$
12937.93 UZS
45.02
161.10 UZS
0.76
14665.14 UZS
152.88
37° Kechasi 22°

Avtolizing tashkilotlari odamlarni chuv tushirayotgani aniqlandi

08:39 / 26.08.2019

Orzu-havas bilan avtosalonga pul to‘lab, keyin mashinasini yillar davomida kutganlar, aldanganlar ham bor oramizda. Hamon bu tizimdagi o‘yinlarning davom etayotgani esa juda achinarli... Shu kabi holatlar haqda O‘zbekiston Respublikasi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ma’lumot berdi.

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga avtolizing “qurboni” bo‘lganlar ko‘p bora murojaat qiladi. Bugun shunday holatlarga alohida to‘xtalamiz. 

ANDIJON 

Andijon viloyatida yashovchi M.Temirov Respublika Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qilar ekan, u Farg‘ona shahridagi “Umid savdo fayz invest” mas'uliyati cheklangan jamiyati bilan 2018-yilda shartnoma tuzib, “Damas-3” avtomashinasiga buyurtma berganini ma'lum qilgan. 

Shartnomaga binoan, MChJ hisob raqamiga 31 250 000 so‘m boshlang‘ich to‘lov amalga oshirilgan. Mashinani oladigan fursat kelib, o‘tib ketsa hamki, avtoulovdan darak bo‘lmagan. 

Federatsiya tomonidan MChJ mas'ul shaxslariga tushuntirishlar olib borilgandan so‘ng, 40 kun ichida avtomashina uchun to‘langan pul qaytarib berilishini zimmasiga olgan “Umid savdo fayz invest” MChJ o‘z va'dasida turmadi. 

Federatsiya mutasaddilari ham bu ishni oxiriga yetkazmay qo‘yishmadi. Va'da berib bajarmaydiganlar avtomobil uchun to‘langan boshlang‘ich pul mablag‘ini egasiga qaytarib berishga majbur bo‘ldi. 

QORAQALPOG‘ISTON 

Nukus shahri 22-kichik tumani, 9-uy, 33-xonadonda istiqomat qiluvchi Yarashev Qamariddin O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091– ishonch telefoni orqali murojaat qilib, “QQAVTOTEXXIZMAT” MChJ bilan “Damas-2” rusumli avtomobil' olish uchun shartnoma imzolagani va shunga muvofiq pul o‘tkazib berganini ma'lum qilgan. Murojaatga avtosalon xodimlari avtomashinani Nukusdan emas, balki Xorazm viloyatidan olishi kerakligini aytgani sabab bo‘lgan. 

Nukus shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari vaziyatni o‘rganib chiqib, o‘sha kunning o‘zida iste'molchiga “Damas” avtoulovini Nukus shahrida topshirgan. 

Qoraqalpog‘istonda yana bir shunday holat yuz berdi. Joriy yilning 9 yanvar' kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga Qo‘ng‘irot tumani, Qirqqiz qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro I.Uzaqbergenovaning Kegeyli tumanida joylashgan “KEGEYLI-AGROTEXSERVIS MTP” avtosalonga “Cobalt” avtomashinasini olish uchun pul o‘tkazgani va avtosalon xodimlari tomonidan avtomashina kelgani xabar qilgan, lekin avtomashinani Xorazm viloyatidan olish kerak bo‘layotgani borasidagi norozilik murojaati jo‘natilgan. Ushbu murojaat Kegeyli tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi hamda iste'molchiga 2019-yil 15-yanvar kuni Kegeyli tumanining o‘zida “Cobalt” avtomashinasini olishiga amaliy yordam ko‘rsatildi. 

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Kegeyli tumani bo‘limiga tumandagi Aqtuba ovulida yashovchi fuqaro Q.Yusupov murojaat qildi. 

Murojaatda ta'kidlanishicha, iste'molchi 2018-yil 12-iyun kuni “Umidsavdo-fayz invest” mas'uliyati cheklangan jamiyati bilan lizing asosida oq rangli “Nexia-3” avtomashinasini sotib olish uchun shartnoma tuzgan va 2018-yil 12-iyun kuni 33 400 272 so‘m, shundan 18 826 272 so‘mini plastik kartadan, 14 574 000 so‘m naqd o‘tkazgani, pul to‘laganiga 250 kun bo‘lgan bo‘lsa-da, na avtomobildan va na puldan darak bo‘lmagan. 

Ushbu murojaat yuzasidan Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mutaxassislari o‘rganish ishlarini olib bordi. Unga ko‘ra, haqiqatdan lizing tashkiloti shartnoma shartlarini bajarmagani aniqlandi. Vaholanki, shartnomada pul o‘tkazilgan kundan boshlab 120 ish kunida avtomobilni iste'molchiga topshirilishi ko‘rsatilgan. 

Murojaat o‘rganib chiqilgandan so‘ng, 10 kun ichida Q.Yusupov avtomobilga to‘lagan pulini to‘liq qaytarib oldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan murojaat qilgan yana bir yurtdoshimiz Javohir Abdunabiev “To‘rtko‘l Avtolizing” MChJ korxonasi bilan shartnoma tuzishi orqali “Damas” rusumli avtomobilini lizinga berish to‘g‘risida kelishadi. Shartnomada belgilangan summa 53 630 000 so‘mni avvaldan to‘lab beradi.

Lekin korxona iste'molchiga na avtomashinani yetkazadi va na to‘langan pulni qaytarib beradi. Federatsiya mutaxassislari masalani sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishdi va iste'molchi to‘liq haq ekani ma'lum bo‘ladi. Natijada, “Damas” uchun to‘langan 53 630 000 so‘m egasiga qaytarib berildi. Taassufki, bular dengizdan bir tomchi, xolos. 

Mazkur hududdagi yana bir holat. Xuddi shu To‘rtko‘l tumanidagi “To‘rtko‘l Avtolizing” MChJ korxonasi rahbari A.Radjapbayev tomonidan tumandagi Ullibog‘ OFY 114 – xonadonida yashovchi Qabulov Jahongir Azamat o‘g‘li bilan 2019 yil 8 yanvar' kuni tuzilgan №01/01-sonli “Spark” rusumli avtomobilini lizing berish to‘g‘risida tuzgan shartnoma shartlarini bajara olmagani sababli, iste'molchi Qabulov Jahongir to‘lagan 19 999 000 (o‘n to‘qqiz million to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiz ming) so‘m lizing asosiy to‘lovi, 3 332 000 (uch million uch yuz o‘ttiz ikki ming) so‘m lizinga xizmat ko‘rsatish to‘lovini – jami 23 331 000 (yigirma uch million uch yuz o‘ttiz bir ming) so‘mni to‘liq naqd pulda qaytarib to‘lab berdi. Shuningdek, lizing shartnomasining 6.3-bandi bo‘yicha shartnoma o‘z vaqtida bajarilmaganligi uchun lizing ob'ekti qiymatining 2 foiz miqdorida 1 334 000 (bir million uch yuz o‘ttiz to‘rt ming) so‘m penya ham to‘ladi. 

Afsuski, kishi ta'bini xira qiladigan bunday holatlar Qoraqalpog‘istonda kam emas. Nukus shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shaharda istiqomat qiluvchi fuqaro J. K murojaat qildi. U o‘z murojaatida Nukusda joylashgan avtosalondan “Cobalt” avtomashinasini olish uchun shartnoma tuzgani, shartnoma shartlariga ko‘ra avtomashina kechiktirilayotganidan noroziligini bildirgan. 

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, asosli ekani isbotlandi va iste'molchiga “Cobalt” avtomashinasi yetkazilib, kechiktirilgan 30 kun uchun 219 582 so‘m (penya) iste'molchi foydasiga undirib berildi. 

BUXORO 

Buxoro viloyati Jondor tumani “Samonchuq” MFY Murg‘ak qishlog‘ida yashovchi Sharipov Bobur Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091–ishonch telefoniga murojaat qilgan. Uning murojaatiga ko‘ra, G‘ijduvon “Avtotexxizmat” avto salonidan “Cobalt” rusumli avtomashinasini sotib olish uchun shartnoma tuzilgan. Kelishuv shartlari bajarilmaganligi sababli G‘ijduvon tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan murojaat sinchkovlik bilan o‘rganib chiqildi hamda “Cobalt” rusumli avtomashina egasiga olib berildi. 

Agar avtomashina o‘z vaqtida yetkazib berilmasa, korxona tomonidan har bir kechiktirilgan kun uchun 0,4 foiz miqdorida penya to‘lanishi shartnomada belgilangan. Buxoro tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Vobkent tuman Kulolchi ko‘chasi 65-uyda yashovchi Sa'dulla Navro‘zov murojaat qilgan. U o‘z murojaatida “ Sitora-avto savdo” MChJ bilan “Nexia-3” avtomashina sotib olish uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirib, shartnoma tuzgan. Shartnomaga asosan, 2019-yil 1-yanvarga qadar avtomashina fuqaroga yetkazib berilishi belgilangan bo‘lgan. Agar o‘z vaqtida yetkazib berilmasa, korxona tomonidan har bir kechiktirilgan kun uchun 0,4 foiz miqdorida penya to‘lanishi shartnomada ko‘rsatilgan. Ammo iste'molchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddatda avtomashina berilmagan. 

Murojaat viloyat Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, natijasida fuqaroga “Nexia-3” avtomashinasi olib berildi, shuningdek, iste'molchining arizasiga binoan, kechiktirilgan muddat bo‘yicha penya hisoblanib, korxona tomonidan fuqaroga o‘n million to‘qqiz yuz o‘n ming to‘rt yuz o‘n sakkiz so‘m penya to‘landi.

Buxoro shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Vobkent tumani Yangikent QFY Shirin qishlog‘ida yashovchi fuqaro I. Ramazonovning og‘zaki murojaati ro‘yxatga olingan. 
Ushbu murojaatda qayd etilishicha iste'molchi 2018 yil 6 avgust kuni “Umid savdo fayz invest” MChJ bilan “Nexia-3” rusumli avtomashinasi xarid qilish uchun shartnoma tuzgan va iste'molchi shartnomada ko‘rsatilgan 34 750 000 so‘mni to‘lagan. Ammo avtomashinani o‘z vaqtida yetkazilmagan. 

Iste'molchining murojaati jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganilib, iste'molchi va tadbirkorning huquqlari tushuntirildi hamda iste'molchining to‘liq 34 750 000 so‘m naqd puli qaytarib berildi. 

Olot tumani “Denov” MFY Olmazor qishlog‘ida istiqomat qiluvchi O‘tkir Azimov yaxshi niyat bilan Buxoro shahridagi “Umid” avtolizing tashkilotiga “Nexia-3” avtomashinasi uchun shartnoma asosida pul to‘laydi. 

Naqd 38 000 000 so‘mni hech qanday e'tirozlarsiz, o‘z vaqtida topshiradi va avtoulov kelishini kutadi. Buni qarangki, vaqt o‘tib na avtomobildan darak bor, na shartnomadagi va'da berilgan shartlardan. Natijada iste'molchi O‘tkir Azimov fuqarolik huquqlari poymol etilganini tushunib yetadi hamda shartnomani bekor qiladi. Biroq “Umid” avtolizing tashkiloti 38 000 000 so‘m pulni qaytarishni paysalga soladi. Avtomobilni yetkazib bermagani uchun mijoz korxona rahbarlaridan to‘langan pulni qaytarishini so‘rab murojaat qilgan, ammo uning murojaatlari javobsiz qolgan.

Murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganilganida, haqiqatdan “Orient Avto Lizing” korxonasi tomonidan iste'molchi huquqi buzilganligi ma'lum bo‘ldi. Korxona rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli bandlari talablari tushuntirildi. Natijada fuqaroga 51 184 000 so‘m mablag‘i qaytarib berildi. Korxona rahbarlariga kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilsa, qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi tushuntirildi. 

Yana bir holat. Buxorolik Shoxiddin Axmedov viloyat Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza yozib, o‘zini anchadan buyon qiynayotgan muammo yuzasidan murojaat qildi. 

Murojaatga ko‘ra, Shoxiddin Axmedov Buxoro shahridagi “Umid avto lizing” korxonasiga “Nexia-3” avtomobili uchun 2018-yil avgust oyida 34.750.000 so‘m naqd pul to‘lagan. Ammo hozirga qadar avtoulovni ololmaganidan norozi bo‘lgan. Jamiyat bunday muammolarga yechim topishga doim harakat qildi. Uchar tadbirkordan iste'molchining 34.750.000 so‘m naqd puli olib berildi va uning qonuniy huquqlari tiklanishiga erishildi. 

Biz yuqorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Farg‘ona viloyatlaridagi avtosalon va lizing xizmatlarida aldangan yurtdoshlarimizni murojaatlari, uchrayotgan muammolar yuzasidan qisqacha ma'lumotlar keltirdik xolos. Vaholanki bu kabi xolatlar soni anchagina. 


Bu ham qiziq

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi yuk tashish yo‘nalishi ochiladi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi yuk tashish yo‘nalishi ochiladi

“O‘ztemiryo‘lKonteyner” aksiyadorlik jamiyati Xitoydan O‘zbekistonga tovarlar yetkazib berish bo‘yicha yangi yo‘nalishni ish…
20:44 / 21.05.2025
Endi yoshga doir pensiya fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Endi yoshga doir pensiya fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
16:19 / 20.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga 35 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga 35 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Bu ha…
19:36 / 20.05.2025
22-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

22-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:01 / 22.05.2025
Toshkentdagi 5 ta tumanning ayrim hududlarida vaqtincha tabiiy gaz bo‘lmaydi

Toshkentdagi 5 ta tumanning ayrim hududlarida vaqtincha tabiiy gaz bo‘lmaydi

Ta’mirlash ishlari tufayli Olmazor, Chilonzor, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlarining quyidagi hududlariga 21…
10:18 / 21.05.2025
AQShni ixtiyoriy tark etish dasturi doirasida mamlakatdan ilk noqonuniy migrantlar chiqarib yuborildi

AQShni ixtiyoriy tark etish dasturi doirasida mamlakatdan ilk noqonuniy migrantlar chiqarib yuborildi

Gondurasda ularga 100 dollar, Kolumbiyada esa “ijtimoiy xizmatlar” taqdim etilgan.
15:44 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni ushlashda yordam bergan fuqaroga 10 mln so‘m berildi

IIB xodimini pichoqlagan shaxsni ushlashda yordam bergan fuqaroga 10 mln so‘m berildi

Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
09:26 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlar, hukumatlar,…
21:08 / 20.05.2025
Jahon banki irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekistonga 200 million kredit ajratadi

Jahon banki irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekistonga 200 million kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga irrigatsiya va drenaj infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun imti…
20:36 / 21.05.2025
O‘zbekistonda modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi

O‘zbekistonda modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi

Farmonga ko‘ra respublika miqyosida yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari g‘oliblari qo‘shimcha ravishda “O‘zb…
14:17 / 20.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!