$
12586.41 UZS
54.63
160.42 UZS
0.6
14758.82 UZS
220.7
32° Kechasi 20°

2021-yildan boshlab O‘zbekistonda imtiyozli kreditlar ajratilishi to‘xtatiladi

18:46 / 26.11.2019

Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan Pul-kredit siyosatining 2020–2022-yillar uchun mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida 2021-yil boshidan boshlab kreditlarni imtiyozli foiz stavkalarida berish bekor qilinishi haqida ma’lumot berildi.

2020-yilda beriladigan kreditlar qayta moliyalashtirish stavkasiga ko‘ra belgilanadi

2020-yil 1-yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan milliy valyutada yangidan beriladigan barcha turdagi kreditlar, shu jumladan, davlat dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan darajada belgilanadi (hozirda bu stavka 16 foizni tashkil etadi).

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar istisno qilindi

Bu tartib faqat ipotekani kreditlash bo‘yicha davlat dasturlari hamda paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratiladigan kreditlar uchun istisno qilindi.

2021-yildan imtiyozli kreditlar ajratilmaydi

2021-yil boshidan boshlab kreditlarni imtiyozli foiz stavkalarida berish bekor qilinadi. Banklar zarur hollarda, foiz xarajatlarining ma’lum bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmlarini joriy etish orqali foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi.

Balans taqchilligi kamaytiriladi

Moliya vazirligi 2020-2021-yillarda tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni inflyatsiya maqsadlariga ta’sirini hisobga olgan holda erkinlashtirish grafigini ishlab chiqishi, umumiy fiskal balans taqchilligini 2022-yilda 1,5 foizdan oshmaydigan darajagacha bosqichma-bosqich kamaytirishni, shuningdek, Davlat budjetining belgilangan parametrlar doirasidagi qat’iy ijrosini, soliq-budjet va pul-kredit siyosati muvofiqligini ta’minlashi lozim bo‘ladi.

Norezidentlar ham moliya bozoriga kirishi mumkin

Norezidentlarga moliya bozoriga kirishga ruxsat beriladi. Bunda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi va Markaziy bankga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarini bartaraf qilishning aniq mexanizmlari va instrumentlarini ishlab chiqishlari zarur.

Xabardor.uz


Bu ham qiziq

28-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

28-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 28-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
17:59 / 27.06.2025
O‘zbekistonda bakalavriatga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatga olish yakunlandi

O‘zbekistonda bakalavriatga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatga olish yakunlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistonda jami 201 ta oliygoh faoliyat yu…
12:14 / 26.06.2025
Tramp Netanyaxuga qarshi olib borilayotgan sud jarayonini bekor qilishga chaqirdi

Tramp Netanyaxuga qarshi olib borilayotgan sud jarayonini bekor qilishga chaqirdi

AQSh prezidenti bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
16:31 / 26.06.2025
Farg‘onada xorijga ishga yuborishni va’da qilib, 10 500 dollar olgan MChJ rahbari ushlandi

Farg‘onada xorijga ishga yuborishni va’da qilib, 10 500 dollar olgan MChJ rahbari ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘t…
11:55 / 26.06.2025
Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
12:39 / 26.06.2025
O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyun kuni Minsk shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining na…
17:50 / 27.06.2025
Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 30-iyun–2-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:12 / 29.06.2025
Toshkentda IIO xodimiga pichoq bilan tajovuz qilgan shaxs ushlandi

Toshkentda IIO xodimiga pichoq bilan tajovuz qilgan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchi avvalroq boshqa bir fuqaroga tan jarohati yetkazgan.
15:01 / 28.06.2025
UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

Topuriya yengil vaznning yangi chempioniga aylandi.
10:06 / 29.06.2025
Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot”…
13:08 / 28.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!