$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Har kuni yong‘oq iste’mol qilish, qanday foyda beradi?

10:47 / 02.03.2020

Ba’zilar bu mahsulot foydali deyishsa, yana birovlar semirtirib yuborishini aytishadi.
Sog‘lom hayot tarziga amal qiluvchi va taomining tarkibiga e’tibor beruvchilar yong‘oqning quvvatlantiruvchi, kasalliklar ehtimolini kamaytiruvchi va hatto depressiyadan saqlovchi foydali xususiyatlarini juda yaxshi bilishadi. Ammo, u bir vaqtning o‘zida organizmga salbiy ta’sir ham qilishi mumkin. Shuning uchun yong‘oqning foydali va zararli jihatlarini, odam o‘zini yaxshi his qilishi va semirib ketmasligi uchun kuniga necha gramm iste’mol qilish kerakligini  bilib olish lozim. 
  
Yong‘oqning organizmga ijobiy ta’siri
Agar har kuni yong‘oq iste’mol qilinsa, uning ijobiy natijalari o‘zini kuttirib qo‘ymaydi. Xo‘sh, u organizmga ichki va tashqi tarafdan qanday ta’sir qiladi? 

Foydali moddalar bilan to‘yintiradi
Yong‘oq – darmondorilarning, mikroelementlar va ozuqa moddalarining haqiqiy xazinasi. Tarkibida kalsiy, kaliy, magniy, temir, fosfor va boshqa minerallar mavjud. Kletchatkaga A, B, C, D va E darmondorilariga boy.

Diyetologlar yong‘oqning foydali jihatlari tanaga singishi uchun uni qovurmasdan yeyishni, tozalanganini emas, po‘stlog‘i bilan sotib olishni  tavsiya etishadi. Agar qovurilsa, foydasi ancha pasayar ekan. Tozalanib, qadoqlangani tezda oksidlanib, achchiq yog‘ning ta’mini bera boshlaydi. Mutaxassislar, shuningdek, Ye darmondorisi va yog‘ kislotalarining foydali xususiyatlari chaqilgan zahoti iste’mol qilingan yong‘oqlarda ko‘proq sezilishini, tuzlangan, shakarlangan yoki asal bilan aralashtirilgan yong‘oqlar esa o‘z xususiyatlarini ancha yo‘qotib qo‘yishini izohlashgan. 

Tashqi ko‘rinishni yaxshilaydi va yoshartiradi
Diyetolog va nutrisiologlar yong‘oqning yoshlikni uzaytirish xususiyatiga egaligini tasdiqlashadi. Misol uchun, yeryong‘oq tarkibidagi Ye darmondorisi va antioksidantlarning ko‘pligidan uni bemalol anti-age turkumiga kiritish mumkin.  Bodom esa moddalar almashinuvini yaxshilovchi, teri, soch va tishlarning sog‘lomligini ta’minlovchi B3 darmondorisiga boy. Bundan tashqari, yong‘oqlar tanadagi zararli moddalarni haydab chiqaradi. Ularda qon aylanish va immun tizimining rivojlanib, mustahkamlanishi uchun juda ham zarur bo‘lgan foliy kislotasi ham bor. 

Miyani Omega-3 bilan to‘yintiradi va faoliyatini yaxshilaydi
Organizmimiz uchun Omega-Z, ya’ni yarimto‘yingan yog‘ kislotasi juda ham zarur. U miya, ko‘z, bo‘g‘imlar faoliyatini me’yoriga keltiradi va ozishga yordam beradi. Bunday yog‘lar rafinadlangan yog‘lar singari qomatni buzmaydi, aksincha, yaxshilaydi. Omega-3 intellektni rivojlantiradi. Bu borada o‘zimizning yong‘oqqa (uni grek yong‘og‘i, deb ham atashadi) yetadigani yo‘q. Yong‘oqning boshqa turlariga qaraganda aynan unda Omega-3 juda ko‘p.   

Immunitetni mustahkamlaydi va kasalliklar xavfini kamaytiradi 
Funduk qonda xolesterin yig‘ilib qolishiga xalaqit beradi. Bodom esa ko‘rishni yaxshilaydi, ichki organlarni tozalaydi. Uni hatto astma bilan og‘ruvchilarga ham tavsiya qilishadi. Har kuni yong‘oq iste’mol qiluvchilar yurak ishemik kasalliklarini, saratonning oldini ham oladi, deyish mumkin. Buning asosiy sababchisi ham Ye darmondorisidir. Aynan shu darmondori yurak, bo‘g‘im kasalliklarining, saratonning profilaktikasi uchun ajoyib vositadir. Jigar, buyrak, ichak kasalliklaridan qiynalayotganlarga ham foyda beradi. 

Stressni kamaytiradi
Yong‘oq asab tizimiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Yeryong‘oq tetiklashtiruvchi xususiyatga ega, shuning uchun surunkali charchoq, ruhiy zo‘riqish va ruhiy tushkunlik holatlarida juda foydalidir.  Yong‘oq ruhiy zo‘riqishni pasaytiradi, kedr yong‘og‘i esa uyqusizlikka qarshi ajoyib davo.  Bundan tashqari, tarkibidagi yod moddasi bo‘qoqni davolashda tabiiy dori hisoblanadi.

Teri holatini yaxshilaydi va himoya qiladi
Bu masalada yong‘oqning o‘zi emas, undan olinadigan yog‘ haqida so‘z boradi. Yong‘oqlardan olinadigan yog‘lar teri bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda, kosmetologiyada keng qo‘llaniladi.
  
Bodom yog‘i: terini namlaydi va ultrabinafsha nurlaridan asraydi. 
Kedr yong‘og‘i yog‘i: terining quruqlashib, sochlar va tirnoqlar sinuvchan bo‘lib qolishining oldini oladi. 
Grek yong‘og‘i yog‘i: o‘ta sezgir va ta’sirchan terilarni davolaydi.
 
Yong‘oqlar nimasi bilan zararli?
Yong‘oqni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish mumkin emas. Nima uchun deysizmi? 

O‘ta quvvatli
Yong‘oqning qaysi turi bo‘lmasin, tarkibida foydali yarimto‘yingan kislotalar ko‘rinishidagi yog‘lar mavjudligidan, 100 grammida kamida 550 kkal bo‘ladi. Misol uchun, fundukda – 628 kkal, yeryong‘oqda – 567 kkal, bodamda – 645 kkal,   yong‘oqda – 654 kkal. Bu ko‘rsatkichlar tana og‘irligini oshirmay qolmaydi. Shu sababdan ham ko‘pgina odamlar uni iste’mol qilishni istashmaydi. 

Allergiya chaqiradi
Yong‘oqlar, masalan, yoqtirib iste’mol qiladiganimiz yeryong‘oq, har qanaqa yoshdagi odamda keyinchalik psoriaz yoki bolalarda ekzemaga olib keluvchi juda kuchli allergiya paydo qilishi mumkin. Funduk diabeti yoki diatezi borlarga tavsiya qilinmaydi.  
 
Turli organlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin
Juda ko‘p miqdorda iste’mol qilinsa, yong‘oq  miyaga, funduk qon tomirlariga, bodom esa buyrakka zarar qiladi.  
Yong‘oq zararga aylanmasligi uchun iste’mol me’yori qanaqa?   
Yong‘oqlarni foydali va zararli, deb ajratish yaramaydi. Agar ularni har kun me’yorida iste’mol qilinsa tanangizni sog‘lomlashtiradi. Agar me’yordan oshadigan bo‘lsa – bu, albatta, zarar.  Yong‘oqni samarasini sezish uchun uni 1 kunda 20 gramm atrofida iste’mol qilish yetarli. Bu qomatga ham, oshqozonga ham salbiy ta’sir qilmaydi. Bu yong‘oqlarning hamma turiga tegishlidir


Bu ham qiziq

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o…
11:42 / 01.04.2026
Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Tehron va Karaj o‘rtasidagi Eronning V1 ko‘prigiga AQSh-Isroil hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi.
09:50 / 04.04.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘y…
12:37 / 01.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!