Jahon chempionati doirasida Kolumbiyaga qarshi uchrashuvdan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi nafaqat maydondagi harakati, balki yuksak madaniyati bilan ham e’tibor qozondi. O‘yin yakunlanganidan so‘ng futbolchilar va jamoa a’zolari o‘zlariga ajratilgan kiyinish xonasini to‘liq tozalab, uni saranjom holatda topshirishdi.O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu harakat orqali mezbonlarga hurmat va minnatdorlik bildirilganini ta’kidladi. Xususan, Meksika xalqi hamda tarixiy “Atsteka” stadioniga Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvga mezbonlik qilgani uchun alohida tashakkur izhor etildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!