15-iyun kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Buyuk Britaniyaning “Endeavour Mining” kompaniyasi investitsiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Eduardo Formoso Etcharte bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida tomonlar O‘zbekistondagi istiqbolli konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi. Shuningdek, foydali qazilmalarni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning navbatdagi bosqichlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida izchil hamkorlikni davom ettirish, loyihalarning texnik va moliyaviy jihatlarini birgalikda ishlab chiqish hamda ularni amaliy bosqichga tezroq olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, “Endeavour Mining” G‘arbiy Afrikada yirik oltin konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan xalqaro kon-metallurgiya kompaniyasi hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!