$
12085.56 UZS
33.51
164.52 UZS
-0.78
13870.60 UZS
-114.6
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: Bugun iPhone’ning tug‘ilgan kuni. Uni ishlab chiqarish uchun Stiv Jobs xodimlarini qiynagani rostmi?

12:11 / 09.01.2020

Bundan 13 yil avval, ya’ni 2007-yilning 9-yanvar kuni Apple ilk iPhone taqdimotini o‘tkazgan edi. Stiv Jobs iPhone yaralishi uchun naqd ikki yarim yil tinmay mehnat qilgan. 

Ko‘pchilikka ma’lumki, 2000-yillarning boshlarida Apple Mac-ishlab chiqaruvchilari sifatida tanilgan edi. Keyin esa iPod chiqarishdi. Ana shunda kompaniya ahli yangi texnika ishlab chiqarish maqsadida turli g‘oyalarni ko‘rib chiqishdi. O‘sha vaqtlarda ular fotokamera yoki avtomabil ham ishlab chiqarishi mumkin edi. 

iPhone 1st gen and Bill Gates

Ammo ular har taraflama qulay bo‘lgan kichik qurilmani ishlab chiqarishni istashardi. Ana shunda uzoq muddatli fikrlashlardan keyin telefon ishlab chiqarish g‘oyasida to‘xtalishdi. 

Qurilma deyarli 2,5 yil davomida o‘ta maxfiy sharoitda ishlab chiqilgan. Uni mukammal yaratish uchun Jobs barcha texnik kompaniyalarda ishlaydigan malakali mutaxassislarni yig‘ib olib ishlatdi. Mutaxassislar qayerga yo‘qolib qolganini, nima ish bilan shug‘ullanayotganini deyarli hech kim bilmas edi. Chunki Jobs xodimlarga yangi qurilma haqida hech kimga (hatto yaqin qarindoshlariga ham) hech nima demaslikni qattiq tayinlagan edi. 

“Bizga imkonsiz muddatlar, qilish imkonsiz bo‘lgan vazifalar berildi. Va vaqti-vaqti bilan ular kompaniya taqdiri ushbu mahsulotga bog‘liqligini aytishardi. Biz aqldan ozgan edik”, deya eslaydi Apple muhandisi Endi Grigson “The Verge” nashriga bergan intervyusida.

Файл:IPhone First Generation.jpg

Taqdimotdan keyin Apple xodimlari intervyu beraturib, Jobs smartfonlarga talab oshib ketishiga shubha qilganini aytishgan. 

AT&T va Verizon kabi uyali aloqa vositalari ishlab chiqarilayotgan bir paytda Jobs iPhone rivojlanib ketmaydi, deb o‘ylagan. O‘sha vaqtda u “Biz telefonni ishlab chiqara olmaymiz, chunki uni vositachilarni chetlab o‘tib, oxirgi foydalanuvchiga yetkaza olmaymiz", degan. 

iPhone 1st generation

iPhone iPod’dan nusxa olib yaratilgani uchun ham sensorli ekran ostida bitta dumaloq tugmacha qolgan. 

Dastlabki g‘oyaga ko‘ra iPhone Linux operatsion tizimida ishlashi kerak edi. Biroq, qurilma oxirigacha qurib bo‘lingandan so‘ng Linux juda sekin ishlayotgani ma’lum bo‘lgan. Shuning uchun ular qurilmani iOS operatsion tizimida qayta ishlab chiqarishga majbur bo‘lishgan. 

Apple rahbari nimani istayotganini yaxshi bilar edi. iPhone ishlab chiqarilishi vaqtida mabodo xodimlari “bunday texnikani ishlab chiqarishning imkoni yo‘q deyishsa, Jobs ularga “ishni bajar yoki ishdan ket” degan ekan. 

Xullas, mana shunday qiyinchiliklardan keyin barchani o‘ziga mahliyo qilgan iPhone dunyga kelgan. Yillar davomida esa u yanada mukammallashib bormoqda.

Nozima RAHMATOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

Toshkentda ketma-ket 4 kun yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Toshkentda ketma-ket 4 kun yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Uzoq davom etgan issiq ob-havodan so‘ng poytaxt aholisi sezilarli harorat pasayishiga guvoh bo‘ladi. 18–21-iyun kunlari davo…
12:13 / 18.06.2026
Toshkent xalqaro investitsiya forumi: O‘zbekiston mintaqaning investitsiyaviy markaziga aylanmoqda

Toshkent xalqaro investitsiya forumi: O‘zbekiston mintaqaning investitsiyaviy markaziga aylanmoqda

Bugun O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyoning, balki keng Yevroosiyo makonining eng faol investitsiyaviy maydonlaridan biri s…
14:06 / 17.06.2026
“Endeavour Mining” O‘zbekistonda istiqbolli konlarni o‘zlashtirishga qiziqish bildirdi

“Endeavour Mining” O‘zbekistonda istiqbolli konlarni o‘zlashtirishga qiziqish bildirdi

15-iyun kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Buyuk Britaniyaning “Endeavour Mining” kompaniyasi inves…
16:14 / 16.06.2026
O‘zbekistonlik talabalar ta’lim uchun eng ko‘p qaysi davlatlarni tanlamoqda?

O‘zbekistonlik talabalar ta’lim uchun eng ko‘p qaysi davlatlarni tanlamoqda?

2026-yilning yanvar-aprel oylarida 7 355 nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan.
17:12 / 17.06.2026
Andijonda 40 sotix yer uchun 160 ming dollar so‘ragan firibgar ushlandi

Andijonda 40 sotix yer uchun 160 ming dollar so‘ragan firibgar ushlandi

Andijon viloyatida davlat zaxirasidagi yer maydonini sotishni va’da qilgan shaxs firibgarlikda qo‘lga olindi
17:37 / 16.06.2026
Uchquduqda yirik yong‘in: do‘kon va omborxonalar zarar ko‘rdi

Uchquduqda yirik yong‘in: do‘kon va omborxonalar zarar ko‘rdi

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida yirik yong‘in sodir bo‘lib, savdo do‘konlari va omborxonalarga jiddiy zarar yetdi.
11:36 / 17.06.2026
Bugun 19-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun 19-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-iyun soat 20:00 dan 19-iyun soat 20:00 gacha TOSHKENT SHAHRI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi,…
15:32 / 18.06.2026
Buyuk Britaniyada ikki yil davomida 13-15 yoshli bolalarni zo‘rlab kelgan afg‘onistonlik immigrantlar ushlandi

Buyuk Britaniyada ikki yil davomida 13-15 yoshli bolalarni zo‘rlab kelgan afg‘onistonlik immigrantlar ushlandi

Politsiya may oyida Norfolk va Shotlandiyada qidiruv o‘tkazib, 20–21 yoshdagi 7 afg‘onistonlikni qo‘lga oldi. Yana bir gumon…
13:40 / 18.06.2026
Hindistonda imtihonlar sabab Telegram vaqtincha bloklandi, Durov qarorni tanqid qildi

Hindistonda imtihonlar sabab Telegram vaqtincha bloklandi, Durov qarorni tanqid qildi

Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish uchun o‘tkaziladigan NEET-UG imtihonlari bilan bog‘liq mojarolar ortidan Telegram …
11:48 / 17.06.2026
Toshkentda yuk mashinalarining harakati vaqtincha cheklandi

Toshkentda yuk mashinalarining harakati vaqtincha cheklandi

16–18-iyun kunlari poytaxtda Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi munosabati bilan shaharga yuk avtomobillarini…
16:32 / 16.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!