Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullangan 19 yoshli yigit sud hukmi bilan 8 yil muddatga qamaldi. Sud materiallariga ko‘ra, u yovvoyi holda o‘sgan giyohvandlik o‘simligi barglarini yig‘ib, quritgan va qayta ishlab “gashish” tayyorlagan.
So‘ng uni sotish maqsadida yashash xonadonida saqlab kelgan. 2026-yil yanvar oyida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi qariyb 11 gramm gashishni 2 million so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Hodisa joyidan giyohvand modda hamda savdoda foydalanilgan pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Sud yig‘ilishida to‘plangan dalillar va guvohlarning ko‘rsatmalari o‘rganilib, ayblanuvchining aybi to‘liq isbotlangan.Oltiariq tumani sudi hukmiga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Belgilangan jazo umumiy tartibli koloniyada o‘taladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!