$
12054.03 UZS
18.81
167.05 UZS
-0.9
13932.05 UZS
16.93
31° Kechasi 18°

Smartfon yoki noutbuk Wi-Fi’ga ulanmasa nima qilish kerak?

16:50 / 02.05.2020

Wi-Fi yoki mobil internetingiz yoqilgan bo‘lsa-yu, ammo internet ishlamasa nima qilish kerak? Bu holda ulanish bor, hammasi yaxshiday ko‘rinadi, ammo internet ishlamaydi, brauzerdagi sahifalar ochilmaydi, ijtimoiy tarmoqlarda “lenta” yangilanmaydi, internet bilan ishlovchi dasturlar ham ishlamaydi. Odatda, bu muammo Wi-Fi routerni sozlash jarayonida sodir bo‘ladi, xolos. Lekin ko‘pchilik ishlayotgan paytda to‘satdan ulanish yo‘qolib qolishi holatlari bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda qanday yo‘l tutish kerakligi haqida quyida so‘z boradi.

Muammoning sabab va yechimlari ko‘p bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham, avvalo, muammoning sababchisini aniqlab olish kerak. Aybdor esa odatda, Wi-Fi routeri yoki internetdan foydalanadigan qurilmamiz (telefon, noutbuk, planshet, kompyuter) bo‘lishi mumkin. 

Wi-Fi routeri ishlamayotganini sezsangiz, avvalambor qurilmani qayta o‘chirib, yoqing.  Albatta, internet uchun pul to‘langanligiga ishonch hosil qiling. Buni aniqlash uchun internet-operatorga qo‘ng‘iroq qilishingiz ham mumkin. Avvalo, simlar yo‘riqnoma bo‘yicha routerga to‘g‘ri ulanganligini tekshiring.

Agar router yaxshi ishlayotgan bo‘lsa, muammo noutbuk yoki kompyuteringizda bo‘lishi mumkin. Bu holda avvalambor qurilmangizni qayta o‘chirib, yoqing va IP-manzilni avtomatik tarzda olishga sozlanganligini tekshiring. Noutbukni ham, internetni ham qayta o‘chirib yoqing. Lekin internet faqat sizda emas boshqa qurilmalarda ham ishlamayotgan bo‘lsa, muammo routerda.

Android, iOS yoki Windows Phone’da ishlaydigan mobil qurilmalarda ham xuddi shu holatni takrorlash kerak. Qurilma Wi-Fi’ga ulangan, ammo brauzerdagi sahifalar ochilmayotgan bo‘lsa, telefoningizdan Wi-Fi’ni o‘chiring va qayta ulanishga harakat qilib ko‘ring.


Bu ham qiziq

11-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
14:52 / 10.06.2026
Namangan viloyati va Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Namangan viloyati va Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Namangan viloyati va Toshkent shahrida mu…
11:58 / 10.06.2026
O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘pi AQSH vizasini ololmadi

O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘pi AQSH vizasini ololmadi

JCH–2026 o‘yinlarini stadionlarda tomosha qilishni rejalashtirgan ko‘plab o‘zbekistonlik muxlislar AQSH vizasini olishda jid…
16:32 / 10.06.2026
Jaloliddin Masharipov belidagi jarohat sabab o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi

Jaloliddin Masharipov belidagi jarohat sabab o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov AQSHdagi yig‘in davomida bel qismidagi og‘riqlar sabab so…
10:46 / 10.06.2026
Qarshidagi “zapravka”da portlash sodir bo‘ldi

Qarshidagi “zapravka”da portlash sodir bo‘ldi

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joyiga zudlik bilan qutqaruv bo‘linmalari yetib borib, portlash oqibatida yuzaga kelgan …
15:02 / 08.06.2026
O‘zbekistonning “ajralib qolgan bo‘lagi”: Qirg‘iziston ichidagi Shohimardon aslida qanday joy?

O‘zbekistonning “ajralib qolgan bo‘lagi”: Qirg‘iziston ichidagi Shohimardon aslida qanday joy?

Shohimardon — xaritada qaralganda juda g‘alati ko‘rinadigan hududlardan biri. Chunki u O‘zbekistonga tegishli bo‘lsa ham, un…
19:00 / 09.06.2026
Raqobat qo‘mitasi tarmoqlardagi noqonuniy reklamalarni monitoring qilib bormoqda

Raqobat qo‘mitasi tarmoqlardagi noqonuniy reklamalarni monitoring qilib bormoqda

2026-yil futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanishi arafasida ijtimoiy tarmoqlar, internet saytlari hamda Telegram messen…
12:23 / 09.06.2026
Havo hujumidan mudofaa va harbiy aviatsiya tizimini transformatsiya qilish choralari koʻrib chiqildi

Havo hujumidan mudofaa va harbiy aviatsiya tizimini transformatsiya qilish choralari koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaa sohasidagi ayrim masalalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
09:44 / 09.06.2026
Toshkent va Xorazmda narkosavdogarlar ushlandi

Toshkent va Xorazmda narkosavdogarlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasid…
11:38 / 08.06.2026
10-iyun kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi va yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

10-iyun kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi va yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

10-iyun kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi va yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Faqat Farg‘on…
00:19 / 10.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!