Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi bo‘ladigan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Gukesh juda kuchli shaxmatchi. Buni unga qarshi turli musobaqalarda, jumladan, Veyk-an-Zeye turnirida o‘ynaganimda yaqqol his qilganman. U yuqori saviyadagi shaxmat namoyish eta oladigan, juda kuchli raqib.
Hozircha uning partiyalarini chuqur tahlil qilishga kirishganim yo‘q. Ayni paytda men uchun oldinda turgan musobaqalarni muvaffaqiyatli yakunlash muhim, chunki ular ham katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, yaqin kunlarda mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ana shundan keyin Gukeshga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlikni jiddiy ravishda boshlayman”, – dedi Sindarov.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!