Andijon viloyatida davlat zaxirasidagi yer maydonini sotishni va’da qilgan shaxs firibgarlikda qo‘lga olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.Y. fuqaro N.T.ning ishonchiga kirgani aniqlandi.U o‘zini go‘yoki Andijon viloyati Statistika boshqarmasi xodimi sifatida tanishtirib, Andijon tumani “Yo‘ldosh Oxunboboyev” massivida joylashgan davlat zaxirasidagi 40 sotix yer maydoni farzandi M.Y. tomonidan auksionda yutib olingani haqida yolg‘on ma’lumot bergan.
Shuningdek, 160 ming AQSH dollari evaziga mazkur yer hujjatlarini kelgusida xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.Tezkor tadbir davomida u kelishilgan pulning 80 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!