$
12012.21 UZS
7.46
158.14 UZS
1.03
13731.16 UZS
39.74
31° Kechasi 18°

Toshkent xalqaro investitsiya forumi: O‘zbekiston mintaqaning investitsiyaviy markaziga aylanmoqda

14:06 / 17.06.2026

Bugun O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyoning, balki keng Yevroosiyo makonining eng faol investitsiyaviy maydonlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bunga Toshkent xalqaro investitsiya forumining yildan-yilga ortib borayotgan nufuzi va unda qatnashayotgan xalqaro mehmonlar soni yaqqol misol bo‘la oladi.Joriy yilgi forum o‘z ko‘lami bilan avvalgi natijalarni ortda qoldirdi. Tadbirda 10 ming 600 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashgan bo‘lsa, ularning 4 mingdan ziyodi dunyoning 102 mamlakatidan tashrif buyurgan xorijiy investorlar, biznes vakillari va xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan iborat bo‘ldi.

Forumda Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, Albaniya Prezidenti Bayram Begay kabi davlat rahbarlari, shuningdek Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari rahbarlari ishtirok etdi. Bundan tashqari, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa yirik xalqaro moliyaviy institutlar vakillari ham Toshkentda jam bo‘ldi.Forumning eng muhim jihatlaridan biri shundaki, uning ishtirokchilari sun’iy rag‘batlantirish yoki maxsus imtiyozlar asosida emas, balki O‘zbekiston iqtisodiyotining istiqboliga bo‘lgan ishonch tufayli tashrif buyurmoqda. 

Xorijiy investorlar va mehmonlar safar bilan bog‘liq barcha xarajatlarni mustaqil ravishda qoplagan holda forumda qatnashayotgani mamlakatning xalqaro maydondagi investitsiyaviy jozibadorligi ortib borayotganini ko‘rsatadi.So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, biznes yuritish uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, investorlar huquqlarining mustahkam himoya qilinayotgani hamda ochiq iqtisodiyot tamoyillarining izchil joriy etilishi O‘zbekistonning xalqaro reyting va baholardagi mavqeini sezilarli darajada yaxshiladi.

Bugungi kunda Toshkent xalqaro investitsiya forumi nafaqat investitsiyalarni jalb qilish maydoni, balki mintaqaviy hamkorlik, iqtisodiy integratsiya va yirik loyihalarni muhokama qiluvchi muhim xalqaro platformaga aylanmoqda. Turli davlatlar rahbarlari va yirik moliyaviy institutlar vakillarining bir maydonda jam bo‘lishi O‘zbekistonning mintaqadagi strategik o‘rni tobora mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.Mutaxassislar fikricha, forum yakunlari bo‘yicha erishiladigan kelishuvlar va imzolanadigan investitsiya bitimlari mamlakat iqtisodiyotining yangi o‘sish nuqtalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa O‘zbekistonning nafaqat investitsiyalarni jalb qiluvchi davlat, balki mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarni birlashtiruvchi va rivojlanishga yo‘naltiruvchi markaz sifatidagi rolini yanada kuchaytiradi.


O‘zbekiston


														
														Bugun, 11-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 11-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-iyul soat 20:00 dan 11-iyul soat 20:00 gacha TOSHKENT SHAHRI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sham…
17:51 / 10.07.2026

														
														900 ga yaqin ilon fermadan qochib ketdi

900 ga yaqin ilon fermadan qochib ketdi

Xitoy janubidagi Guansi provinsiyasida kuchli suv toshqinlari oqibatida ilon fermasidan qariyb 900 ta ilon qochib ketdi. Bu …
16:59 / 10.07.2026

														
														Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva MEDEF International huzuridagi O‘zbekiston—Fransiya ishbilarmonlar ken…
09:28 / 10.07.2026

														
														Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishlarini taʼkidladilar

Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishlarini taʼkidladilar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada h…
16:07 / 09.07.2026

														
														O‘zbekistonda yoshlar soni qancha?

O‘zbekistonda yoshlar soni qancha?

O‘zbekiston aholisining 9,7 milliondan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi.
15:43 / 09.07.2026

														
														10-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15:22 / 09.07.2026

														
														Farg‘onada 44 yoshli ayol shag‘al uyumiga qariyb 6 kilogramm gashish yashirgani aniqlandi

Farg‘onada 44 yoshli ayol shag‘al uyumiga qariyb 6 kilogramm gashish yashirgani aniqlandi

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur ayol avval ham giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan.
17:11 / 08.07.2026

														
														Bakalavriat va magistraturada qancha talaba tahsil olmoqda?

Bakalavriat va magistraturada qancha talaba tahsil olmoqda?

2025–2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 535 ming nafa…
16:33 / 08.07.2026

														
														9-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:22 / 08.07.2026

														
														Belarusda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” boshlandi

Belarusda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” boshlandi

Belarus Respublikasida 7–8-iyul kunlari “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir ikki mamlakat o‘rtas…
14:45 / 08.07.2026

Bu ham qiziq

O‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

O‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish …
14:52 / 09.07.2026
Neymarga 10 kun muhlat berildi

Neymarga 10 kun muhlat berildi

“Santos” hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasi JCh–2026dan chiqib ketganidan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkin.
15:59 / 09.07.2026
Tramp Anqaraga shaxsiy zirhli limuzini va maxsus ko‘chma hojatxonasi bilan keldi

Tramp Anqaraga shaxsiy zirhli limuzini va maxsus ko‘chma hojatxonasi bilan keldi

AQSh prezidenti Donald Tramp NATO sammitida ishtirok etish uchun Anqaraga mingga yaqin xavfsizlik va xizmat xodimlari, dunyo…
16:59 / 08.07.2026
10-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15:22 / 09.07.2026
Pokistonda yuk samolyoti radarlardan g‘oyib bo‘ldi

Pokistonda yuk samolyoti radarlardan g‘oyib bo‘ldi

Pokistonda K2 Airways aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-400 yuk samolyoti Arabiston dengizi ustida radarlardan g‘oyib bo…
14:17 / 08.07.2026
900 ga yaqin ilon fermadan qochib ketdi

900 ga yaqin ilon fermadan qochib ketdi

Xitoy janubidagi Guansi provinsiyasida kuchli suv toshqinlari oqibatida ilon fermasidan qariyb 900 ta ilon qochib ketdi. Bu …
16:59 / 10.07.2026
Bolalarga zo‘ravonlik qilgan bog‘cha pedagoglariga 1 yil ishlash taqiqlanadi

Bolalarga zo‘ravonlik qilgan bog‘cha pedagoglariga 1 yil ishlash taqiqlanadi

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik sodir etgan pedagoglar bir yil davomida maktabgacha ta’lim …
14:48 / 09.07.2026
Bakalavriat va magistraturada qancha talaba tahsil olmoqda?

Bakalavriat va magistraturada qancha talaba tahsil olmoqda?

2025–2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 535 ming nafa…
16:33 / 08.07.2026
Bugun, 11-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 11-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-iyul soat 20:00 dan 11-iyul soat 20:00 gacha TOSHKENT SHAHRI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sham…
17:51 / 10.07.2026
Mehnat nizolari bo‘yicha ixtisoslashgan sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Mehnat nizolari bo‘yicha ixtisoslashgan sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Oliy sud Rayosati fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar korpusini shakllan…
09:24 / 10.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!