$
11997.83 UZS
18.19
167.31 UZS
-0.21
13967.87 UZS
66.7
31° Kechasi 18°

Soch oqarishining sababi nima? Bu stress va yosh bilan bog‘liq emas

18:00 / 11.01.2020

Oq sochlarning paydo bo‘lishi organizmning qariyotganidan dalolat beradimi? Trixolog-shifokor Jo Chinkotta tadqiqot o‘tkazdi va unga minglab ko‘ngillilarni taklif etdi. Olimlar guruhi sinaluvchilarning ratsioni, hayot tarzi, stress va asabiy zo‘riqish miqdorini kuzatib bordi va ularni irsiy omillar, teri va soch rangi, jinsi va yoshi bilan solishtirdi.

Olimlarning xulosalari hayratlanarli:
Birinchidan,
stress soch oqarishiga u qadar ta’sir qilmaydi. Ishtirokchilar ichida biznesini yo‘qotishdan tortib yaqin odamining vafotigacha juda og‘ir hayotiy vaziyatlarni boshdan kechirgan odamlar bor edi. Ularning hech birida stressli vaziyatdan keyin oq sochlarning paydo bo‘lishi yoki ko‘payishi aniqlanmagan.
Ikkinchidan, sochlarda pigmentlar mavjudligiga javob beruvchi melanin ishlab chiqarilishining kamayishi rostdan ham yosh o‘tgan sari yuz bera boshlaydi, ammo har bir odamda individual ravishda – individual tezlikda. Bu yashash joyiga ham, ovqat ratsioniga ham, jismoniy faollik miqdori-yu organizmning umumiy holatiga ham bog‘liq emas. Butunlay sog‘lom odamlarning ham ba’zida 20 yoshida sochi oqaradi, og‘ir surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchilar esa 50 yoshida ham bir dona oq tolaga ega bo‘lmaydi.

Uchinchi xulosa: vitaminlar va bioqo‘shimchalar qabul qilish soch oqarishini to‘xtatish imkoniga ega emas. 

To‘rtinchi xulosa: yosh bilan bog‘liq organizmdagi jarayonlarning soch oqarishiga hech qanday aloqasi yo‘q. Na terida ajinlarning paydo bo‘lishi, na ichki organlarning holati, na metabolizm – oq sochlar bor yoki yo‘qligi bilan aloqador emas.

Va nihoyat, oq soch tolalarni yulish, sochni barvaqt bo‘yash va uning parvarishi bilan bog‘liq har qanday amaliyotlar pigmentning borgan sari yo‘qolib borishiga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.
Oq sochlar paydo bo‘lishining aybdori topildi: bu genetik omil. Ota-onangizda oq sochlar qanchalik erta paydo bo‘lgan bo‘lsa, sizda ham shuncha erta paydo bo‘ladi.


Bu ham qiziq

Andijonda Damas yonib ketdi

Andijonda Damas yonib ketdi

Damas rusumli transport vositasining elektr simlaridan chiqqan qisqa tutashuv oqibatida uning salon qismida yong‘in kelib ch…
18:42 / 28.05.2026
29-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19:29 / 28.05.2026
O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi
08:27 / 26.05.2026
Toshkentda yangi pulli halqa yo‘li va aeroport magistrali qurilishi mumkin

Toshkentda yangi pulli halqa yo‘li va aeroport magistrali qurilishi mumkin

Poytaxtda transport tirbandligini kamaytirish maqsadida uzunligi qariyb 100 kilometr bo‘lgan pulli halqa yo‘li qurilishi muh…
12:39 / 26.05.2026
4 oyda 24 mingdan ziyod xorijliklar davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan

4 oyda 24 mingdan ziyod xorijliklar davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan

2026-yilning yanvar–aprel oylarida jami 24 176 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
17:15 / 29.05.2026
Kichik biznes uchun e’lon qilingan yangi yengilliklar tadbirkorlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Kichik biznes uchun e’lon qilingan yangi yengilliklar tadbirkorlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Ko‘p yillardan buyon biznes vakillari QQSga o‘tishdagi 1 milliard so‘mlik chegara pastligi, murakkab soliq tizimi hamda orti…
11:00 / 29.05.2026
O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan erkak AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan erkak AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan AQSh huquq-tartibot idoralari hamda AQShning Toshke…
17:02 / 26.05.2026
Yevropa Ittifoqi «Temu» platformasini jarimaga tortdi

Yevropa Ittifoqi «Temu» platformasini jarimaga tortdi

Platforma xavfli mahsulotlar savdosini yetarlicha nazorat qilmagani uchun 200 mln yevro miqdorida jarimaga tortildi.
13:57 / 30.05.2026
Afg‘onistonga O‘zbekiston xalqining insonparvarlik yordami yetkazildi

Afg‘onistonga O‘zbekiston xalqining insonparvarlik yordami yetkazildi

Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildiri…
17:26 / 25.05.2026
Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fu…
12:13 / 26.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!