o‘zingizni yaxshi his qilish, stressni yengillashtirish,  jonlanish va zavqlanish uchun juda ko‘p turli xil narsalar mavjud. Buning uchun sizga quyidagi ro‘yxatni tayyorlashni lozim topdik. Agar o‘zingiz uchun yaxshi narsa qilishni xohlasangiz, ro‘yxatdagi biror sevimli mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullanishni boshlang – natijada stress muammosining salbiy ta’siridan chin ma’noda xalos bo‘lishingiz mumkin.

1. Fotografiya

Похожее изображение

Stressdan xalos bo‘lish, miyangizni salbiy fikrlardan ozod qilish va teran fikrlashga yordam beradigan yumush. Bunda o‘z obyektivingiz orqali dunyoni qanday ko‘rayotganingizni tushuntirishga urinib dam olishingiz mumkin. Uyda, ishda, transportda, yo‘lda, qisqasi, har yerda ushbu sevimli mashg‘ulotingiz bilan har qanday imkoniyatdan foydalana olasiz. U bilan shug‘ullanish uchun minglab dollarlik professional uskunalarni sotib olishingiz shart emas. Qo‘lingizdagi telefon bilan ham suratga olishingiz mumkin va hatto professional fotografning obyektivi bilan olinganday ajoyib asarlar ham yaratishingiz mumkin. Ehtimol ushbu mashg‘ulotga berilib ketarsiz, qanday qobiliyatli ekanligingizni bilib olarsiz va hatto rasmga tushirish orqali pul ishlash yo‘liga o‘tarsiz.

2. Kitob o‘qish

Похожее изображение

Kitob o‘qishni naqadar foydali ekanini barchamiz yaxshi bilsak kerak. Ko‘p narsalar o‘rganishimiz, joyimizdan qimirlamasdan butunlay boshqa joylarda sayohat qilishimiz mumkinligi va fikrlarimizni teranlashtirishini hisobga olganda stressdan qutilishda yordam beradigan bundan ham idealroq xobbi bo‘lmasa kerak. Qilishimiz kerak bo‘lgan yagona ish – kunimizning yarim soatini kitob o‘qishga sarflash. Hech bo‘lmasa kunda bir marta 5-6 daqiqa kitobga ko‘z yugurtirishga vaqt ajrating.

3. Meditatsiya

Похожее изображение

Stressdan xalos bo‘lishning yana bir usuli – meditatsiya. Sizni bir zumda tinchlantiradigan ushbu usul bilan ruhingizni tinchlantirib, sokin hislardan zavq olishingiz mumkin.  Ushbu faoliyat tufayli xotirjamlikdan bahramand bo‘lishingiz, ongingizdagi yomon fikrlardan xalos bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun xususiy kurslarga borishingiz yoki meditatsiya qilish uchun mutaxassis bo‘lishingiz shart emas. Internetda yangi boshlovchilar uchun meditatsiyaga qanday kirishlari haqida ko‘plab maqolalar va videolarni topishingiz mumkin.  Yarim soatingizni ajrating va meditatsiya sizni qanday hislar tuyishingizga olib kelishini ko‘ring.

4. Qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash yoki musiqiy asboblar chalish

Qisqasi, musiqa bilan bog‘liq xohlagan narsani qilishingiz mumkin. Qo‘shiq aytish, musiqa tinglash va musiqiy asbob chalish orqali stressdan xalos bo‘lishingiz mumkin! Musiqa ruhga qanchalik yaxshi ta’sir qilishi ko‘p tadqiqotlar orqali isbotlangan. Bu bemorlarga shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadigan va hatto tug‘ilmagan chaqaloqlarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadigan yumushlardan biridir. Musiqa tinglash, kuylash va musiqiy asboblar chalish – sevimli mashg‘ulotingiz sifatida foydalanishingiz kerak bo‘lgan san’atdir! Notalarning kuchi bilan ongingizdagi salbiy fikrlardan uzoqlashishingiz va boshingizdagi qora bulutlarni tarqatishingiz mumkin.

5. Tuproqni his qilish

Stressdan xalos bo‘lishga yordam beradigan yana bir sevimli mashg‘ulot –  bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish. Salbiy energiyani tuproq bilan yo‘qotish qanchalik foydali ekanini barchamiz bilamiz. Shuning uchun bog‘dorchilik bilan shug‘ullanishingizni maslahat beramiz. Bog‘i bo‘lgan uyda yashamasligingiz mumkin, ammo yer bilan shug‘ullanish uchun sizga bog‘ kerak emas. Biror narsa o‘stirish va yetishtirish uchun faqat balkonga ega bo‘lishingizni o‘zi kifoya! Gullar, kichkina daraxtlar ham uyingizga ijobiy energiya beradi, shuningdek, o‘simliklaringiz bilan kelishib ketsangiz, ular bilan suhbatlashish orqali stressdan xalos bo‘lishingiz mumkin.

6. Rasm bo‘yash

Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, stress bilan kurashishning eng yaxshi usullaridan biri rasm chizish va bo‘yashdir. Tajribali rassom bo‘lishingiz shart emas, albatta. Chizgan rasmlaringiz bilan ko‘rgazmalarda qatnasholmassiz balki, ammo bu ruhiyatingiz tinchlanishida anchayin yordam beradi. Buning eng oson yo‘li, bo‘yash uchun tayyor maxsus jurnallar va rangbarang qalamlar sotib oling.

7. To‘qish va boshqa qo‘l ishlari

Bilamizki, bugungi kunda ko‘pchilik hunarmandchilik yoki to‘qish bilan shug‘ullanishni bilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, o‘tmishda deyarli har bir ayolga ma’lum bo‘lgan qo‘l san’atlari va naqshli buyumlar tayyorlash bilan bugungi kunda faqat ishtiyoqmandlar yoki undan pul topganlar ko‘proq shug‘ullanishadi. Chunki to‘qish zerikarli va keraksiz hisoblanadi. Biroq, to‘qish xayolingizga ham keltirmagan juda ko‘p foyda keltiradi.  Misol uchun, spitsa va ipingizni qo‘lga olsangiz, xuddi qandaydir meditatsiya qilayotgandek ongingiz bo‘shashadi.  Chunki bir xil ritmda uzoq vaqt harakat qilasiz. Bu meditatsiya kabi boshingizdn “qora bulutlar” chiqib ketishiga imkon beradi. Qo‘shimcha ravishda, buni amalga oshirishda egallagan pozitsiyangiz yurak urishi va qon bosimini pasaytirishga yordam beradi.  

8. Tog‘larga sayohat

Shovqin-surondan xalos bo‘lishga yordam berishi mumkin bo‘lgan yana bir sevimli mashg‘ulot – yurish!  Shahar sovuqligidan uzoqlashib, o‘zingizni tabiat qo‘llariga topshirishga imkon beradigan ushbu sport tufayli haqiqatan ham “nafas olishingiz” mumkin.  Bundan tashqari, trekking uchun bunday kurs va treninglarda ishtirok etish shart emas.
Albatta, agar xohlasangiz, professional jamoalarga qo‘shilishingiz mumkin.  Biroq, do‘stlaringiz bilan yoki yolg‘iz yurishingiz ham mumkin! Jismoniy va ruhiy salomatlik uchun juda foydali bo‘lgan ushbu sevimli mashg‘ulot bilan stressga qarshi kurashishingiz va hayotingizni davom ettirish uchun yetarli energiya to‘plashingiz mumkin.


Bu ham qiziq

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Mazkur yo‘lak yo‘lning chetki qismida emas, balki uning o‘rtasidan o‘tadi. Bu esa ilgarigi tramvay izlarini eslatadi.
12:08 / 13.05.2025
Xalq demokratik partiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deb e’lon qildi

Xalq demokratik partiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deb e’lon qildi

Bu orqali partiya o‘z dasturining maqsad va vazifalarini samarali amalga oshirish, elektorati manfaatlarini kengroq ifodalas…
19:15 / 13.05.2025
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etiladi

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etiladi

“Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokidagi “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat …
17:15 / 14.05.2025
15-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi

15-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Harorat kechasi 22-24, kunduzi 37-39 daraja bo‘ladi.
02:30 / 15.05.2025
Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun O‘zbekistonga Hirot marmarini hadya qildi

Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun O‘zbekistonga Hirot marmarini hadya qildi

Afg‘oniston Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasini tugatish uchun O‘zbekistonga 16 yuk mashinasi Hirot marmarini had…
18:06 / 14.05.2025
Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan xalqaro qidiruvga e’lon qilingan 1974-yilda tug‘ilgan, fuqaro Tursunov Alisher Ahmado…
14:30 / 13.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
AQSh Qatar bilan 1,2 trillion dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvga erishdi

AQSh Qatar bilan 1,2 trillion dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvga erishdi

“Gap hamkorlik bitimlari haqida bormoqda.  Mazkur bitimlar “Amerikani yangi oltin davr” sari olib boradi”, – deyiladi Oq uy …
08:24 / 15.05.2025
Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestridagi va unga tushish xavfi bo‘lgan oilalar…
08:58 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov boshchiligidagi mamlakatimiz ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiy…
19:00 / 13.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!