16–18-iyun kunlari poytaxtda Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi munosabati bilan shaharga yuk avtomobillarining kirishi vaqtincha taqiqlandi.
Shuningdek, Islom Karimov, Abdulla Qodiriy, Qorasaroy va Yangi O‘zbekiston ko‘chalarida transport harakatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Shu sabab ayrim avtobus yo‘nalishlarining harakat sxemasiga ham o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Mutasaddilar haydovchilar va yo‘lovchilarga tirbandliklarning oldini olish uchun safarlarini oldindan rejalashtirishni tavsiya qilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!